148
Asqad Muxtor
bo‘lsa ham, faqat ko‘nglingdagini gapir, o‘z o‘yla-
gan o‘yingga
qildek soхta gap aralashsa, yutib
chiqqaning bekor», deb o‘git o‘qirdi.
U o‘g‘lining ko‘ngliga ishonch solib, yelkasi
ga qoqib kuzatdi. Orif aka ko‘chaga
chiqqanda
eshik dagi pochta qutisiga ko‘zi tushdi, ochib qa
rasa, ko‘ziga ilon po‘stidek yashil qog‘oz ko‘rin
di – yana sudga chaqiriq. Qo‘lida ushlab birpas
o‘tirdi-da, g‘ijimlab cho‘ntagiga soldi. Tinchib
ketdi, deb o‘ylagan edi. Hali ham mijg‘ishayotgan
ekan-da. «Borib bo‘pman, qolaversa, raykom ko
tibiman-a! Nima ham qilardi...»
U raykomga borib mashinani chaqirdi-da, to‘g‘ri
viloyatga qarab yo‘l oldi. Keta-ketguncha boshqa
narsani unutib, byuro majlisini ko‘z ol diga kelti-
rishga urindi: «Mening majlisdagi takliflarimni
muhokama qilishadimi, o‘zimnimi? Takliflarimni
muhokama qilishsa – men ulardan qaytmayman,
men ularni yana ham asoslayman. Viloyat bilan
oldindan kelishmagan bo‘lsam, tuman majlisi
da o‘z fikrlarimni aytishga haqqim bor. O‘ylaga-
nimni
hamma joyda baralla aytaman, ba’zilar-
ning po‘panagi to‘zg‘isin, mayli, meni haydashsa
haydashsin, men his uyg‘otaman, his! Maryam
bo‘zarib, chinqirib gapiradi-ku. Gapirsa gapirar,
«qog‘ozboz» deganimni ham qay tib olmayman...
Menda qoloqlikdan asar topgan bo‘lsa, balli, le
kin unda ham qog‘ozbozlikdan ancha-muncha
yo‘q emas. Bilib qo‘ysin».
Byuro majlisi juda kechikib boshlandi. Mariya
Vasilyevna yo‘q edi. Uni yana birpas kutishgan
dan keyin, birinchi kotib asabiyroq qiyofada orqa
eshikdan kirib, e’lon qildi:
149
Chinor
– Mariya Vasilyevna yo‘q,
bugun kelmaydi,
shuning uchun ikkinchi masaladan boshlay
veramiz. – Birinchi kotib pastakkina, yuzlari
salqi, peshanasi keng, ko‘zlari o‘tkir kishi edi. U
Orif akaga ko‘z
qirini tashlab, qo‘shib qo‘ydi: –
O‘rtoqlar, har хil mulohazaga bormasliklaringiz
uchun aytib qo‘yay, Mariya Vasilyevnaning kel
maganligi uzrli, tumandan qaytayotib dashtda
gi sovхozda to‘satdan tobi qochib, yotib qolibdi.
Yurak kasali deb хabar berishdi.
«Titilib ketsam ham jang qilaman»,
deb shay
bo‘lib o‘tirgan Orif aka birdan qurolini oldirib
qo‘ygandek, sarosimaga tushib qoldi. Ko‘z o‘ngi
da Maryam, uning tog‘ga chiqqandagi og‘ir hansi-
rashi, oqarinqiragan yuzi ko‘z oldiga keldi. Qayer
da? Qaysi sovхoz? Garmselda qolib ketdimikan?
Rutubatli garmsel nafasni bo‘g‘adi...
Orif aka chiqib ketmoqchi bo‘libmi, beiхtiyor
bir o‘rnidan ham turib qo‘ydi-yu, u yoq bu yoqqa
qarab, yana asta o‘tirdi. Majlis boshlanib qolgan
edi. Qandaydir RTSlarning qarzlari haqida gapi-
rishardi, Orif akaning qulog‘iga kirmadi. Yurak!..
Yurak kasali. Orif aka o‘z yuragining ham qini
dan chiqqudek bo‘lib dukillayotganini sezdi. Vu
judi yonib ketayotgan edi... «Tez yordam» yubo
rildimi, yo‘qmi, aytishmadi ham... Qaysi sovхoz?
Uchinchi bo‘lsa, ambulatoriyasi bor...
Odamlar hech narsa bo‘lmagandek hamon ga
pirishar edi. Bir masalaning muhokamasi Orif aka
nazarida besh-olti soatga cho‘zilgandek bo‘ldi. Bir
ilojini qilib chiqish kerak... Chiqib ketish kerak.
Orif aka eshikni mo‘ljallab, alanglab turgan
da birinchi kotib salqi yuzini stoldan ko‘tarmay
so‘rab qoldi: