Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/177
Sana22.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#690254
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
139
bo‘yiga borib, har tomonni iskay ketdi. Bu yerda hamma narsa ko‘ziga xunuk va alamsho‘r bo‘lib 
ko‘rindi. Ayniqsa, toshga suyab qo‘yilgan shishadan taralayotgan hidga sira toqat qilolmasdi. Achchiq, 
dimoqni yoradigan hid Akbaraning qahru-g‘azabini oshirib-toshirib yubordi. U vahshat bilan irilladi
o‘zini tishlab tashladi, yerni, toshni tishlab tirnadi. Oxiri chidolmay faryod ko‘tardi, uning fig‘onu 
oshubi ko‘kdan oshdi. Akbaraning o‘xshashi yo‘q ko‘k ko‘zlaridan olam qonli jala bo‘lib yog‘ildi.. 
Olamda unga tasalli berguvchi hech kim yo‘q edi, hech kim unga qo‘shilib yig‘lamasdi. Sarbaland 
tog‘lar sovuq edilar... 
III 
Ertasiga ertalab soat o‘nlarda Bozorboy No‘yg‘utov rayon markaziga borish uchun otni 
egarlamoqchi bo‘lib turib, bu yoqqa qarab kelayotgan otliqqa ko‘zi tushdi. Qiziq, Taman qishlovida 
nima ishi bor ekan? Oldi ochiq sariq pocha po‘stin, tulki tumoq kiygan otliq kunbotar tomondan 
tog‘ning kichik etagidan otni yo‘rttirib kelardi. Egarda u o‘ktam va chapdast o‘tirardi. Bozorboy 
darrov, otliqni ham, tikilibroq qarab, saman otni ham tanidi. Ha, chindan ham adashmabdi, bu 
Do‘nko‘likka minib olgan Bo‘ston O’rkunchievning o‘zginasi edi. Bo‘stonning kutilmaganda paydo 
bo‘lishi Bozorboyning ko‘nglini xira qildi. Shu dilxiralik bilan u egarni bir chekkaga qo‘yib, o‘zi xush 
ko‘rmaydigan uzoq qo‘shnisini kuta boshladi. Bo‘ston meni poylab turibdi degan hayolga bormasin 
deb, bir dasta somon bilan otni qashlay ketdi. O’zini ish bilan ovora odamday ko‘rsatdi. Bozorboyning 
nazarida Bo‘ston uni xuddi qo‘lga tushirganday g‘alati bir holga tushdi. U hovlilar, qo‘ralar, qo‘tonlar, 
ertalab o‘z ishi bilan ovora cho‘ponlarni hammasi joyidamikin, deganday ko‘zdan kechirdi. Albatta, 
qishlovda Bo‘stonning xo‘jaligida tartib, saranjomlik ko‘proq. Bo‘ston itday ishlaydi, ilg‘or bo‘lgach, 
boshqa iloji ham yo‘q-da (og‘ziga kuchi yetmagan g‘alamislar-e, anov ajoyib yillar bo‘lsami, Bo‘ston 
allaqachon quloq sifatida Sibir qilinardi, deb yurishardi), Bozorboy esa, kim bo‘pti — jo‘ngina, 
soddagina osiyolik cho‘pon. Tog‘u cho‘llarda undaylarning son-sanog‘i yo‘q. Ular millionlab bosh 
qo‘y suruvlarini surib yurishadi, ular o‘tgan joylardan o‘t-o‘lan tagi-tomirigacha quriydi. Undan keyin 
har kimniki o‘ziga. Bo‘ston — o‘ziga, Bozorboy — o‘ziga. Bo‘ston yaqinlashib kelarkan, 
Bozorboyning hayolida fikrlar charx ura boshladi: «Bu quloq kallai saharlab nimaga izg‘ib yuribdi? 
Taajjub? — aqli yetmay hayron bo‘lardi Bozorboy. Nima bo‘ldiykin? Sabab?» Bir ko‘ngli Bo‘stonni 
uyga taklif qilsammikin, dedi, lekin bevosh, besaranjom hovlisi va hammadan ham badbaxt, 
sho‘rtumshuq Ko‘k Tursunni (axir, uni Gulimxon bilan asti tenglashtirib bo‘larmidi!) ko‘z o‘ngiga 
keltirib, tag‘in bu fikridan qaytdi. 
Taman qishloviga kirib kelarkan, Bo‘ston hovli oldida otning boshini tortdi, atrofga alanglab qaradi 
va ayvon oldida uy egasini ko‘rgach, shu yoqqa qarab yurdi. Ular sipolik bilan salom-alik qildilar, 
Bo‘ston otdan tushmadi, Bozorboy o‘z ishi bilan mashg‘ul bo‘ldi. Bu holdan har ikkovlari ham sira 
xijolatga tushganlari yo‘q. 
Uyda ekansan, yaxshi bo‘ldi,— dedi Bo‘ston kafti bilan mo‘ylablarini silab. 
— Uyda bo‘lmay qaerda bo‘lardim. Xush keptilar? Nima gap? 
— Gapim bor edi. 
— Senga o‘xshagan odam bekor yurmaydi,— dedi kibr bilan Bozorboy.— To‘g‘ri aytdimmi? 
— To‘g‘ri. 
— Ish bilan bo‘lsang, unda otdan tush. 
Bo‘ston indamay otdan tushdi, Do‘nko‘likni qoziqqa bog‘ladi. Odatdagiday, otning ayilini 
bo‘shatib qo‘ydi, ot qorinbog‘dan dam oladi, bemalol nafas rostlaydi. Keyin atrofga sinchkovlik bilan 
ko‘z yugurtirdi. 
— Nima qilib turibsan? Nimaga qarayapsan? — g‘ashi qo‘zib jerkiganday dedi Bozorboy.— 
Manavi to‘nkaga o‘tir,— o‘zi oyoq tagida dumalab yotgan traktor g‘ildiragiga o‘tirdi. 
Ular bir-birlariga yovqarash qilib turishardi. Ochig‘i, Bozorboyga Bo‘stonning hech narsasi 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish