www.ziyouz.com
kutubxonasi
25
oladilar. U yerda esa yo‘lovchilar ko‘p! Kimning kimligini bilib ko‘ring-chi! Rost, keyingi yillarda
militsiya maxsus o‘rgatilgan itlar boqyapti. Ular nashani hididan topadi. Sizning jiyaningizni ham itlar
ushlab berishdi...
Viktor Nikiforovich o‘sha yerda yana boshqa ko‘p gaplarni ham eshitibdi. Bularning hammasini
menga u aytib berdi. Lekin o‘zim ham taxminan shunday bir gapga ich-ichimdan yetilib qolgan edim.
O’zimga tengqur yoshlarning aql va yuraklariga hech kimning hayoliga kelmagan bir yo‘l topsam deb,
ich-etimni yeb yurardim. Ularni men ezgulikka chorlashim kerak derdim. Zimmamga yuqoridan xuddi
shu narsa yuklatilganday edi. Shunday o‘ylab, ehtimol, o‘zimga o‘zim ortiqcha baho berib
yuborgandirman. Lekin har qalay, nima bo‘lmasin, chin yurakdan shunday qilishni istardim. Balki buni
ijtimoiy kelib chiqishim yuzasidan tushuntirish mumkindir. Kim bilsin yana. Men ayrim
maqolalarimda, garchi umumiyroq tarzda bo‘lsa-da, ichkilikning yoshlarga halokatli ta’siri haqida
to‘xtalgan edim. G’arbning fojiali tajribalari asosida giyohvandlik xususida ham shunga yaqinroq
narsalarni yozgandim. Lekin bularning hammasini yo boshqalardan eshitgan va yo kitob-gazetalardan
o‘qigandim. Yoshlar va ayniqsa, o‘smirlar o‘rtasida tarqalayotgan, ko‘p qayg‘uli oqibatlarga olib
borayotgan, hammaga ma’lum, shu bilan birga ko‘plar vabodan qo‘rqqanday nomini aytishga
qo‘rqadigan giyohvandlik hodisalari — shaxsning o‘z-o‘zini yemirishidan tortib, to qiynoqqa solib
o‘ldirishlarigacha — o‘zimning o‘ylarim va kechinmalarim aks etadigan yorqin, ta’sirchan material
tayyorlash uchun muammoni ichidan barcha tafsilotlari bilan ochib beradigan bilim yetishmayotgan
edi. Buni qarangki, shu asnoda, bunday voqealar bilan shaxsan o‘zi to‘qnashgan Viktor Nikiforovich
Gorodetskiy menga barcha boshidan kechirganlari, o‘y-hayollarini so‘ylab berdi. Pashani nashavand
ulfatlardan ajratib olish uchun ota-ona, aka-uka, butun xonadon uylarini kichikroq, lekin boshqa
shahardagi kvartiraga almashtirib ko‘chib ketishga majbur bo‘ldilar. Bularning barini Viktor
Nikiforovich kuyunib, xafa bo‘lib hikoya qildi.
Shu-shu ko‘nglimga tukkan ishimga dadil kirishdim.
* * *
Men Moskvaga keldim. Bu yerdan, Qozon vokzalidan nasha o‘sadigan cho‘llarga jo‘nashim kerak
edi. Gap shundaki, xuddi mana shu Qozon vokzalida o‘smirlarning nashaga boradigan choparlari,—
ha, ular nasha yiqqani boradigan bolalarni chopar der edilar,— to‘da bo‘lib oladilar. Keyin bu narsani
o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Choparlar Shimol hamda Boltiqbo‘yining turli shaharlaridan, ayniqsa,
Arxangelsk bilan Klaypedadan ko‘p kelishardi. Chamasi, bu shaharlarda nashani yo‘lga chiqayotgan
dengizchilarga pullash qulay bo‘lsa kerak. Nashavand choparlarning izlariga tushish uchun men Qozon
vokzalida Utyug yoki Utya laqabli ko‘kragiga sakson yottinchi raqam osgan yuk tashuvchini topishim,
unga eski bir tanishidan salom yetkazishim lozim edi. Tanishining nomi bizga Pasha orqali ma’lum
edi. Utyug patta kassalarini yaxshi bilar — andak muzd evaziga yo‘lda ketishni ta’minlar edi. Lekin,
kim shunday qiladi bilolmadim, undan boshqa yana kimdir shu ishlarni maxfiy boshqarib turishi aniq
edi. O’sha Utya bolalarning hammasiga bir poezdga patta topib, ularni har turli vagonlarga joylab,
jo‘natishi kerak edi. Nashavand choparlar bilan yaqinroqdan tanishib shuni bilib oldimki, nasha olib
kelish uchun boradiganlar avvalo, mabodo qo‘lga tushib qolsalar, miq etib og‘iz ochmaslik, bir-
birlarini sotmaslik uchun so‘z berar ekanlar. Shuning uchun ular odamlar ko‘z o‘ngida o‘zaro kam
gaplashar ekanlar.
Shunday qilib, mana, Moskvaga ilgari kelgan-ketgan paytlarimdan yaxshi tanish uch vokzal
maydonidaman. Odam ko‘p. Ayniqsa, metro bilan vokzalning o‘zi tiqilinch, o‘tish mahol. Shuncha
odam qaerdan kelyapti, qaerga ketyapti — girdobga tushgan cho‘pdek chirpirak bo‘lib aylanadi bu uch
vokzal maydonida. Lekin baribir men Moskvada yurishni, shahar markaziga, sal kenglikka chiqib
olgach esa, ko‘chalarda tentirash, eski kitob do‘konlarida ivirsish, afisha va turli e’lonlarni o‘qishni,
ilojini topsam, yana Tretyakovka yoki Pushkin muzeyiga borishni juda sevardim.
Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman)
Do'stlaringiz bilan baham: |