KASB TANLASH VA KASBIY KO’NIKMALARNI SHAKLLANTIRISHDA
KASB PSIXOLOGIYASINING AHAMIYATI
A.J.Soatov.,
Qashqadaryo XTXQTMOHM
psixologiya o’qituvchisi
Bugungi axborot asrida o’sib kelayotgan yosh avlodni jamiyatda o’z o’rniga ega
shaxs bo’lib kamolga yetishi uchun layoqati va qobiliyatiga mos kasb-hunar turini
egallashida yordam beruvchi soha hisoblangan kasb psixologiyasi faniga ehtiyoj ortib
bormoqda. Kasb psixologiyasi jamiyatda yoshlarni kasb tanlashlariga oid nazariy va
amaliy bilimlarni beruvchi fan bo’lib, bunda ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan
pedagoglar hamda psixologlarning hissasi kattadir. Pedagoglar doimo o’quvchilari
bilan muloqotda bo’lganligi bois ularning qiziqishlari, kelajakdagi kutuvlari,
ko’zlagan maqsadlari va manfaatlarini kuzatib borib ularga mos bo’lgan kasbga
yo’naltirishda muhim vazifani bajaradilar. Bu borada maktab psixologlari ham
kasbga yo’naltirish bo’yicha olib borayotgan amaliy ishlari orqali o’quvchilarning
qiziqishlari va qobiliyatiga mos sohani tanlashlariga yordam bermoqda.
Kasb - bu insonning ma'lum bir ehtiyojlarini va manfaatlarini o'zi tanlagan kasb
faoliyatidagi bilimlari, layoqati, malakalariga xos xususiyatlari orqali namoyon
bo'lishidir.
Shuningdek kasb – insonlarning turli darajadagi aqliy va jismoniy
mehnatni talab qiluvchi ish faoliyati bilan doimiy shug’ullanish orqali egallagan
bilim ko’nikma va makalariga tayangan holda muayyan ish turi bilan mashg’ul
bo’lish jarayonidir. Kasb maxsus ma’lumot yoki amaliy tajriba orttirish orqali
o’zlashtiriladi.
Bugunki kunda dunyoda 60 mingdan ortiq (Rossiyada 20 ming O'zbekistonda 6
mingdan ziyod) kasblar, sohalar va vazifalar mavjud, dunyo davlatlarning qaysi
sohaga ixtisoslashganligi, geografik joylashuvi, tabiiy resurslari, rivojlanganlik
209
darajasiga qarab u yerda yashaydigan odamlar o’zlariga mos bo’lgan o’nminglab
kasb va sohalarda faoliyat yuritadilar.
Dunyoda har yili yuzlab yangi kasblar paydo
bo'lib, shu kasblarning muayyan qismi 10 - 15-yil yashab keyinchalik yo'qolib ketar,
ba’zilari esa butunlay yangicha ko'rinishga ega bo'lar ekan. [1, 6].
Ushbu kasblarning muayyan qismi keng ko’lamga ega bo’lgan kasblar
hisoblanib ularning tarkibida bir qancha ixtisosliklar mavjud. Masalan:
shifokorlik kasbida – xirrurg vrach, stamatolog vrach, kordiolog vrach, urolog
vrach, lor varach, nevrolog vrach;
psixologlik kasbida – pedagog-psixolog, oila psixologi, ijtimoiy psixolog,
maslahatchi psixolog, neyropsixolog, grafolog psixolog, xramantolog psixolog,
oligofreniya psixolog, surdo psixolog, tiflopsixolog, logopsixolog;
pedagoglik kasbida – matematika o’qituvchisi, fizika o’qituvchisi, kimyo
o’qituvchisi, biologiya o’qituvchisi, tarix o’qituvchisi, geografiya o’qituvchisi, til va
adabiyot fani o’qituvchisi;
jurnalistlika kasbida – muxbir, suxandon, bloger, muharrir, noshirlik kasblari
shular jumlasidan.
Har bir kasbga xos bo’lgan yo’nalishlar inson faoliyatining kengayib
borayotganligini har bir sohaning o’ziga xos tor jabhalari ham shakllanganligini
anglatadi. Jamiyatning rivojlanishi va unda yashayotgan har bir insonga qulaylik
yaratish, uning ehtiyojlarini qondirish, yaxshi yashashi uchun sharoitlar yaratish
mavjud kasblarni takomillashtirishga va yangi kasblarni paydo bo'lishiga olib
kelmoqda. Kasb – hunar egallashga bo’lgan ehtiyojning mavjudligi mehnatga
layoqatli insonni o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalari orqali jamiyat rivojiga
o’z hissasini qo’shish imkoniyatini yaratadi. Inson o’zning aqliy, jismoniy va
psixofiziologik imkoniyatlaridan foydalanib o’z qobiliyati, iqtidori va iste’dodini
yuzaga chiqaradi. Bu imkoniyatlar orqali kishi o’zidan va ijodiy mehnatidan qoniqish
hissini tuyadi. Shu sabab o'sib kelayotgan yosh avlod o'zining qiziqishlari, maqsadlari
kutuvlari va layoqatiga qarab minglab kasblar ichidan o'zi uchun ahamiyatili va
qiziqarli bo'lgan kasbni tanlab mazmunli, yaxshi hayot kechirishga intiladilar.
O’sib kelayotgan yosh avlodning kasb tanlashlarida kasb psixologiyasining o'rni
va ahamiyati juda katta. Yoshlarni “Men kelajakda kim bo'laman?”, “Qaysi kasbni
tanlasam kelajakda yaxshi yashashim mumkin?”, “Mendagi iqtidor qaysi kasbni
egallashga yetadi?”, “Tanlagan kasbim orqali jamiyatda o’z o’rnimni topa
olamanmi?” degan savollar o'ylantiradi. Bu savollarga javob olish uchun ular
atrofdagilarni kuzatadilar, hayotdagi kuzatishlari orqali ma'lum bir xulosalar
chiqarishga intiladilar. Kattalarning berayotgan maslahatlarini eshitib tahlil qiladilar,
o'ylaydilar va ikkilanib yuradilar. Kasb psixologiyasi esa ularni to'g'ri qarorga
kelishiga ko’maklashadi va beg'araz maslahatlari orqali ularni o'zlari qiziqqan
kasblarga ega bo'lishlari uchun yo'l - yo'riqlar ko’rsatadi.
Kasbiy faoliyat bilan bog’liq bo'lgan jarayonlar, ularni egallash, tanlash inson
psixologiyasi bilan bog'liq. Kasb psixologiyasi ana shunday murakkab jarayonlarni
o'rganish orqali yoshlarni o'zlari qiziqqan kasbga to’g’ri yo'naltiruvchi murakkab fan
hisoblanadi. Har bir kasb va hunarning o'ziga xos bo'lgan murakkab tomonlari,
insonlarni o'ziga jalb qila oladigan qiziqarli jihatlari mavjud bo'lib, inson bu
210
jarayonlarni kuzatib borib shu kasbni egallashga intiladi. Bu jarayonlarda inson
o'zining xarakteriga xos bo’lgan individual qobiliyatlari bilan shu kasbga mos
psixologik talablarni ham o’zlashtirib, shakllantirib boradi.
Jamiyatda bo'layotgan bugungi o'zgarishlar ko'plab yangi kasblarning paydo
bo’lishiga sabab bo’lmoqda. Bunday o’zgarishlar yoshlarni ham kasb tanlashda
o'ylantirib qo'ymoqda. Fandagi yangiliklar, texnika va texnologiya sohasidagi
innovatsion yutuqlar yoshlarni ko'plab yangi mutaxassisliklar bilan tanishishlarini
talab qilmoqda va bu ularni kasb tanlashlarini qiyin, murakkab ahvolga solib
qo'ymoqda. Bundan tashqari jadal rivojlanib borayotgan hozirgi davrda bundan bir
necha yillar oldin ko’pchilik yoshlar havas qilgan muayyan kasb va hunarlarning
bugungi kundagi ahamiyati va nufuzi pasayib borayotganligi yoshlarni kasb tanlashda
o’ylantirib qo’ymoqda. Jamiyatning shiddat bilan rivojlanishi yoshlarni tanlayotgan
kasblarini raqobatbardoshligini, kerakligini va kelajakda ham qimmatini
yo’qotmasligini, yaxshi yashashlari uchun imkoniyatlar yaratib bera olishlarini
hisobga olishni ham talab qilib bormoqda.
Global o’zgarishlar, yaxshi yashashga bo’lgan ehtiyoj va kasb egallashga
bo'lgan intilishlar tabiiy ravishda kasb psixologiyasiga bo'lgan talabni zaruriyat qilib
qo'ydi va bu fanni paydo bo'lishiga olib keldi. Hozirda mamlakatimizda ushbu fan
endi rivojlanib bormoqda va yoshlarni tarbiyalashda, ularga kasb tanlashlariga
yordam beruvchi asosiy mutaxassislik fani sifatida rivojlanmoqda.
Qadimgi zamonlarda ham insonlarning kasb tanlashi va uni ustasi bo'lib
yetishish masalasi dolzarb hisoblangan. Bu yerda inson va kasb o'rtasidagi
munosabat, kasbni mukammal egallash va insonlarga foydali bo'lish masalasi juda
muhim hisoblangan. Shu tariqa kasb psixologiyasini o'rganish asoslari yuzaga kelgan.
Kasb psixologiyasining predmeti - bu kasbni egallash bilan bog'liq bo'lgan o'ziga xos
tomonlarni, kasb egallash qonuniyatlarini, mexanizmlarini o'rganish jarayoni
hisoblanadi. Bundan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, shaxsning kasb tanlashi, о’z
kasbini yaxshi bilishga intilishi, insonni kasb tanlashiga sabab bo’luvchi motivlarni
va yaxshi yashashga intilish kabi masalalarni o'rganish orqali namoyon bo'ladi.
Insonni kasb egallashi bilan bog'liq qonunlarni, bu qonunlarning ishlash
mexanizmlarini, kasbga xos bo'lgan shaxsni tarbiyalash, uning o'zi tanlagan kasbga
bo’lgan munosabati kabi masalalarni о’rganish kasb psixologiyasining predmetiga
kiradi. Shaxs va kasb o'rtasidagi o'zaro ta'sir, bu ta'sirning natijalarini o'rganish esa
kasb psixologiyasining obyekti hisobianadi. [2, 9].
Xulosa qilib aytganda insonning kasb tanlash jarayonida shaxs va kasb
o’rtasidagi o'zaro ta'sir insonda o’z kasbidan qoniqish yoki qoniqmaslik jarayoni
paydo bo'ladi. Kasbni sevish va undan qoniqish hissi insonni o'z hayotining
mazmunli kechishiga, undan o'ziga xos foyda ko'rishga olib keladi. Kasbdan
qoniqmaslik esa insonni o'z kasbini o'zgartirishiga sabab bo’ladi yoki shu kasb bilan
shug’ullanish jarayonida katta kuch sarf etib ishlasa ham tanlagan kasbidan
qoniqmaslikka olib keladi. Shu sabab psixologiyada har bir ongli inson hayotda ikkita
sohada kasb tanlash va umr yo’ldosh tanlashda adashmasligi tavsiya qilinadi.
211
Do'stlaringiz bilan baham: |