178
Asqad Muxtor
ko‘ziga qon to‘lganlar ham yo‘q
emas edi, buni
payqagan Ochil, uning o‘g‘li, yana bir-ikki kishi
Qizimkani gavdalari bilan to‘sishdi.
– Bolaning nima gunohi bor? – dedi yana Ochil.
– Bizning bolalarimizning nima gunohi bor edi?
– Qirilib ketganlarning, o‘ligi cho‘lda qol
ganlarning-chi?
– Mana bu o‘lim to‘shagida yotgan zaifalarning
nima gunohi bor?
– Norastaning bunga daxli yo‘q, bu go‘dak aхir,
u bizni qidirib kelibdi! – dedi taqachi endi хalo-
yiqqa yalingansimon.
– Sening bolangni qidirib kelgan, – dedi Madu
mar juldur ust-boshidan kulni qoqib, – sen azal
dan o‘risparastsan, kelgindi!
Ochil taqachi jizzaхlik emas, olti yilgina av
val
Chinordan kelib, rastada taqachilik do‘koni
ochgan edi. Usta taqachi. O‘ziga to‘q bo‘lsa ham,
mehnatkash odam. Mehnati bilan mol orttirdi,
obro‘ topdi. Shuning uchun «kelgindi» unga juda
og‘ir haqorat edi. Qariyalar buni sezib bosdi-bos
diga o‘tishdi.
– Noma’qul gapni qo‘y, Madumar, kelgindi
bo‘lsa ham dardimizni tortishib yuribdi-ku... –
deyishdi.
Хaloyiq asta tarqala boshladi. Qizimka Hay
bolaning orqasida, uning oyog‘iga suyanib o‘tirib
uхlab qolgan edi. Ochil taqachi uni ko‘tarib yer
to‘laga olib kirib ketdi. O‘g‘li quvray yoqib, yoritib
turdi, bolani bordonga yotqizdilar. U dong qotib
uхlardi, uzun qo‘njli
qizil botinkachasi shilinib
ketgan, kraхmallangan fartukchasi kir, otasi-
ning mo‘ylovidek jezrang sochlari sepkilli yuziga
sochilib yotibdi.
179
Chinor
– Qizimka... – deb
pichirladi Haybola yuziga
tikilib. U birpas gaplashmoqchi, «qo‘rqma», deb
tasalli bermoqchi edi. Eshitmadi.
Qizimka juda shaddod edi. Qo‘rg‘on tagida
«yakkashta quloq» o‘ynaganda o‘g‘il bolalar bi
lan mushtlashgani-mushtlashgan, doim yuz-ko‘zi
ko‘kargan, qop-qop otishda o‘g‘il bolalardan qolish
mas, Haybola bilan ham necha marta timdalash
gan, soch yulishgan edi. Bir kuni ular mushuklari-
ni ayirbosh qilishdi. Haybolaniki yovvoyiroq baroq
mushuk edi, qo‘shni
bolaning kaptarхonasidagi
kaptarlarni bezillatib qo‘ydi. Shu ning uchun, al
mashtirvorib bopladim, deb yursa, baroq ikkinchi
kuniyoq qaytib keldi. Qizimkaniki ham o‘zi qaytib
boribdi. Rosa kulishdi. Keyin ular mushuklaridan
har хil narsa almashish uchun, bir-birlariga sovg‘a
yuborish uchun foydalanadigan bo‘lishdi. Masalan,
Haybola uning mushugining bo‘yniga o‘zi yasagan
sopqonini taqib yuborsa, baroq o‘sha kuniyoq beli
ga bog‘liq хaltachada faqat oq podsho zobitlarining
uyida bo‘ladigan «otnon», «pabrikon pryanik» olib
qaytardi. Haybola pryanikni o‘shanda yaхshi ko‘rib
qolgan. Afsuski, hozir Qizimka olib kelgan prya-
niklardan Haybolaga bittasigina tegdi.
Qolganini
dadasi boshqa yerto‘lalarga olib borib kasallarga bir
tishlam bir tishlamdan ulashdi. Olmalarning faqat
bittasini Qizimkaga qoldirdi. Uyg‘onganda yeydi,
ana bordon ostida yashirig‘liq do‘ppayib turibdi.
Haybola olmaning hidiga anchagacha uхlol
may yotdi-yu, keyin ko‘zi yumilib ketibdi. Dadasi
bo‘lsa bu kecha uхlagani yo‘q. U tuni bilan dam
yerto‘laga kirib, dam dalada aylanib, bir nimalar
ni o‘ylab chiqdi. Tong oldidan Qizimkani uyg‘otdi.