www.ziyouz.com
kutubxonasi
140
yoqmaydi. Chet yoqalariga barra qo‘zi terisi yopishtirib tikilgan yoqasi ochiq pochapo‘stin kiygan
bo‘lsa, o‘ziga, po‘stini keng ko‘kragiga yarashib turgan bo‘lsa, o‘ziga; sog‘-lom, baquvvat, o‘ktam,
ko‘zlari tiniq, tani misday bo‘lsa, o‘ziga; Bozorboydan besh yosh katta bo‘lsa, o‘ziga: kecha kechasi
bilan Gulimxonning quchog‘ida yotgan bo‘lsa, o‘ziga; uning bular bilan necha pullik ishi bor, axir.
— Qani, ayt gapingni, qulog‘im senda,— deb boshini silkitdi Bozorboy.
— Bilasanmi, nima ish bilan keldim,— deb boshladi Bo‘ston.— Ko‘ryapsanmi, xurjun ham olib
kelganman, ana egarga bog‘lab qo‘yibman. O’sha bo‘ri bolalarni menga ber, Bozorboy. Ularni joyiga
qaytarish kerak.
— Qaysi joyiga?
— Iniga deyman-da.
— Ana xolos! — labini qiyshaytirdi Bozorboy.— Men bo‘lsam, boshim qotib o‘tiribman, ilg‘or
cho‘ponimiz nechuk qadam ranjida qildilar deb. Ishlarini tashlab chopib kelganini qarang. Bo‘ston,
esingdan chikqanga o‘xshaydi, men sening qo‘ychivoning emasman. Men ham xuddi senga o‘xshagan
odamman. Menga xo‘jayin emas-san.
— Gap unda emas! Oldin sen gapni eshit. Kechagi bo‘lgan ishni bo‘rilar eslaridan chiqarib
yuboradilar, desang, qattiq xato qilasan, Bozorboy.
— Menga nima! Esidan chiqarmasa chiqarmas, ishim nima, sening ham bu bilan nima ishing bor?
— Ishimiz shuki, bo‘rilar kecha kechasi bilan qo‘ra atrofida izg‘ib ulib chiqishdi. Endi bolasini
qaytarmaguncha, ular tinchlik bermaydi. Men bo‘rilarni bilaman.
Bo‘ston uning oldida iltimos bilan kelgan edi. Shundan Bozorboy o‘zini ko‘rsatgisi, mazax,
maynavozchilik qilgisi keldi. O’z oyog‘i bilan kelib, qulluq qilib turibdi. Munaqasi tushingga ham
kirmaydi. Bozorboy qulay fursatdan foydalanib qolishni ko‘zladi. Buning ustiga ichida zaharxanda
kulib qo‘ydi: kechasi bilan uxlamay chiqishibdi, ajab bo‘pti; Bo‘ston Gulimxonni quchog‘ida olib
yotolmagan bo‘lsa, ajab bo‘pti, xo‘p bo‘pti. Battar bo‘lsin! U Bo‘stonga qing‘ayib ko‘z qirini tashladi-
da, dedi:
— Boshimni qotirma, Bo‘ston! Topibsan ahmog‘ingni! Bo‘ri bolalarini qaytarib berish uchun
olganim yo‘q. O’zingga ko‘p bino qo‘yaverma! Har kimni ko‘zlagani boshqa. Sen — o‘zingcha, men
— o‘zimcha. Xotining bilan uxloldingmi, uxlolmadingmi, menga buning aloqasi yo‘q.
— O’ylab ko‘r, Bozorboy. Darrov yo‘q dema.
— Nimasini o‘ylab ko‘radi buni?
— Bekor qilyapsan,— o‘zini zo‘rg‘a bosib dedi Bo‘ston. U katta xato qilib qo‘yganini angladi.
Endi oxirgi chora qolgan edi.— Undoq bo‘lsa,— dedi u hamon o‘zini og‘irlikka solib,— ke, happa-
halol savdolashib qo‘ya qolamiz, sen sotasan, men olaman. Sen bari bir ularni pullaysan, yaxshisi,
menga pullab qo‘ya qol. Narxingni aytu — qo‘lni tashla!
— Sotmayman! — Bozorboy o‘rnidan sakrab turib ketdi.— Senga hech qachon sotmayman!
Gapini qarang — sot emish! Sening puling boru meniki yo‘qmi! Tupurdim o‘sha pullaringga! Men
bularni sotib, puliga ichaman, lekin senga sotmayman, bildingmi? Kim bo‘lsang, o‘zingga, tupurdim
hammasiga! Menga qara, hoy, tezroq, otingga o‘tirgin-da, yaxshilikcha bu yerdan jo‘nab qol!
— Tentak bo‘lma, Bozorboy. Mundoq erkaklarga o‘xshab gaplash. Senga nima farqi bor, kimga
sotishning?
— O’zim bilaman! Menga o‘rgatma! Aqlim o‘zimga yetadi. Menga qara, hoy, bu partiya
majlislarida o‘zingni ko‘rsatib maqtanishni bilasan, andoq qilodirmiz, mandoq qilodirmiz deb,
hammaning boshini qotirasan. E, agar xohlasang, men o‘sha partiya majlisida bir po‘stagingni qoqayki,
hech esingdan chiqmaydigan bo‘ladi, uyingni topolmay qolasan. Xohlaysanmi?!
— Voy-bu! — chin yurakdan hayron bo‘ldi Bo‘ston Bozorboydan o‘zini beixtiyor qo‘li bilan
to‘sib,— sen meni qo‘rqitguncha, munday tushuntirib ber-chi, seni qaysi it taladi?
— Meni it talabdimi! Ajab bo‘pti! Sen hukumatga qarshi ish qilyapsan. Bildingmi! Sendan boshqa
aqlli yo‘q! Xo‘jayinlar hamma yerda bo‘rilarni yo‘qotinglar, deb tayinlab yuribdi. Sen bo‘lsang,
Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman)
Do'stlaringiz bilan baham: |