www.ziyouz.com
kutubxonasi
24
tug‘ilganda unga o‘zi Pasha, Paxom deb ot qo‘ygan ekan. Ana shu Pashasi tushmagur boshi og‘ib
nashavandlar to‘dasiga tushib qolibdi. Buni keyinroq bilishgan. Na ota-onasi va na Viktor
Nikiforovichning xabari bo‘lgan.
Bir kuni Pasha ota-onasidan Ryazanga, bobomning oldiga borib kelaman deb, ruxsat so‘rabdi.
Bobosining oldiga tez-tez borib turarkan. U jo‘nab ketgandan so‘ng besh kunlar o‘tgach, Viktor
Nikiforovich Qozog‘istonning juda uzoq bir bekatidan yo‘l nazorat prokuraturasining tergovchisi
Jaslibekovdan telegramma olibdi. Telegrammada, sizning jiyaningiz temir yo‘lda jinoiy tarzda nasha
olib ketayotganda qo‘lga tushdi, qamoqda o‘tiribdi, deb xabar qilingan edi.
Viktor Nikiforovich Jaslibekov nega bolaning ota-onasiga emas, unga telegramma yuborganligini
darrov sezgan. Pasha haddan tashqari qattiqqo‘l otasidan qo‘rqqan. Viktor Nikiforovich darhol
Olmaotaga uchgan, u yerdan poezdga tushib, bir kecha-kunduz yo‘l yurib, o‘sha cho‘l bekatiga yetib
borgan. Qarasa, Pashaning ahvoli juda chatoq. Maxsus qonun bo‘yicha u darhol sud qilinishi, kamida
uch yilga kesilishi va. kamoq muddatini og‘ir sharoitli koloniyada o‘tkazishi kerak ekan, Jinoyat
isbotlangan — ish sudga tushishi tayin edi. Viktor Nikiforovich afsuslanibdi, jiyaniga bo‘lar ish
bo‘libdi, endi iloj qancha, attang, deyishdan boshqa chora yo‘q, jinoyat qilgandan keyin jazosini
tortasan deb tushuntirishga urinibdi. O’zini qanday tutish, sudga nima deb javob berish kerakligini
tayinlabdi. Ota-onangga o‘zim tushuntiraman, koloniyaga borib xabar olib turaman, deb yupatibdi.
Jaslibekov tog‘a-jiyanning hamma gap-so‘zlarini eshitib o‘tirgan ekan. U birdan shunday deb qolibdi:
— Viktor Nikiforovich, agar jiyaningiz bu jinoiy ishga boshqa hech qachon qo‘l urmayman, deb
aytsa va siz uni kafillikka olsangiz, men ham mas’uliyatni o‘z ustimga olib, uni qo‘yib yuboraman.
Menimcha, bu bolani to‘g‘ri yo‘lga solish sizning qo‘lingizdan keladi. Agar u yana bir marta nasha
bilan qo‘lga tushsa, xuddi og‘ir jinoyatchiday qamaladi. Ana endi, o‘zingiz hal qiling.
Viktor Nikiforovich xursand bo‘lib ketib, Pashani kafolatga oladi. Jaslibekovga nima deb
minnatdorchilik bildirishni xam bilmaydi. Jaslibekov esa bunday deydi:
— Sizdan, Viktor Nikiforovich, bir iltimosim bor. O’z turgan joylaringizda bizga yordam
berishingizni so‘rayman. Matbuotda shu ishlarni jiddiy ko‘tarib chiqilsa, juda yaxshi bo‘lardi. Siz axir
muallimsizku. Biz ro‘y bergan yoki ro‘y berayotgan jinoyatlarga qarshi kurashamiz. Lekin, mana
bunaqa ona suti og‘zidan ketmagan bolalarni bu kimsasiz ovloq cho‘llarga, aynigan kimsalar, ashaddiy
jinoyatchilar orasiga kimlar, qanday qilib jo‘natayotganlarini bizlar bilmaymiz. Axir, biz bu
o‘smirlarni sudga beryapmiz, sud qilishga majbur bo‘lyapmiz. Siz darrov yetib kelganingiz soz bo‘ldi,
menga yordam berdingiz. Aksar qarindosh-urug‘lar — ular ko‘pchilik — umuman, kelishmaydi. Keyin
o‘n besh yashar bola og‘ir sharoitli koloniyaga tushadi. Koloniyada nima bo‘lardi deysiz? Nimani
o‘rganishardi u yerda? Tuban, hech narsaga yaramaydigan nobakor bo‘lib chiqishadi. O’zingiz bilasiz,
Viktor Nikiforovich, majbur bo‘lamiz turmaga o‘tqazishga. Odamning joni kuyadi bu ishlarni ko‘rib.
Ishonasizmi, o‘tgan mavsumda faqat bizning bo‘limimizning o‘zida yuzdan ortiq o‘smirni sud qildik.
Qo‘lga tushmaganlari, ko‘zimizni shamg‘alat qilib qochganlari qancha deng. Ular son-sanoqsiz.
Kelaverishadi. Arxangelskdan tortib Kamchatka tomonlardan kelishadi xuddi baliq urug‘laganday.
Oxiri bormi axir buning? Hammani qamab bo‘lmaydi-ku. Ular nasha yig‘ishning miridan-sirigacha
ishlab chiqishgan. O’zlarining yo‘l boshlovchilari bor — ba’zilari shu yerliklar, ba’zilari boshqa
joylardan — ular bolalarni nasha ko‘p o‘sgan joylarga boshlab borishadi. Biz ularni ham sud qilamiz.
Ular poezdlarni nima qilayotganliklarini bilasizmi? Passajir poyozdiga chiqishmaydi. Yuk poezdlarini
to‘xtatishadi. Passajir poezdda ularni darrov ushlab olishadi. Ular qandaydir bir maxsus dori topishadi.
Shuni kechasi relslar, shpallar ustiga sepib chiqishadi. Uzoqdan poezdning chirog‘i tushganda, shu
sepilgan narsa xuddi yonayotgandek, yo‘l, shpallar, relslar alanga ichida qolgandek tuyuladi. Albatta,
haydovchi sostavni to‘xtatadi. Cho‘lda nimalar bo‘lmaydi deysiz. Chopib pastga tushadi. Qarasa,
tinchlik, hech narsaga o‘t ketgan emas. Nashavandlar bo‘lsa, shu fursatdan foydalanib, sumkalari,
jomadonlari, qoplarini ko‘tarib vagonlarga chiqib oladilar. Hozirgi sostavlarni bilasiz, bir chaqirimlab
cho‘zilib ketadi. Ming qaragan bilan foydasi yo‘q. Ular poezdga chiqqach, katta bekatgacha borib
Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman)
Do'stlaringiz bilan baham: |