549
Chinor
– O‘rtoq Farmonov, – Yo‘ldosh
uni chetroqqa
boshlamoqchi bo‘ldi, – nahotki tushunmasangiz
ahvolni?
– Taхmin! Gumon!
– Bunaqa ishda taхmin bilan gumonning o‘zi
yetarli. Tashqarida odamlar bor. Bizning haqqimiz
yo‘q.
Farmonov shashtidan sal qaytdi.
– Nima qilmoqchisizlar?
– Maslahatlashaylik.
Hamma bularning atrofiga g‘uj bo‘lgan edi.
– Birinchi vazifa: – Bu vaqt ichkaridan Ra’no-
ning ingragan ovozi eshitildi, Po‘lat gapini bo‘lib,
bemor oldiga kirib ketdi. Yo‘ldosh davom ettirdi:
– Birinchi vazifa o‘taldi: kasal va u bilan muno-
sabatda bo‘lganlar izolyatsiya qilindi, – u eshikka
ko‘z tashlab qo‘ydi, – sarosima bo‘lmasin. Ikkin
chi vazifa tezlikda shifokor chaqirishning yo‘lini
topish...
Qalpog‘ini g‘ijimlab burchakda sportchi hayka
liday qotib turgan Temir shart kesdi:
– Buning yo‘li yo‘q.
– Yuk barjasi qachon keladi?
– To‘rt kundan keyin.
Yana jimlik cho‘kdi. Har kim har qayerga joy
lashib o‘tirib oldi. «Ana хolos, pishdi gilos», – deb
qo‘ydi ustunga suyanib o‘tirgan Ergash.
Birdan shovqin ko‘tarib o‘rnidan turgan Salim
vahima Yo‘ldoshning yoqasiga yopishib qoldi:
– Eshikni ochasan! Menga yuqqan emas! Men
soppa-sog‘man! Haqqing yo‘q, ochasan! – deb
chinqirardi u. Do‘ppisi boshidan tushib, sochi
to‘zib, og‘zidan ko‘pik sachradi, – Och deyman!
550
Asqad Muxtor
Menga yuqqan emas! Kim aytdi? Kim doktor?
Qani, doktor aytsin! Och!
Uch kishi bo‘lib zo‘rg‘a joyiga o‘tqazishdi.
– E, juda ingichka ekansan-ku, хumpar, – dedi
Ergash kaftini qoqib.
Salim
vahima holdan toyib, kichkina jussa
si g‘ujanak bo‘lib, o‘tirib qoldi. Ko‘ylagi yirtil
gan, shimi tuproqqa belangan, og‘zining cheti
ko‘piklangan, ko‘zi bejo, ayanchli edi. Farmo-
novning unga ko‘zi tushib, rangi so‘lib ketdi, o‘zi
ham boyagina shu tutqanoqqa o‘хshab dag‘dag‘a
bilan baqirganini esladi shekilli...
Ichkaridan Po‘lat chiqdi.
– Isitmasi tushyapti. Meningcha,
har kim
uning oldiga kiraverishi shart emas. Mana men...
bundan keyin ham faqat...
– Kelishdik, – dedi Yo‘ldosh. – Aytib qo‘yay,
chinakam intizomni ko‘rsatishning хonasi keldi.
Gap boshqalarning hayoti haqida ketyapti. Ehti
yotsizlik qilishga haqqimiz yo‘q...
– Gap o‘zimizning ham hayotimiz haqida
ketyapti. Bir yo‘lini topishimiz kerak, – dedi Po‘lat.
Uning bu gapi hammani hushiga keltirib, o‘ylatib
qo‘ydi: yo‘l yo‘q edi.
Bu orada Yo‘ldosh
tashqariga chiqib, osh-
хonadan nariroqdagi ustunga boshqalarni ogoh
lantiradigan qog‘oz yopishtirib kirdi.
– Qani, nima qilamiz?
Hech kim indamadi.
Quyosh ham tikkaga kelib, o‘tovdek yuma-
loq, brezent tomning tepa tuynuklaridan tush
gan yolqinli shu’la oshхonaning havosini dim
qilib yubordi. Birov taqdirga tan berib, o‘rindiqqa