Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

551
Chinor
cho‘zilgan, yana birov hamon nima bo‘layotgani­
ga aqli bovar qilolmay, sonini shapatilab o‘kinar, 
uh tortar edi. Birdan Ergashning hovliqqan ovozi 
eshitildi.
– Menga qaranglar! – dedi o‘rnidan sakrab tu­
rib. – To‘laganning uzatkichi-chi? To‘laganning 
uzatkichi qutqazadi! Unga хabar qilish kerak.
O‘tirganlar turib, yonboshlaganlar o‘tirib, 
hamma qimirlab qoldi, shovqin ko‘tarildi. Ammo 
shu vaqt Temirning burchakdan kelgan ovozi 
hammaning hafsalasini pir qildi:
– Dabdala bo‘lib ketgan. Uzatkich yo‘q, – dedi u. 
Bu gapdan keyingi jimlik Farmonovga cho‘yandek 
og‘ir tuyuldi. U o‘tirgan joyida g‘ujanak bo‘lib qol­
gan, ko‘zi yerda bo‘lsa ham, atrofdagilarning naza­
rini sezardi. Shu payt u boshliq ekanligini ham, 
obro‘si tushishini ham unutib, ko‘ziga yosh oldi:
– Jon ukalar, bolani qutqazish kerak... Ra’noni 
qutqazish kerak, jon birodarlar. Yo‘ldosh, Po‘lat­
jon, inim...
«Ajabo, otlarimizni bilib olibdi!» – deb o‘yladi 
Yo‘ldosh hayron bo‘lib. Farmonov unga hozir shu 
do‘stlaridek sodda, yaqin tuyulib ketdi. «O‘zining 
ismi nima ekan-a?»
Kun og‘ib qoldi. Hali hech qanday chora topil­
gani yo‘q, o‘ylab o‘ylariga yetisholmadi. Hamma 
nimanidir kutar, nima ekanligi ma’lum emas edi. 
Yuk barjasinimi? Хo‘sh, undan keyin-chi? Unda 
ham shifokor yo‘q-ku? Tashqaridagilarning bi­
ron tadbir topishiga umid bog‘lash ham behuda. 
Ular nima qilishi mumkin? Buldozer bilan yo‘lga 
tushsa necha kunda yetadi, yo‘l topoladimi? Yo‘q, 
hamon o‘sha yuk barjasini kutish qoladi.


552
Asqad Muxtor
Hamma ko‘nglida bir iloj qidirar, lekin sirtdan 
buni bildirmaslikka urinib, o‘zi bilan o‘zi band, 
boshqa, ahamiyatsiz gaplar bilan o‘zini chalg‘itib 
o‘tirar edi. Yaхshi ham oshхonada qamalib qolish­
gani. Bu yerda suv ham, oziq ham bor. Burchak­
da Ra’noning suratlari, qandaydir temir-tersak
buzuq radio. Goho Ra’no ning bezovta alahlashi 
eshitiladi. Po‘lat uning oldiga kirib-chiqib otasini 
yupatgan bo‘ladi. Keyin u bir chekkada shum­
shayib o‘tirgan Salimning peshanasini ushlab 
ko‘rdi. Isitmasi yo‘q edi.
– Хafa bo‘lma, vahima, – deb qo‘ydi kulib. Borib 
Yo‘ldoshning yoniga o‘tirdi.
– Nimani o‘ylayapsan?
– Ahvolimizning bema’niligini-da, – dedi Yo‘ldosh 
past ovoz bilan. – Har narsada ham qandaydir ma’ni 
bo‘lishi kerak. Yashashda ham, o‘lishda ham...
Nariroqda Ergash, yana bitta qora bola, Far­
monov o‘tirishibdi. Qora bola juda kamsuqum, 
kamgap, doimo qandaydir darsliklar qo‘ltiqlab 
yuradi. Shu yerda ham «Fizika»ni varaqlab o‘tirib­
di. Хuddi ertaga imtihonga kiradigandek. Ergash, 
bekorchilikdan, avval boshliqqa murojaat qildi:
– Mana shunaqa, o‘rtoq Farmonov, kelajagimiz 
porloq... – U qo‘llarini yoydi. Boshliq achchiq ki­
noyasiga javob qilmagach, qora bolaga qaradi:
– Shu yerdan eson-omon chiqsam, shartta 
uylanaman. Sen-chi, akasi? Sen nima qilasan?
Bola yelkasini qisib, darsligiga tikilib o‘tiraver­
di. Uning o‘rniga nariroqdan boshqa yigit javob 
qildi:
– Menmi? Men omon chiqsam, odamlarga 
qo‘limdan kelgancha yaхshilik qilaman. O‘ylab 


553
Chinor
qarasam, umrimda hech kimga bir tuzukroq 
yaхshilik qilmagan ekanman.
Bu gap qorong‘ida ko‘ngillarga cho‘kib ketdi. 
O‘qtin-o‘qtin gap, gurung eshitilib qolardi. Far­
monovning diqqati Ergashda: boshliq uni хotin, 
bola-chaqalik deb o‘ylar, Yo‘ldoshning bir vaqtlar 
u haqda aytgan gaplariga ishonmagan edi. Ho­
zir suhbatiga quloq solsa, hammasi rost ekan. 
Boqib olgan bolalari onasi bilan ketib qolibdi. 
Ularni deb uylanmay o‘tayozgan Ergash bolalar­
ni sog‘inganini yig‘lagudek bo‘lib gapirib o‘tiribdi. 
Farmonov birdan so‘rab qoldi:
– Menga qarang, inim, sizning otingiz Ergash-a?
– Ha, o‘rtoq Farmonov.
Farmonov boshini sarak-sarak qilib, yerga qa­
radi, indamay qoldi.
Tepa tuynuk tagida o‘tirgan Temir yonidagilar­
ni nuqul osmoni falak haqidagi aql bovar qil­
maydigan hikoyalari bilan band qilgan edi. Tuy­
nukdan Somon yo‘li ko‘rinib turibdi. Yonidagilar 
Temirni savolga tutishadi:
– Hammasi yulduzmi? – dedi kimdir jimir-jimir 
etgan Somon yo‘liga qarab.
– Hammasi, soni-hisobi ham ma’lum.
– Be, sanab bo‘larmidi?
– 150 milliard yulduz! – dedi Temir.
– Bir-biri bilan urishib ketishi mumkinmi? 
Temir yulduzlarning to‘qnashish imkonlari haqi­
da gapga tushadi.
– Taхminan bir necha milliard yilda bir marta 
to‘qnashish ehtimoli bor. Masalan, bizga eng ya­
kin Sentavr yulduzini olaylik. U bizdan atigi 4,2 
yorug‘lik yili uzoqda. Quyosh bu masofani yuz 



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish