Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/177
Sana22.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#690254
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
22
chiqqanligim va seminariyada o‘qiganligimni Sizga yana bir karra eslatib o‘tyapman. Men Sizdan 
o‘zimga tegishli hech narsani yashirishni istamayman. Sizga bo‘lgan munosabatim shuni taqozo qiladi. 
Yana shuni ham ko‘p o‘ylaymanki, Siz bilan xayrlashgan chog‘imizda yaqin bo‘lib qolgan va 
sanlashib gaplashgan edik. Endi esa yana Siz deb yozyapman. Meni kechiring, xayrlashganimizdan 
beri hali ko‘p vaqt o‘tgani yo‘q. Lekin menga nimadir bo‘ldi. Inchunin, barcha tentak odamlar o‘zlarini 
oqlash uchun doim bo‘lmag‘ur bir bahonalar o‘ylab topadilar. Bu omadi bir gap-da. Har holda 
oramizda shunchalar masofa yotibdi. Ijozat eting, Sizni sizlab yozayin. Shunday qilsam, o‘zimni anch 
o‘ng‘ay sezaman. Mabodoki, Siz bilan yana ko‘rishmoq menga nasib etsa, yuragimdagi eng muqaddas, 
eng ezgu orzu-omolim shu (orzularim menga o‘z farzandlarimday bo‘lib qolganlar. Men ularni orzulab 
o‘stiraman. Ularsiz bir zum ham turolmayman. O’z pusht-kamaringdan bo‘lgan bolalarni sevish, ularni 
xuddi orzu kabi sevish nechog‘lik baxt-saodat ekanligini yaxshi tasavvur qilaman). Bu orzular ruhning 
abadiy jozib va so‘ngsiz ilohiy barkamollikka umtilishidan tug‘ilganlar. Shunday kilib desangiz, o‘zim 
ham bilmagan holda shu orzular tufayli men yo‘qlik dag‘dag‘asiga qarshi ustivor turaman. Ehtimolki, 
muhabbat o‘limning ziddidir. Shuning uchun ham, tug‘ilish sinoati qatori u tiriklikning asl kaliti bo‘lsa 
ajabmas. Men bularni Sizga xuddi fol kabi takrorlayapman, bizga yana diydor ko‘rishmok nasib etsin 
deb. O’shanda, uchrashgan chog‘imizda, Sizni xijolatga qo‘ymaslikka va’da beraman — Sizga sen deb 
murojaat etishga va’da beraman... Hozircha aytish kerak bo‘lgan gaplar shunchalar ko‘pki... 
Inga Fyodorovna, esingizda bo‘lsa kerak, Sizning yurtingizga borishdan murod — maqola yozish 
edi. Maqolalarim gazetada chiqishi bilan aviapochta orqali ularni Sizga yuboraman deb, aytgan edim. 
Afsuski, nashavand bolalar, nasha qidirgan o‘smir yigitchalar va shular bilan bog‘liq bo‘lgan 
hayotimizdagi barcha qayg‘uli hodisalar haqidagi ocherklarim tez orada gazetada chiqishiga aqlim 
yetmay koldi. Men bizning kunlarimizda deyapman. Chunki, nasha bu yerlarda juda eski zamonlardan 
beri yovvoyi holida o‘sib yotadi. Bundan o‘n besh yil burun — buni o‘zingiz ham bilasiz, nega men 
buni sizga, o‘zi mutaxassis bo‘lgan odamga aytyapman, bilmayman, lekin ma’zur tuting, men baribir, 
Inga Fyodorovna, buni hikoya qilishim kerak va yana faqat Sizga hikoya qilaman va faqat yolg‘iz 
shugina o‘sha ishlarning hammasiga qandaydir ma’no bag‘ishlab turadi. Shunday qilib, o‘n besh yilcha 
burun bu battol giyohni, nashavandlar uni giyoh deb aytishadi,— chekish uchun yoki boshqa biron 
maqsadda yig‘ish hech kimning hayoliga ham kelmagan ekan. O’sha yerlik odamlar shunday 
deyishadi. Bu ofat yaqin-yaqinlarda paydo bo‘ldi. Albatta, bunda G’arbning ta’siri ham ozmuncha 
emas. Mana endi desangiz, menga qaysidir tashkilotlarga bayonot yozishni taklif qilishyapti. Hech 
aqlga to‘g‘ri keladimi shu gap. Tushunaman, bu masalani ko‘tarish oson emas. Yoshlar o‘rtasida, 
adolat yuzasidan aytib qo‘yaylik, yoshlarning ongi past qismi o‘rtasida, giyohvandlikka bag‘ishlangan
o‘tkir shov-shuv tarzidagi maqola go‘yo obro‘-e’tiborimizga putur yetkazar emish. Hammani 
darg‘azab qilarmish. Kulgiga qolarmishmiz. Cho‘chigan narsalarini karang. Qalbakilik emasmi bu, 
siyosatda tuyaqushga o‘xshab qolish emasmi bu... Oqibati haddan tashqari og‘ir ko‘chadigan bunday 
obro‘ning kimga keragi bor! 
Bu so‘zlarni o‘qib turib, Inga Fyodorovna, voy bolasi tushmagur-ey, muncha sodda bo‘lmasa, 
muncha yonib-kuymasa deb, miyig‘ingizda kulib qo‘ysangiz kerak. Balki aksincha, tashvishlanib 
qoshlaringizni chimirgandirsiz. Rostini aytsam, bu sizga juda yarashadi. Qoshlaringizni 
chimirganlaringizda
 
Sizning chehrangiz ilohiyotning mohiyatiga yetishga uringan yosh rohibllarning 
ruxsorlariday pok va g‘oyatda teran bo‘lib qoladi. O’sha Iso qalliqlarining chin go‘zalligi ham ularning 
ilhombaxsh maftunkorligida emasmi axir. Agar men bu so‘zlarni ovozimni chiqarib va yana boshqa 
odamlarning oldida aytsam, unda tilyog‘lamalik qilayotganday bo‘lib qolardim. Lekin, boya aytgan 
edim. Sizning qoshingizda mening na kamaytirib va na ko‘paytirib ko‘rsatadigan mutlaqo xech narsam 
yo‘q. Va mabodo, Sizning tashvishli hayol bilan to‘lgan chehrangiz xotiramga Uyg‘onish davri 
san’atining Bibi Maryamini tushirayotgan bo‘lsa, unda bu holni mening san’at sohasidagi 
tajribasizligimga yo‘yib qo‘ya qoling. Ishqilib, qanday bo‘lmasin, so‘zlarimning samimiy ekanligiga 
ishonarsiz deb umid qilaman... Axir, hammasi shunday boshlanmadimi? Siz og‘zimdan chiqqan 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish