Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/177
Sana22.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#690254
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
135
yechishga qarashdi, suv, sovun, sochiq keltirdi. Erining qo‘liga indamay suv quydi, ular odatda, keyin 
— choy ustida bafurja o‘tirib gaplashishadi. O’shanda eri: «Mana, endi quloq sol, dunyoda nimalar 
bo‘lmaydi-ya»,— deydi-da, ko‘rgan-bilganlarini hammasini bir boshdan oqizmay-tomizmay hikoya 
qilib beradi. Ular ikkovlari mana shunday yolg‘iz qolgan paytlarida o‘zlarini juda yaxshi sezishadi. Bu 
bir-birlariga juda yaqin bo‘lib ketgan odamlarning o‘zaro gapi,— u xuddi tanish sohilga o‘xshaydi, 
qaeri past, qaeri chuqur-oldindan ma’lum. Esida, Orzigul qazo qilganiga bir yildan oshgan, barcha 
ta’ziya marosimlari o‘tgan edi. Ular aloha turmush quradigan bo‘lishdi. O’shanda Bo‘ston uning ko‘l 
bo‘yida joylashgan qishloq chekkasidagi uyiga tog‘dan tushib keldi. O’shanda ular Bo‘stonning otini 
otxonada qoldirib, odamlar ko‘z o‘ngida o‘zlarini birgalikda g‘oyatda o‘ng‘aysiz his qilib, avtobusga 
o‘tirib, rayon ZAGSiga borishdi, zarur qog‘ozlarga tezgina qo‘l qo‘yib, tezgina chiqib ketishdi, keyin 
yana avtobusga o‘tirgilari, ko‘chalarda tanish odamlarni uchratgilari kelmay ko‘lga karab yurishdi, 
so‘ng sohil bo‘yidan uning beva boshpanasiga o‘tishdi. Kuzning quruq kunlari. Qilt etgan shabada 
yo‘q. Issiqko‘lning tiniq moviy yuzasi har qachongidan g‘oyatda sokin va shaffof edi. O’shanda 
Bo‘ston tilog‘och butazori o‘sgan sohilga tushgan so‘qmoqning boshida qirg‘oqqa bog‘lab qo‘yilgan 
ikki qayiqni ko‘rib to‘xtadi. Qayiqlar ohista chayqalishar, suvning qumloq tagi yaqqol ko‘rinib turardi. 
«Qara, atrof suv, tog‘lar, yer — mana shuning hammasi hayot. Manov ikki qayiq esa tob sen bilan 
menga o‘xshaydi. To‘lqin bizni qayoqqa boshlab ketadi — hali ko‘ramiz. Boshimizga nimalar tushdi, 
nimalar kechirdik — to tirik ekanmiz, doim xotiramizda turadi, bizdan qochib ketmaydi. Ke, doim 
boshimiz qovushib, birga bo‘laylik. Meni chol desang ham bo‘ladi. Qish kirsa, qirq to‘qqizga 
to‘laman. Sening bolalaring esa yosh, ularni o‘qitish, odam qilish kerak... Yur, bud-shudni 
yig‘ishtiraylik. Baliqchining qizisan. Seni tog‘larga olib ketaman... Men bir o‘zim yasholmayman, 
toqatim qolmadi...» 
Gulimxon negaligini o‘zi ham bilmagan holda yig‘lab yubordi, Bo‘ston uni uzoq yupatib turdi... 
Keyin o‘zlari yolg‘iz qolgan chog‘larida turmush haqida gaplashishar ekan, Gulimxon tez-tez sohildagi 
o‘sha ikki qayiqni eslardi. Shuning uchun ham, eng yaqin odaming bilan qiladigan suhbating xuddi 
tanish sohilga o‘xshaydi, deb o‘ylardi u. Biroq, bu safar eri nazarida odatdagidan sal tashvishliroq 
ko‘rindi. Bo‘ston dahlizdagi lip-lip qilib turgan chiroqning yorug‘ida yirik dag‘al qo‘llarini sochiqqa 
atay erinmay artardi. U xotiniga qaraganda bo‘yi ancha baland, bir oz qisilgan ko‘kimtir ko‘zlari norizo 
boqar, shamollar yalayverib pishigan cho‘ng va quyma dahani qurch kabi qoraygan edi. Tinchlikmikin 
ishqilib? Qo‘llarini artib bo‘lgach, Bo‘ston Kenjash tepasiga bordi. O’z qo‘li bilan yasagan yog‘och 
karavot oldida cho‘k tushib o‘tirdi, o‘g‘lini erkalab dag‘al lablarini uning yuziga bosdi, kichkintoy 
otasini sezib, o‘rnidan shirin qimirlab qo‘ydi, buni ko‘rgan Bo‘ston beixtiyor jilmaydi. 
— Men yo‘g‘imda bu yerga Bozorboy kelgan emish,— deb so‘z qotdi u ovqatga o‘tirarkan.— 
Xosiyati yo‘q bu ishning... 
Gulimxon bu so‘zlarni o‘zicha tushunib, qizarib ketdi, jahlini bosib xafa bo‘lib dedi: 
— Men nima qilay axir? O’zlari uyga bostirib kelib qolishdi. Bo‘ri bolalarini tutishgan ekan, 
ko‘rsatamiz deyishdi. Kenjash yopishib olsa bo‘ladimi — yosh bolaga o‘yin-da... Choy qo‘ydim keyin 
oldilariga. 
— Buni aytayotganim yo‘q. Mayli-ku-ya, o‘zi kelar yor-yor, o‘zi ketar yor-yor. Xosiyatsiz odam 
deyman-da... 
— Nima qipti shunga?— uning nima demoqchiligini anglolmay dedi Gulimxon.— O’zingiz ham 
bo‘rilarni otgansiz-ku. Ana, terisi bulturdan beri osilib yotibdi, xo‘pam yaxshi oshlashgan ekan 
terisini,— u devordagi bo‘ri terisiga ishora qildi. 
— Turishga-ku turibdi-ya,— javob berdi Bo‘ston xotiniga bo‘sh piyolani uzatarkan. Gaping rost, 
men ham bir payt bo‘ri otganman. Nima qilaylik, dunyo shunday qurilgan ekan, bir yoqda odam bor 
ekan, bir yokda bo‘ri. Lekin men hech qachon bo‘ri uyasini to‘zg‘itmaganman. Shumqadam Bozorboy 
deganing bo‘ltiriqlarni o‘g‘irlab olibdi, katta bo‘rilar esa omon qolibdi, endi ular toza quturishadi. 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish