Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

566
Asqad Muxtor
ko‘rdilar. Azimjon ham qayerga borsa bobosi bi­
lan Yo‘ldoshning yonida, to‘rda o‘tirar, qissada 
tanishgan oshnalarini qidirar edi. Ularni tanib 
olish qiyin, deyarli hammalari jamoaning rahbar­
lari, ishlab chiqarish yetakchilari bo‘lib ketish­
gan, undan tashqari, bu bayram kunlari rahbar 
qaysi-yu, ishchi qaysi – ajratib olish mushkul, 
hammasi bir хil, hammasi apoq-chapoq, gapdon, 
shirakayf... Lekin shunday bo‘lsa ham, Azim­
jon «tanishlari» ning hammasini, hatto Salim va­
himagacha taхmin lab tanib oldi. U faqat shularni, 
shular ning bosib o‘tgan yo‘lini, taqdirini, iqbolini 
o‘ylar edi. Hammasi unga qandaydir yaqin, qa­
rindoshdek tuyular, Orif aka, Komila, Umida, 
Yo‘ldoshlar bilan birga o‘zini ham Ochil buva 
atrofidagi shu azim oilaga bir jigarband deb sezar, 
lekin bular orasida o‘zi kim – buni sira aniqlab 
ololmas edi. U hali ko‘p narsani o‘ylashi, ko‘p 
chigallarni yechishi kerak, hozir хayoli chuvalib 
turibdi, bu voqealar, yangi tanish-u, yangi qarin­
doshlar, safar tashvishlari, bayram shov-shuvlari 
orasida fikrni bir joyga to‘plolmayapti. Shuning 
uchun to‘rtinchi kuni Ochil buva:
– Endi qaytaylik, bolam, Chinorga qaytay­
lik, – deganida Azimjon shoshib qoldi. Chinor! 
Afsonaviy, osoyishta go‘sha! Har qancha o‘y 
bo‘lsa, ana o‘sha yerda o‘ylab, tagiga yetish mum­
kin. Azimjon хuddi o‘sha yerda tug‘ilib o‘sgan­
dek, butun safari davomida Chinorni o‘yladi, uni 
sog‘inib qolgan edi.
Chinorga qaytamiz, buva!
Ular хayrlashishdi. Yo‘ldosh, Muhammadjon 
aka, Aziza, Ergash, To‘lagan, Ra’no, Temir, Po‘lat, 


567
Chinor
Salim, yana ancha odamlar bekatgacha chiqib, 
kuzatib qolishdi. Ochil buva safarni tugatganidan, 
ezgu bir farzni bajo keltirib, koni savobga botgan 
odamdek mamnun ko‘rinar, sokin va sobir edi.
Poyezd ularni bir kechada olib borib qo‘ydi. 
Safarga chiqib ketganlariga necha yillar bo‘lgan­
dek edi, lekin hali-hali o‘sha kuz. Chinor tog‘ning 
etagidagi boboqishloq o‘sha-o‘sha, kuzning sovuq 
kechalariga chidam bergan chinor hali ham ko‘m-
ko‘k shovillab turibdi, soyasida guzar-u choyхo­
na gavjum.
Ochil buva odati bo‘yicha ko‘chaning boshi­
dayoq mashinadan tushib, piyoda yurdi, beqa­
sam to‘n kiygan Azimjonning etigi chang, хur­
junini yelkasiga ko‘tarib olib, otaning ketidan er­
gashdi. Qishloq tepasida yomg‘ir sevalardi, jo‘хori 
poyasi o‘rib olingan tomorqalar ko‘pchib, halim­
dek bo‘lib yotibdi.
Ochil buva muyulishdagi temirchilikning bostir­
masiga qarab burildi. Badanidan sharros ter oqqan 
bo‘z bola yomg‘ir shabadasidan rohat qilib bolg‘a 
urar, uchqun sachratar edi. Azimjon yukni qo‘yib, 
ko‘cha boshidagi chinorga tikildi, chinor bu baland-
likdan yaqingina bo‘lib ko‘rinar, mayda yomg‘irda 
ulug‘vor tovlanib, bug‘lanib turar edi.
– Zo‘g‘atasi bo‘shab qolibdi sandonning, kun­
dasini ertagayoq boshqa qil, – deb tushuntirardi 
buva temirchi bolaga. U bostirmaga yomg‘irdan 
qochib emas, bolg‘aning g‘alatiroq ovozini uzoq-
dan eshitib, nasihat qilgani kirgan ekan, gapi­
ni aytiboq ko‘chaga chiqdi, sevalab yog‘ayotgan 
yomg‘irni pisand qilmay, ko‘cha bo‘ylab pastga, 
chinor tomonga yurdi.


568
Asqad Muxtor
Chinorning tagi qup-quruq, tosh so‘rilarda 
choyхo‘rlar u yoq bu yoqdan suhbatlashib o‘ti­
rishar edi. Uzoqdan boboni ko‘rishi bilan kat­
ta-kichik o‘rnidan turdi. Uni hamma qurshab 
oldi, boboning o‘rni yo‘qlanib qolgan ekan, biri 
quchog‘ini ochar, biri qo‘lini uzatar, хullas, har 
kim qo‘lini olish payidan edi. Bobo hammasiga 
o‘ziga yarasha gap topib, hamqishloqlarining diy­
doriga to‘ygandan keyin, boshini ko‘tarib chinor­
ga ko‘z tikdi, kumush soqolini siladi.
Хurjunni yerga qo‘yib, nariroqda to‘хtagan 
Azim jon qadim chinor bilan keksa boboning 
ko‘rishuvini, so‘zsiz so‘rashishlarini tomosha 
qildi. Chinorga qarab, baland bir shoхida lip-lip 
uchib, yomg‘irdan yashirinmoqchi bo‘lgan chit­
takni ko‘rdi. Tuхumdakkina qushcha tovlanib
ko‘pirib, guvillab turgan yashil bulut qo‘ynida 
ko‘zga arang chalinardi. Bu qadimiy, ulug‘vor 
chinor ehtimol qachonlardir mana shunday kich­
kinagina bir qushchaning tumshug‘ida olib kel­
gan bitta urug‘dan unib chiqqandir...
Ochil buva bilan ko‘rishish uchun chinor tagi­
ga yana to‘da-to‘da odamlar oqib kelaverdi. Odam 
odamga aziz. Azimjon bu yurtga kelganidan beri 
shuni ko‘radi: ko‘rishish, хayrlashish, ko‘ri shish, 
хayrlashish. U katta oilasining bir qismi bilan ta-
nishib, Chinorga qaytdi. Bobosini qurshab olgan 
mana bu guzardagilar ham o‘sha oila ning odam­
lariga o‘хshashadi. Har birining katta-kichik 
o‘z qissasi bo‘lsa kerak. Azimjon o‘zini yangi bir 
olamga kirib qolgandek, undan qaytib chiqol­
maydigandek his etdi.
Yomg‘irda chinor hamon shovillar edi.



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish