Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/177
Sana22.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#690254
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
20
Qiynalsa ham, quvonsa ham, unga murojaat qiladi. Og‘ir holatga tushganda bir-birlariga juda yaqin 
kishilarning telepatiya yo‘li bilan favqulodda muloqatga kirishishlari rost bo‘lsa, unda o‘sha munis-
mehribon xilqat o‘sha kecha nimadandir qattiq o‘rtanib, nimanidir qattiq sog‘inib, nimadandir yuragi 
bir notinchlikni sezgan bo‘lishi kerak... 
Mana shunda o‘sha Sharq shoiri aytgan g‘alati so‘zlarning asl ma’nosi birdan unga ayon bo‘ldi. 
Oldinlari shu so‘zlardan kulib yurardi. Ishonmasdi ularga: «Juda qattiq seva olgan chin sevgiga yeta 
olmas...» Tavba! Endi bo‘lsa, o‘sha xilqat haqida o‘ylab yotarkan, u ovoz chiqarmay yig‘lar, agar uni 
ko‘rmaganimda, bilmaganimda, o‘rtanib-kuyib sevmaganimda, bunchalar azob-uqubat chekmagan 
bo‘lardim. Sog‘inmasdim, yonmasdim, hozirning o‘zida, ha, xuddi mana shu tobda uni ko‘rgim, sovuq, 
berahm tun qarini yorib o‘tib uning qoshida paydo bo‘lgim kelmasdi. Axir, cheki bormi bu telba, bu 
yengib bo‘lmas, bu og‘riq-azobning! Qani edi, hozir Osiyoning chek-chegarasi yo‘k cho‘llarida, shu 
cho‘llarning bir chekkasida, transkontinental temir yo‘l yoqasida joylashgan Jalpoq-Soz bekatiga borib 
qolsang, xuddi ho‘v o‘shandagiday kasalxona yonidagi . mo‘‘jazgina uyning ostonasi oldida yarim 
soatgina tursang, bu axir, uning uyi... Lekin qutulib ketishning iloji yo‘qligini ko‘rib, Avdiy o‘zining, 
ehtimol o‘sha qizga sira kerak bo‘lmagan sadoqatini la’natlardi. Axir faqat va faqat uni deb, ikkinchi 
marta yana qaytib Osiyo o‘lkalariga keldi, uni deb, mana, Mo‘yinqumda tushovlanib yotibdi it 
ko‘rmagan xo‘rliklarni ko‘rib. Uni ko‘rishning iloji yo‘qligidan joni badtar o‘rtanar, battar o‘zini 
yolg‘iz sezardi. Ayni zamonda shu hissiyotlar unga Xudoga umtilish va uning visoliga yetish yo‘lini 
ochganday bo‘ldi. Xudo insonga muhabbat orqali namoyon bo‘larkan va shunda odamga tiriklikning 
eng oliy saodatini hadya etarkan. Bunda Tangri taoloning xayri saxovati cheksizdir, xuddi vaqt 
daryosining cheksizligiday, va muhabbatning yo‘li ham takrorlanmasdir, har bir odam uchun, har bir 
hol uchun... 
— O’ziga hamdu sanolar bo‘lsin!— deb shivirladi u oyga qarab yotarkan. So‘ng o‘yladi: «Dilni 
muhabbatga oshno qilarkan, bu ham lutfu marhamatining cheksizligidan... qaniydi, u buni tushunsa...» 
Shu payt pastda — mashina yonida qadam tovushlari eshitildi. Kimdir kekirib, xirillagancha 
mashina ustiga tarmasha boshladi. Mishash ekan. Uning ortidan Kepaning kallasi ko‘rindi. Rosa 
tortishganga o‘xshaydi. Ulardan gupillab aroqning qo‘lansa hidi anqiydi. 
— Yotaverasanmi hadeb, onangni... Kani tur o‘rningdan itning popi. Ober chaqiryapti. Teringni 
shilib olaman deydi,— Mishash so‘kingancha sayg‘oqlar ustidan ayiq inida gandiraklaganday alpang-
talpang bosib kelardi. 
Kepa ham miljingladi: 
— Terisini shilib shu cho‘lga tashlab ketamiz. 
— Cho‘l ham gapmi!— kekirdi Mishash.— Shu qilig‘i uchun Sibirga jo‘natish kerak bu itni, he 
onangni... Toza boshimizni qotirding. Nima, so‘pi qilmoqchimisan bizni! Toza topibsan odamini, 
onang... 
IV 
Shu vaqt ichida Avdiy Kallistratov Jalpoq-Soz bekatiga Inga Fyodorovna nomiga bir qancha xatlar 
yozib jo‘natdi. Inga Fyodorovna ham shahar pochtasining «So‘rab olish» bo‘limiga javob yo‘llab turdi. 
Chunki Avdiyning shaharda hozir boshqa tayinli adresi yo‘q edi. Avdiy onadan erta ayrildi. Tul qolgan 
dyakon Kallistratov yuragining butun qo‘rini, barcha dunyoviy va diniy bilimlarini o‘g‘li bilan qiziga 
bag‘ishladi. Avdiydan uch yosh katta opasi Varvara Leningradga o‘qishga ketdi. Pedagogika institutiga 
kiraman deb yurgan edi, lekin uni cherkov xodimining qizi, maktab bolalarini bularga ishonib 
bo‘lmaydi deb, qabul qilishmadi. Shundan so‘ng u konkursdan o‘tib Politexnika institutiga kirdi va shu 
bo‘yicha Leningradda qolib ketdi. Turmush qurdi. Bola-chaqali bo‘ldi. Hozir qaysidir loyiha institutida 
chizmakashlik qiladi. Avdiyning yo‘li ruhoniy ulum sohalari sari tushgandi. Bir chekkasi, o‘zi shuni 
xohlasa, ikkinchi tomondan, otasining ham, ayniqsa, Varvaraning institutga kirish voqeasidan so‘ng, 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish