Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги мирзо улуғбек номли



Download 3,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/161
Sana21.06.2022
Hajmi3,35 Mb.
#689619
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   161
Bog'liq
MILLIY KONFRENSIYA 202

Birinchidan
, diqqat qaratilgan narsani yaxshi idrok qilish uchun unga 
muvofiqlashishga urinishdan iborat harakatlar (tikilib qarash, quloq solish) qilinadi. 
Ikkinchidan,
ortiqcha harakatlar to’xtaydi. Jiddiy diqqatning xususiyatlaridan 
biri qimirlamasdan jim turishdir. Masalan, auditoriyadagi jimlik diqqat vaqtidagi 
harakatsizlik natijasi bo’lib, bu jimlik o’quvchilar o’qituvchini zo’r e'tibor bilan 
tinglashayotganini anglatadi. 
Uchinchidan,
kuchli diqqat paytida o’quvchining nafas olishi sekinlashib va 
pasayib qoladi. 
Demak, diqqat paytida organizm reseptorlari alohida holatda bo’ladi. Ammo, bu 
holat diqqatning faqat tashqi ifodasi bo’libgina qolmay, balki uning ma'lum 
yo’nalishi va barqarorligini saqlab turuvchi shartlardan biri hisoblanadi. 
O’quvchi ayrim narsalarga o’z diqqatini ongli ravishda o’zi xohlab qaratsa, 
boshqa bir narsalar diqqatni beixtiyor ya'ni bizning xohishimizdan tashqari jalb 
qiladi. O’quvchi psixik faoliyatining muayyan ob'ektga yo’naltirilishi va 
to’planishiga qarab diqqat ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan so’nggi diqqat turlariga 
bo’linadi. 
Ixtiyorsiz diqqat
 
deb, to’satdan ta'sir qilgan biror sabab tufayli bizning 
xohishimizdan tashqari hosil bo’ladigan diqqatga aytiladi.
Odamning ko’z o’ngida paydo bo’ladigan juda yorqin rangli narsalar, o’zining 
tashqi ko’rinishi jihatidan odatdagi narsalardan keskin farq qiluvchi predmetlar, 
to’satdan paydo bo’lgan qattiq tovush, biror narsaning keskin harakati va shu kabilar 
ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiruvchi sabablar bo’lishi mumkin. Masalan, dars 
paytida to’satdan uchib o’tgan samolyotning qattiq tovushi hammaning diqqatini 
beixtiyor o’ziga jalb qiladi. Ixtiyorsiz diqqat odamning har turli ehtiyojlari va 
qiziqishi bilan bevosita bog’liq bo’lgan diqqatdir. Shuning uchun ham ayni chog’dagi 
ehtiyojlarimiz, qiziqishlarimiz bilan bog’liq bo’lgan narsalarning ta'siri ixtiyorsiz 
diqqatga sabab bo’ladi.
Ixtiyoriy diqqat deb-oldindan belgilangan qat'iy bir maqsad asosida va ongli 
ravishda diqqatimizni ma'lum bir narsa va hodisalarga qaratishimizga aytiladi.
Odamning ko’pchilik faoliyatlari asosan ixtiyoriy diqqatning ishtiroki bilan 
amalga oshiriladi. Shuning uchun barcha faoliyat turlarida, ya'ni o’qish, o’yin va 
mehnat faoliyatlarida ixtiyoriy diqqatning roli juda kattadir. Ixtiyoriy diqqat 
ixtiyorsiz diqqatga nisbatan uzoq vaqt mobaynida davom etadigan diqqat turi bo’lib, 
u zo’r berishni, ya'ni irodaviy kuch sarf qilishni talab etadi.
Ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqatdan tashqari uning yana bir alohida turi ixtiyoriydan 
so’nggi diqqat deyiladi. Bu tushuncha psixologiyaga N.F.Dobrinin tomonidan 
kiritilgan. Agar maqsadga qaratilgan faoliyatda o’quvchi uchun diqqatning 
ixtiyoriy to’planganidagi kabi faqat faoliyat natijasi emas, balki uning mazmuni va 


206 
jarayonning o’zi qiziqarli va ahamiyatli bo’lsa, ixtiyoriydan so’nggi diqqat deb 
tushunish mumkin. Ixtiyoriydan so’nggi diqqat biror narsaga uzoq vaqt davomida 
juda ham barqaror qaratilishi bilan belgilanadi. 
Shunday qilib, diqqatning ana shu yuqorida ko’rib o’tgan asosiy xususiyatlari 
o’quvchining barcha turdagi faoliyati uchun juda kerakli xususiyatlardir. Diqqatning 
ana shu xususiyatlari tufayli o’quvchi atrofidagi muhitga, o’quv faoliyati bilan 
bog’liq o’zgarishlarga tez moslasha oladi. Diqqatning bu asosiy xususiyatlari 
o’quvchiga tug’ma ravishda, ya'ni irsiy yo’l bilan berilmaydi. Bu xususiyatlar 
bolaning yoshlik chog’idan boshlab oyin, o’qish faoliyatlari jarayonida va 
o’qituvchining ko’magi asosida tarkib topib boradi.

Download 3,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish