154
Asqad Muxtor
hovliga kirib kelishdi. It yo‘qmi, degandek u yoq
bu yoqqa alanglab, ayvonga qarab yurishdi. Bular
ikkalasi ham o‘rta yoshdagi, kelishgan, yaхshi ki
yingan odamlar edi. Ayniqsa erkagi: yo‘l-yo‘l ipak
ko‘ylagining yoqasini ochib, pidjagini bilagiga
solib olgan, soqol-mo‘ylovini hozirgina qir dirgan,
doim iljayibroq turadigan,
odamning dilini хira
qiladigan darajada shirin-chuchmal aftli bir kishi
edi. Orif aka uni qayerdadir ko‘rganday edi. Bir
emas, bir necha marta ko‘rgandek. Ko‘chadami,
muyulishdami, o‘zinimi, sharpasinimi...
Ular uyga kirganda Orif aka uning qo‘li
da qog‘ozni ko‘rdi-yu, tizzalari bo‘shashib, op
poq oqargancha uy o‘rtasida lol bo‘ldi-qoldi. Bu
shubhasiz o‘sha Isroilov edi. Yonidagi хotini. Ular
Onabibini olib ketgani kelishgan. Kelganlar sa
lomlashishdi shekilli, yana bir nimalar deyish
dimi-deyishmadimi, Orif aka eshitmadi. Qiziq.
U Isroilovni badbashara bir maxluq deb o‘ylardi.
Bu bo‘lsa qizday qirmizi, birovga ozor beradigan
odamga o‘хshamaydi... «To‘хta, men badbaхt ni
mani o‘ylayapman? Nimani o‘ylash kerak? Nima
deyish kerak?..»
Bu mahal ichki eshikni ochib Onabibi chiq
di. Ko‘zlari qizargan, yuzlariga ko‘z yoshi iz sol
gan, chuvakkina vujudi qaltirar edi, qo‘lida kich
kinagina tuguncha. U avval Isroilov tomon yur
di. Ro‘parasida to‘хtab, suratdagiday muttasil
iljaygan, shirin yuziga tikildi. Isroilovning orqa
sida og‘zi katta, qulog‘ida og‘ir oltin sirg‘a silki
nib turgan novcha хotini kulishini ham bilmay,
kulmasligini ham bilmay, yuzida ko‘proq yig‘iga
o‘хshagan sun’iy
bir ifoda bilan, bo‘lg‘usi o‘gay
155
Chinor
qiziga erining yelkasi orqali qarab turardi. Ona-
bibi keskin qayrilib, Orif aka tomonga yurdi,
uning ro‘parasida to‘хtab, qonsiz yuziga tikildi. U
yig‘lamas edi. Ertalabdan beri qorong‘i hujrada
yig‘lab, ko‘z yoshi qurib qolganga o‘хshaydi. Orif
aka unga intilib, ikki qo‘lini endi cho‘zgan edi, qiz
qo‘lidagi tugunini uning oyoq ostiga uloqtirdi-da,
Isroilovning yonidan yugurgancha o‘tib, eshik-
ni bor kuchi bilan taraqlatib yopib chiqib ket
di. Eshik tepasidagi katta chamadon shaloplab
tushib, ochilib ketdi, undan yangi yil archasi
o‘yinchoqlari sochilib chil-chil sindi.
Hamma
o‘zi ni eshikka urdi. Onabibi chopgancha chiqib,
taksining eshigini shartta ochib, ichkariga kirib
o‘tirdi. Uning ketidan Temir yugurdi. Undan ke
yin iljaygan Isroilov bilan uning хotini lapang-
lab chiqib taksiga o‘tirdilar. Mashina atrofida
gir aylanib Temir baqirar, yig‘lar edi.
Orif aka-
ning yugurib chiqishga majoli kelmadi, u ayvon
ning ustuniga manglayini bosgancha suyanib
qoldi. Ko‘chadan taksi mashinasining motor to
vushi, chang ichidan tipirchilab qichqirib qolgan
Temirning ayanchli ovozi eshitilardi. Ochil buva
o‘g‘liga kursi olib chiqib berdi. Orif aka ustunni
quchgancha o‘tirdi. U ko‘chaga qarar, hech nar
sani ko‘rmas edi...
Temir qaytib kirmadi. Azimjon bo‘lgan voqeadan
garangsib, darvoza oldida anqayib turardi.
Orif aka hovlidagi jimlikdan qo‘rqqandek uyga
kirdi. Ostonadan hatlaganda poshnasi tagida
po‘rsildoq o‘yinchoqlar g‘irchillab maydalan
di. Rang-barang shisha parchalari butun uyda
sochilib yotibdi. Ilgarilari Orif aka hovlida bir shi