Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/177
Sana22.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#690254
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
21
xohishi shunday edi. Avdiy seminariyada tahsil ola boshlaganligini ko‘rib dyakon Kallistratov ich-
ichidan g‘ururlanib, o‘zida yo‘q xursand bo‘lib yurdi — u orzulari nihoyat ushalganidan, mehnatlari va 
o‘gitlari zoe ketmaganidan, nolalari Xudoga yetib borganidan behad baxtiyor edi. Lekin, sal vaqt 
o‘tmay u omonatini topshirdi. Yana ham taqdirning mehribonchiligi ekan, zero, u farzandi qobil 
Avdiyning olamning o‘ziday ko‘hna ilmi ilohiyot — Tangri taoloning boqiy va cheksiz qudrati bilan 
mangu yaratilgan diniy ta’limot sohasida bid’atga berilib ketishini, kufroniy o‘ylarga yo‘l qo‘yishini 
ko‘rsa, buni aslo ko‘tarolmagan bo‘lardi. 
Avdiy Kallistratov oblast yoshlar gazetasida qatnasha boshlagandan so‘ng dyakon Kallistratov 
uzoq yillar o‘z oilasi bilan istiqomat qilgan mo‘‘jazgina kvartira yangi tayinlangan cherkov 
xizmatchisiga berilib, sobiq seminariya o‘quvchisidan uni bo‘shatib qo‘yish talab qilindi. Endi uning 
cherkov bilan aloqasi uzil-kesil uzilgandi. 
Avdiy Leningraddan opasini chaqirdi. Xohlasa, ota-onamizdan qolgan o‘ziga kerakli narsalarni, 
asosan, sanamlar-u suvratlarni xotira uchun meros tariqasida olib ketsin, dedi. O’ziga otasining 
kitoblarini olib qoldi. Opa-uka o‘shanda oxirgi marta uchrashgan edilar. Ularning o‘zlariga yarasha o‘z 
hayot yo‘llari bor edi. O’shandan beri ko‘rishganlari yo‘q. Bir-birlariga munosabatlari yomon emasdi. 
Lekin, nachora, umr yo‘llari boshqa-boshqa edi. O’shandan beri Avdiy birovlarnikida ijaraga yashaydi, 
puli borida alohida xonada, puli yo‘g‘ida sig‘indi bo‘lib turadi. Shuning uchun ham, unga yozilgan 
xatlar pochtaning «So‘rab olish» bo‘limiga jo‘natilardi. 
Oblast komsomol gazetasi redaktsiyasi tomonidan Avdiy Kallistratovning O’rta Osiyoga 
yuborilishi xuddi mana shu paytlarga to‘g‘ri keladi. Bu fikr ham Avdiyning o‘zidan chiqdi. U 
mamlakatning Yevropa qismidagi yoshlar o‘rtasida nashavandlik qanday yo‘llar hamda vositalar bilan 
tarqalayotganligini o‘rganmoqchi va sharhlab bermoqchi edi. Nasha esa O’rta Osiyoda, Chu hamda 
Mo‘yinqum cho‘llarida o‘sardi. Nasha — mashhur marixuananing tug‘ishgan opasi, janub dashtlarida 
o‘sadigan quvrayning yovvoyi bir turi. Yovvoyi quvrayning yaproqlari, gullari va changlarida 
odamning boshini aylantiradigan, chekkanda hushini eltadigan va xayolini ko‘klarda sayr qildiradigan, 
lekin me’yoridan ortsa, ruhni ezadigan, qiynaydigan va oxir-oqibat jinni qilib qo‘yadigan moddalar 
bo‘ladi. Uin chekkandan so‘ng odam atrofdagilar uchun g‘oyatda xavfli bo‘lib qoladi. 
Avdiy Kallistratov safardan olgan taassurotlarini yo‘l ocherklarida batafsil tasvirlab yozdi. Cho‘lda 
kutilmaganda, bo‘ri galasiga duch kelganligini, qo‘ying-chi, o‘z ko‘zi bilan nimani ko‘rgan, boshidan 
nimani o‘tkazgan bo‘lsa, barini ham guvoh, ham grajdan sifatida alam va tashvish bilan tasvirladi. 
Bang o‘tning jamiyatga qanchalar zarar keltirishi mumkinligi haqida kuyunib ogoh qildi. Birok 
redaktsiya boshida quchoq ochib kutib olgan ocherklar avval kechiktirildi, so‘ng butunlay chiqmay 
qoldi. 
Ishi hech yurishib ketmayotganligi, o‘zi duch kelayotgan qiyinchiliklar haqida Avdiy Inga 
Fyodorovnaga yozib turdi. Avdiy uni taqdirning o‘ziga ato etgan tuhfasi, dunyodagi eng yaqin 
odamim, deb bilardi. Nazarida, Inga Fyodorovna bir daryo edi, shu daryoga bir cho‘mib olsam, o‘lib 
borayotgan vujudim yana tiriladi, yana turmush urinishlarini yengish uchun o‘zimda kuch paydo 
qilaman, deb o‘ylardi. Bora-bora Avdiy Inga Fyodorovna bilan yozishlari o‘z hayotining eng katta 
voqeasi, umrining asl ma’nosi va mazmuni bo‘lganligini anglab yetdi. 
U xat jo‘natgandan so‘ng faqat shuni o‘ylab yashardi. Hamma yozganlarini xotirasida yana bir 
boshdan tiklab chiqar, ularni izohlar, o‘zicha tushuntirardi. Bu o‘rtada juda olis masofalar yotgan 
g‘alati bir muloqot edi — uning alamangiz yuragidan vaqt va makon sari uzluksiz otilayotgan 
shu’lanamolar edi. 
«...Keyin men anchagacha o‘ylanib yurdim. Xatimning boshidagi so‘zlar Sizni taajjubga solib 
qo‘ymadimikin: «Padaru O’g‘ilu Muborak Ruh ismi bilan!» O’zim shunday an’analar ichida 
tarbiyalanganim uchun ularni keltirgan edim. Har bir jiddiy gap oldidan ularni eslayman. Chunki shu 
so‘zlar yuragimni qitiqlaydi, tilimni sozlaydi va burro qiladi, xuddi ibodat qilayotgandek bir ahvolga 
tushaman. Shuning uchun men bu odatimni o‘zgartirib o‘tirmadim. Ruhoniylar tabaqasidan 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish