www.ziyouz.com
kutubxonasi
61
bo‘lsa, mayli, to‘yib-to‘yib kulsin...»
Cho‘lda tong yorishib kela boshladi. Petruxa Avdiy bilan Lyonkani uyg‘otganda, hali tong
qorong‘uligi ketmagandi. Uch yuz o‘ttizinchi kilometrga yo‘l olish kerak edi. Qancha barvaqt bo‘lsa,
shuncha yaxshi. Chunki o‘sha yerga boshqa nasha to‘plovchilar ham yig‘ilib kelishlari kutilardi.
Bironta yuk poezdini to‘xtatib, unga imi-jimida chiqib, Jalpoq-Soz bekatiga yetib olishlari kerak.
So‘ng bu yerdan asta boshqa poezdlarga o‘tiradilar. Umuman, choparlar uchun yo‘lning eng xatarli
qismi boshlanmoqda edi. Hammasiga O’zi rahbarlik qilardi chamasi. Uch yuz o‘ttizinchi kilometrda
kim kimni: ular — O’zinimi yo O’zi — ularni topadimi, Petruxa buni tuzukroq aytmadi. Yo bilmaydi,
yo aytishni istamaydi.
Shunday qilib, yana yuk xaltalarini yelkalariga ortdilar-da, Petruxaning ortidan yo‘lga ravona
bo‘ldilar. Petruxaning xotirasi, yo‘lni bilishiga Avdiy qoyil qoldi. Qaerda jar bor, qaerda kishi bilmas
buloq mildirab oqadi, qaerda soy-o‘r bor, barini oldindan bilardi. Shunday xotira, shunday qobiliyat
hayf ketayotganiga Avdiy afsuslandi. Bir ko‘rgan yerini esidan chiqarmas ekan bola!
Men axir dehqon bolasiman-da, derdi u. Petruxaning aytishicha, bu yerdan ikki yuz chaqirim
narida Mo‘yinqum sahrosi bor. U yerda sayg‘oqlar — cho‘l kiyiklari gala-gala bo‘lib yuradi. Idoraning
«gazigi»ga minib yuradigan uddaburon odamlar hatto Orenburg tomonlardan ovga kelishadi.
Kelgandayam yana qandoq! Bu yoqda tirik kaboblar istagancha chopib yuribdi. Ichkilik esa o‘zlarida
yetarli. Ana, shohona ov! Lekin xatarli joyi ham bor. Mashina buzilib qolsa. Ana unda ko‘ring
hangomani. Ovchilar sahroda suv qidirib, adashib, tashnalikdan o‘lib ketgan paytlar bo‘lgan. Qish
paytlari esa bo‘ronlarga chidolmaganlar. Keyin faqat suyaklari topilgan. Bitta ovchi jinni bo‘lib qolgan
ekan. Uni vertolyotda qidirishgan. Vertolyot uni qutqaraman desa, u vertolyotdan qocharmish.
Berkinib olarmish. Orqasidan quva-quva aloha
ye
tib qutqarib olishibdi. U bo‘lsa, gapirishni ham
esidan chiqarib yuborgan ekan. Xotini ham orada boshqaga tegib ketibdi. Voy iflos-ey! Ularning
hammasi shunaqa! Men uylanmayman. Shaharda bittasi bor. Juda ketvorgan. Ozgina pul tashlab
qo‘ysang, tamom, joningni kirgizadi. So‘z ham bergan — bola bo‘lmaydi deb! Zo‘r moto ham olib
qo‘yibman, chexlarniki, sportchilar minadiganidan. Saroyda qantarib qo‘yganman. Xohlasam, «Jiguli»
ham olaman. Cho‘t emas. Lekin hammasi «Volga» dan o‘taversin. Hozir «Mersedes»ga o‘xshagani
chiqqan. O’shandan olsang-da, olganga yarasha. Qo‘lga tushirsa bo‘larmikin-a, shunaqasini? Kasseta
joylab qo‘ysang. Yastanib eshitib yotsang ichida. Ashula degani ham mundoq jigarlaringni ezib tursa-
da. Hammasiga tanish kerak, hammasiga pul kerak, cho‘zish kerak hammasiga. «Volga»ni minib
qaydasan Vorkuta deb jo‘nasang. Ko‘rib qo‘y akang qarag‘aylar deb. He-he, ichiqora kennayilar
yorilib o‘ladi. Yukxonada shishalar liq to‘la. Asl toza ichimliklar. Ko‘pi chetniki. O’zimizniki ham
bor. O’zi shundan yaxshisi yo‘q. Mingani esa «Volga», ana xolos... Shuning uchun, aziz jo‘ralarim,
nashaning ketidan quvib yuribman-da. Sizlar ham bir narsalik bo‘lib qolinglar deb jon kuydiryapman-
da... Davring keldi — sur begim, davring ketdi — tur begim...
Petruxaning maza-matrasiz, go‘l aljirashlarini eshitib, Avdiyni yana hayol olib qochdi. Inson bolasi
boyish vasvasasida yalpi tus olgan taqlidchilikka taqlid qilish va manmanlik o‘rtasida ovora-sarson
bo‘lib yuradi. Mana shu uch narsa — ommaviy ongning uch nahang balig‘i. Hamma yerda va hamma
zamonlarda odmi odamlarning hayotlari shular zaminida barqaror turadi. Barcha katta-kichik kulfatlar
ulardan hosil bo‘ladi. Ularga in quradi. E’tiqodlar va qarashlarning qashshoqligi, nochorligi ham
ulardan. Odmi odamlarning tengsiz qudratga ega bo‘lgan bu mafkurasini yengadigan kuchni yer yuzida
topish mushkul. Din ham bundan mustasno emas. Ichi bo‘sh va havol bo‘lsa-da, hech qachon nuramas
bu qoyaga ruhning qanchadan-qancha parvozlari o‘zini urib parcha-parcha bo‘lib ketmagan deysiz...
Uning choparlarga qo‘shilib borayotgani ham o‘shandan dalolat — ruh nochor, lekin horimas...
Peshanada bor ekanda. Yozmish... U yo‘l bo‘yi O’zi bilan uchrashuvga hozirlanib bordi — jangga.
tayyor turish kerak edi.
Uch yuz o‘ttizinchi kilometrga ular vaqtidan ikki soat burun yetib keldilar. Soat uchda ular shu
yerda edilar. Temir yo‘l bo‘ylab ketgan jarlikka yaqinlasharkanlar, Petruxa yukxaltalarni men
Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman)
Do'stlaringiz bilan baham: |