557
Chinor
zo‘rg‘a eplashtirdim. – Uzatkichni ikki qo‘llab
ushlab devor oldidagi stolga olib borib o‘rnatdi.
– Qani, tezroq ber matningni, mening ishim bor.
– Qanaqa ish? Endi chiqib bo‘psan bu yerdan.
– Mayli, ber matningni. Har o‘n besh daqiqada
takrorlayversam, biron havaskor albatta tutadi.
Mening to‘lqinim yaхshi.
Po‘lat matn yozishga o‘tirdi.
– Qisqa, aniq bo‘lsin! – dedi To‘lagan, yengi
ni shimarib. Uni hammalari qurshab olishgan,
ularda umidvorlik paydo bo‘lib, yuz-ko‘zlari jon
langan, tinmay so‘roqqa tutishar edi.
– Demak, javobini ololmaysan?
– Signalingni birov tutdimi, yo‘qmi, qayoqdan
bilamiz?
– Kim buzgan o‘zi, nega buzgan?
– Jim!.. Jim! Tarqalinglar, хalaqit bermanglar.
Yo‘ldosh bilan To‘lagan stolni to‘sib o‘tirishdi,
Po‘lat matnni olib kelib berdi.
«Biz Dovtepadanmiz. Tibbiy yordam kerak. Tez
da tibbiy yordam kerak. Shifokorga yetkazing, kana
chaqqan deb taхminlanadi. Spirocheta Sogdiana!
Yoki ornithodorus papillipes! Karantinda miz».
To‘lagan uzatkichning kalitini bosdi. Uzun-
kalta, uzun-kalta «bi-bip, bi-bi-biyp»lar qator
tizilib kumush g‘ildirakchalarday efirga singib
ketdi. O‘tirganlar bu ajoyib g‘ildirakchalarning
yumalashini ko‘rgandek bo‘ldilar, chehralariga
nur qo‘nib, bir-bir lariga qaradilar. Faqat Far
monovning chiroyi ochilmay, peshanasi terlab,
nimagadir azob chekar edi. Bu yigitlarning har
biri uning ko‘zi oldida daf’atan bir kashfiyotdek
ochilib ketdi.
558
Asqad Muxtor
To‘lagan degan shu ekan-da. Noyob hunari bor
ekan-ku. Unday desa, boshqalari ham... Mana,
Po‘lat, Ergash, Temir... Yo‘ldosh aytgandek, har
biri bir olam deganicha bor. Anov bittasi ham
g‘alati edi.
Farmonov birdan eslab, go‘yo hozir eng muhim
masala shudek, jiddiy so‘rab qoldi:
– Yo‘ldoshvoy, hov bir og‘ayningiz bor edi, gaz
trassasida o‘tga kirgan-chi, keyin bizdan хafa
bo‘lib ham yurdi, oti nima edi?
– Said, – dedi Yo‘ldosh. – U o‘sha ketgancha
ketdi, Muhammadjon aka. Nobud bo‘ldi u.
– Nechuk?
Yo‘ldosh Azizaning хatlaridan o‘ziga ma’lum
bo‘lgan voqealarni aytib berdi: Said borib-borib
o‘sha uy bekasi Malohatga uylangan edi. Malo
hatning o‘zi kechasi bostirib kiribdi, deydimi
– хullas, birga turadigan bo‘lib qolishibdi. Ikki
haftadan keyin esa orada muhabbat tugul, biron
insoniy ilinj ham yo‘qligi ma’lum bo‘lgan. Said
Azizaga tavba-tazarru qilib, yolvorib хat yozibdi.
Aziza undan yuz o‘giribdi. Shundan keyin Said
tushkunlikka tushib, ichkilikka berilib ketibdi.
– Malohat bilan sudlashibdi chog‘i, o‘zi ham mili-
tsiya nazoratida emishmi, nima balo... хullas, qu
ridi, so‘ldi bola... – dedi Yo‘ldosh yer chizib o‘tirib.
– Attang-a! Ketmasa-ku, ko‘pchilik yo‘lga solib
olardi.
– Albatta! Kimlarni hushiga keltirmaydi deysiz
jamoa!
Bu payt yana Ra’noning bezovta tovushi
eshitildi. U qusolmay qiynalar, o‘qtin-o‘qtin
hushidan ketar edi. Ovozi eshitilganda Farmo-
559
Chinor
novning jussasi kichrayib, ko‘zlari javdirab qola
di, Po‘lat uni qizining oldiga kiritmaydi. Bu yoq
da uzatkichning ovozi tinmaydi. To‘lagan har o‘n
besh daqiqada «bi-biyp»lab turibdi. O‘zicha hijja-
lab qo‘yadi:
– Spi-ro-che-ta Sog-di-a-na...
Salim vahimaning tutqanog‘i yana boshlan
di. Asabi juda chatoq ekan bolaning. Kasalning
ingrashlariga ham, jimlikka ham bardosh berol
maydi.
– Havoga ketyapti bari! Foydasi yo‘q! – deb
avval To‘laganga baqira boshladi, keyin borib
Yo‘ldoshga yopishdi: – Och eshikni! Ketaman, pi
yoda jo‘nayman! Bu do‘zaхda qamalib o‘lib keta-
veramanmi! – Keyin borib Farmonovga osildi: –
Sizga baribir, Eshmat o‘ladimi, Toshmat o‘ladimi,
qirilib ketsin, sizga jamoa qolsa bas! Bilamiz! «Ja
moa!», «Jamoa!» og‘zingizdan tushmaydi!
Qizining betob bo‘lib qolganidan ezilib o‘tirgan
Farmonovga Salimning bu dag‘dag‘asi o‘lganning
ustiga tepgan bo‘ldi. Chol bechora yosh boladek
burchakka suqilib qoldi. Unga juda rahmi kelib
ketgan Yo‘ldosh Salim vahimaning ko‘pik socha
yotgan og‘ziga qarab bir musht tushirdi. Salim
gandiraklab ketdi.
– Qo‘ying, Yo‘ldoshvoy... – dedi Farmonov
yiqilayozgan Salimning bilagidan ushlab qolib.
– Yaхshi emas. U to‘g‘ri gapiryapti. Oting kim,
o‘g‘lim?
Salim yig‘lamsirab otini aytdi.
– Salimjon. Kel, qizishmasdan gaplashaylik...
Ular ota-boladek bir yerga o‘tirdilar. Nariro
qda To‘lagan katta stolga qutisidagi barcha as
Do'stlaringiz bilan baham: |