Ot so’z turkumi #2



Download 21,69 Kb.
Sana27.01.2023
Hajmi21,69 Kb.
#904108
Bog'liq
Ot so’z turkumi #2


OT SO’Z TURKUMI #2

  1. Quyida otlarning tuzilishiga ko’ra nechta turi qo’llangan? Belbog’, osmon, qarindosh-urug’, temir-tersak, qo’ni-qo’shni, tustovuq, daraxt, aka-uka

1) sodda ot 2) qo’shma ot 3) juft ot 4) takroriy ot
A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,2,4 D) 2,3,4

  1. Qanday otlar qanday? qanaqa? so’roqlariga javob bo’ladi?

A) fe’lga bitishuv usuli bilan bog’langan otlar
B) otga bitishuv usuli bilan bog’langan otlar
C) otga moslashuv usuli bilan bog’langan otlar
D) otlar har doim kim? nima? qayer? so’rog’iga javob bo’ladi

  1. Qo’shma otlar haqida aytilgan qaysi fikr to’g’ri emas?

A) qo’shma otning qismlari turli turkumlarga mansub bo’lishi mumkin.
B) qo’shma otning qismlari ajratib yozilishi mumkin.
C) qo’shma otning qismlari tub yoki yasama bo’lishi mumkin.
D) qo’shma otlar yasama so’z sanalmaydi.

  1. Quyida berilgan mikromatnning necha o’rnida bosh harflar imlosi bilan bog’liq xatoga yo’l qo’yilgan? toshkent vohasini chirchiq daryosi suv bilan ta’minlab turadi. shahardan oqib o’tuvchi ariq va kanallarning hammasi chirchiq daryosidan boshlanadi. qorasuv, salor, kaykovus, qoraqamish, shayxontohur, rohat, anhor, oqqo’rg’on kabilar shaharning qon tomirlaridir.

A) 12 o’rinda B) 11 o’rinda C)10 o’rinda D) 9 o’rinda

  1. Tarkibidagi har bir so’z bosh harf bilan yozilishi lozim bo’lgan nomlar qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

1) xalqaro tashkilot nomlari;
2) oliy davlat tashkilotlari;
3) oliy davlat mansabi;
4) vazirliklar nomi
A) 1,2,3,4 B) 1,2,4 C) 1,2,3 D) 2,3,4

  1. Qaysi javobda shaxs nomlari berilgan?

A) zargar, suvchi, kampir
B) lola, rayhon, temir
C) Aziz, Ilg’or, Lobar
D) qoplon, lochin, qaldirg’och

  1. Qaysi gapda shaxs oti yasovchi qo’shimcha qo’llangan?

A) Rashidboy ertasi kuni qassobning mashinasida tog’ ortiga jo’nadi.
B) Yaxshilikka yomonlik deganlari shu ekan.
C) Qo’shiq aytganim faqat otamga yoqqan emish.
D) Aravakash mo’mingina, muloyim, kamgap kishi.

  1. Qaysi gapda tafakkur va tasavvur orqali idrok qilinadigan ot qo’llangan?

A) Dadam kunduzi chopiqda juda charchagan edi.
B) Yoshlik qaytib kelmaydi.
C) Yolqin akam terimdan bo’shagandan keyin hovlini tuzatadi.
D) Qirlarning g’ir-g’ir shamoli, o’pkalarga moydek tuyulgan totli havosi hammamizning ruhiyatimizni ko’tarib yubordi

  1. Qaysi javobda otlarning kichraytirish shakli berilmagan?

A) –gina B) –choq C) –chak D) –choq

  1. Qaysi gapda subyektiv munosabat shakli qo’llanmagan? A) Bu Olimtoy yaratgan robot.

B) Huriniso ketib, Saidaga qarashib turgani Kifoyatxonni yubordi.
C) Turg’unoy birinchi tovushni eshitganda seskandi.
D) Ertaga yaxshilab uycha yasab berib ketaman.

  1. Qaysi grammatik shakl(lar) ismlarning sintaktik vazifasini belgilaydi?

1) kelishik shakllari 2) egalik shakllari 3) ko’plik shakli
A) 1,2,3 B) 1,2 C) faqat 1 D) faqat 2

  1. So’z birikmasi qismlarini bog’lash uchun xizmat qiluvchi vositalar qaysi javobda qayd etilgan?

1) kelishik qo’shimchalari 2) egalik qo’shimchalari
3) ko’makchilar 4) ohang
A) 1,2,3,4 B) 1,2,4 C) 2,3,4 D) 1,3,4

  1. –lar qo’shimchasi qarindoshlikni bildiruvchi so’zlarga qo’shilib, qanday ma’no(lar)ni ifodalashi mumkin?

A) faqat hurmatlash ma’nosini
B) tusmollash ma’nosini
C) hurmatlash va ko’plik ma’nosini
D) birgalik ma’nosini

  1. Qaysi javobda predmetning tinglovchiga qarashliligi ifodalangan?

A) ruchkam B) ruchkang C) yozdim D) yozding

  1. Egalik qo’shimchalari haqida aytilgan qaysi fikr to’g’ri emas?

A) Otlarning uch shaxsdan biriga qarashliligini, tegishliligini ifodalaydi.
B) Viloyat, shahar, tuman, korxona, tashkilot, muassasa kabilarning nomlarida qo’llanib xoslik, umumdan ajratilganlik, mo’ljallanganlik ma’nosini ifodalaydi.
C) Fe’lning sifatdosh va harakat nomi shakllariga qo’shilib, harakat bajaruvchisi(subyekti)ning shaxsi va sonini bildiradi.
D) Egalik qo’shimchalari faqat belgili qo’llanadi.

  1. Qaysi kelishik qo’shimchalarining poetik(she’riy) shakli o’zaro shakldosh(omonim) sanaladi?

A) qaratqich va tushum B) jo’nalish va o’rin-payt
C) qaratqich va chiqish D) tushum va chiqish

  1. Qaysi kelishik shaklidagi so’zlar aniq bir sintaktik vazifa bajaradi?

A) tushum B) jo’nalish C) o’rin-payt D) chiqish

  1. Shoirlik—bu shirin jondan kechmakdir,

Limmo-lim fidolik mayin ichmakdir.
Shoirlik—jigarni ming pora etmak,
Bag’ir qoni bilan satrlar bitmak. (Erkin Vohidov) Yuqoridagi to’rtlikda kelishik qo’shimchalari qay tarzda qo’llangan?
A) uch o’rinda belgili, ikki o’rinda belgisiz
B) ikki o’rinda belgili, ikki o’rinda belgisiz
C) to’rt o’rinda belgili, to’rt o’rinda belgisiz
D) ikki o’rinda belgili, uch o’rinda belgisiz

  1. Qalb shunday ummonki, uning bag’rida

Dahshatli dolg’alar silsilasi bor.
Qalb shunday zaminki, otash qa’rida
Vulqonlar otguvchi zilzilasi bor. (Erkin Vohidov) To’rtlikda belgili qo’llangan turlovchi qo’shimchalar miqdorini aniqlang.
A) 7 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 4 ta

  1. Boshqaruvli so’z birikmasini toping.

A) olov yoqmoq B) olov yoshlik
C) olov tafti D) olov va suv

  1. So’z birikmasining qaysi tur(lar)ida tobe so’z qaratqich aniqlovchi vazifasida qo’llanadi?

A) boshqaruv B) moslashuv
C) bitishuv D) boshqaruv va moslashuv

  1. Qaysi javobda narsa oti yasovchi qo’shimchalar berilgan?

A) –kor, -uvchi, -dosh B) –kich, -moq, -don
C) –zor, -loq, -ma D) –qin, -ik, -in

  1. Qaysi javobda mavhum otlar berilgan?

A) chopiq, qirg’in B) saylov, to’qchilik
C) quvonch, tuyg’u D) dehqonchilik, ko’rik

  1. Qaysi javobda tarkibi asos+narsa oti yasovchi qo’shimcha+shaxs oti yasovchi qo’shimcha+faoliyat-jarayon oti yasovchi qo’shimchadan tashkil topgan ot berilgan?

A) bo’yoqchilik B) bilimdonlik
C) tandirsozlik D) qarsakbozlik

  1. Boshqalaridan farqli qo’shimcha bilan yasalgan otni toping.

A) taroq B) qayroq C) bodroq D) o’roq

  1. Qaysi javobda o’rin-joy otlari berilgan?

A) yulduz, sayyora, kometa
B) sharq, madrasa, zavod
C) qishloqlik, shaharlik, buxorolik
D) bahor, tong, mart

  1. Qaysi kelishik qo’shimchasining uch xil yozilishiga yo’l qo’yiladi?

A) tushum B) jo’nalish C) o’rin-payt D) chiqish

  1. Qaysi javobda juft ot imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan? A) kasb kor B) otayu-ona

C) el-u yurt D) ko’prato’shak

  1. Qaysi javobda ham imloviy, ham punktuatsion(tinish belgisi bilan bog’liq) xatoga yo’l qo’yilgan?

A) Ichki ishlar vazirligi B) “Istiqlol” san’at saroyi
C) sharq gullari firmasi D) o’zbekiston respublikasi prezidenti

  1. Qanday otlar atoqli otlarga mansub emas?

A) tarixiy sana va bayram nomlari
B) suv havzalari nomi
C) mavhum otlar
D) joy nomlari

  1. Qaysi so’zdan uch xil qo’shimcha yordamida shaxs oti yasash mumkin?

A) adabiyot B) baliq C) afsun D) qimor

  1. Qaysi javobda qarindoshlikni anglatadigan shaxs otlari berilgan?

A) bola, juvon, chol B) o’quvchi, talaba, nafaqaxo’r
C) bobo, singil, amaki D) do’st, o’g’il, kampir

  1. Qaysi javobda ko’plik ma’nosini ifodalagan otlar qo’llangan?

A) ko’zlarim, boshlarim B) g’amlarim, yuraklarim
C) bobolarim, momolarim D) unlarim, suvlarim

  1. Otga xos bo’lmagan ma’noni toping.

A) payt ma’nosi B) o’rin ma’nosi
C) holat ma’nosi D) harakat ma’nosi

  1. Qaysi javobda sifat vazifasida qo’llangan ot berilgan? A) g’oz yurmoq B) yayov kezmoq

C) sopol ko’za D) qora bayroq

  1. Chiqish kelishigi qo’shimchasi bilan turlangan otlar gapda qanday sintaktik vazifada qo’llanadi?

1) vositali to’ldiruvchi 2) vositasiz to’ldiruvchi
3) o’rin holi 4) payt holi
A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,2,4 D) 1,3,4

  1. Qaysi javobda berilgan qo’shimchalar grammatik shakllar sanalmaydi?

A) –ning, -ni, -ga B) –im, -ing, -i
C) –lar, -cha, -jon D) –chi, -qich, -zor

  1. Qismlari tub+yasama shaklida bo’lgan juft otni aniqlang. A) yig’im-terim B) ko’rpa-to’shak

C) yarog’-aslaha D) kiyim-kechak

  1. Qaysi gapda qaratqich va qaralmish yonma-yon qo’llangan?

A) Boychechakning tovlanib turgan gulbarglari hammani hayratga soldi.
B) Somonsuvoq qilingan tekis tomning ustiga o’rikning shoxi egilib turardi.
C) O’zbek oyimning orzu-havas, to’y-tomoshalarni shartta kesib qo’ygan bu uylanishga nima deyishi , albatta, ma’lum edi.
D) Nigoraning qop-qora ko’zlari doimo chaqnab turadi.

  1. Qaratqich kelishigi qo’shimchasi qanday hollarda belgili qo’llanishi lozim?

1) atoqli otlar tarkibida; 2) olmoshlar tarkibida;
3) sifatdoshlar tarkibida; 4) qaratqich va qaralmish yonma-yon qo’llanmagan hollarda.
A)1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,2,4 D) 1,3,4

  1. Qaysi kelishik shaklidagi so’zlar faqat o’timli fe’llar bilan birikadi?

A) tushum B) jo’nalish C) o’rin-payt D) chiqish

  1. Quyidagi gaplarning qaysilarida egalik qo’shimchasi ta’sirida fonetik hodisa(tovush o’zgarishi) sodir bo’lgan? 1) Bittasi toshkentlik Yusufbek hojining o’g’li Otabek! 2) Bahor oxirlab qolayotgan kunlarda shahzoda Abusaid qirq yigiti bilan ovga chiqdi.

3) Paxtakorning o’z kitobi bor, bu kitob uning ko’kragida. 4) Shavkat eng oldin enasi bilan quchoqlashib, xayr-xo’shlashdi.
A) 1,3 B) 2,4 C) 1,2,3 D) 1,3,4

  1. Egalik qo’shimchalari qo’shilishi natijasida sodir bo’ladigan qaysi fonetik hodisa unli tovushlar bilan bog’liq?

1) tovush tushishi 2) tovush almashishi 3) tovush ortishi A) 1,2 B) 1,3 C) 2,3 D) 1

  1. Sog’inganda izlab bir nishon,

Qabring sari men olaman yo’l.
Keltirarding menga bir zamon,
Endi har chog’ men eltaman gul. (Zulfiya)
Parchada tarkibidagi kelishik qo’shimchasi tushib qolgan so’z qanday sintaktik vazifa bajargan?
A) aniqlovchi B) to’ldiruvchi C) hol D) kesim

  1. Qaysi qo’shimchalar bilan ot yasash jarayonida asosda fonetik o’zgarish yuz beradi?

A) –q, -vchi, -iston B) –lik, -ma, -loq
C) –indi, -v, -iq D) –voy, -im, -oq

  1. Ma’lumki, ikkinchi qismi turdosh ot bo’lgan atoqli otlar qo’shib yoziladi.

Qaysi javobda mazkur qoidaga binoan yozilgan otlar berilgan?
A) Beshariq, Qorqiz B) qorbo’ron, ko’ksulton
C) Quyichirchiq, O’rtaosiyo D) Eltuzar, Xonkeldi

  1. Atoqli otlarga qo’shilib, shaxsning ma’lum bir hududga tegishli ekanini bildiradigan qo’shimchani toping.

A) –dosh B) –lik C) –loq D) -iston

  1. Qaysi so’zlardan morfologik usul bilan o’rin-joy oti yasash mumkin?

A) kitob, qalam B) tosh, qum
C) temir, mis D) dars, mehmon

  1. G’isht zavodi, go’sht do’koni, rasm daftari kabi birikmalarga nega oldingi so’z qaratqich kelishigi shaklida qo’llanmaydi?

A) Chunki bunday birikmalarda III shaxs egalik qo’shimchasi qarashlilik ma’nosini bildirmaydi.
B) Chunki bunday birikmalarda III shaxs egalik qo’shimchasi xoslik ma’nosini bildirmaydi.
C) Chunki bunday birikmalarda III shaxs egalik qo’shimchasi umumdan ajratilganlik ma’nosini bildirmaydi.
D) Chunki bunday birikmalarda III shaxs egalik qo’shimchasi mo’ljallanganlik ma’nosini bildirmaydi.

  1. Men na amaldorman va na qoziman,

Allohning bandasi, bir she’rboziman.
Dilimdek dil izlab o’tdim dunyodan,
Mendan rozi bo’ling, men ham roziman.
(Boboqul Usmonov)
Parchada qo’llangan yasama shaxs otlari miqdori nechta? A) 5 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 2 ta

Download 21,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish