www.ziyouz.com
kutubxonasi
37
shubhasini bir chetga qo‘yib turganda ham. Tasavvur qiling, Li frantsuzchada aytgan
«Ular mening boshimga sumka qo‘yib qo‘yishsa ko‘rgani ko‘zim qolmaydi. Nafasim qisilib
ketayotganga o‘xshayman. Har lahza ular meni do‘pposlab qolishlari mumkin deya
o‘ylayman. Keyin esa muz qoplagan loyga tiqib qo‘yishadi va namlik suyak-suyagingga
o‘tib ketgach, baqirib-chaqirib xo‘rlashadi...» Men buni shunday tarjima qilaman:
«Hukumat kuchlari ustimizga bomba yog‘dirganda, undan himoya qilish uchun
isyonchilar boshimiz ustiga chidab bo‘lmaydigan og‘ir sumkalarni qo‘yishga majburlar...»
va hokazo. Bunda aytadigan so‘zlarimni taroziga solaman, Lidan nimani nazarda
tutayotganini qayta-qayta so‘rayman... Qisqa qilib aytganda, bu mamlakatlarda shunday
gap bor: six xam, kabob ham kuymasin...
47
Xuddi tovlamachiga o‘xshab qolgandayman. Bu hikoyani ikki daqiqada ham aytib
bersam bo‘lardi. Lekin bu kabi bo‘lak-bo‘lak, bayon ketidan bayon qilib yozishdan nima
tutib turibdi meni? Bu bilan hayotimni saqlab, vaqtni cho‘zyapmanmi yo? Muzokarachi
elchi ketib, uning o‘rni bo‘sh qoldi. Hikoyam Bilga-Xoqonning suyukli birodari Kul-Tegin
hayotining bahosi uchun asirga olingan kishilar xususida edi. Xo‘sh, qo‘qqisdan tushgan
tosh kabi nechun samodagi burgut misoli o‘lja uchun tashlanmasdan, faqat qanot qoqib
aylanib yuribman? Nega sizga Bilga-Xoqonning o‘zi shohona uyida, nima qilib qo‘ygani
haqida xavotir olib o‘tirganini aytib bermayapman? Balki u ham ayni paytda men
tushgan ahvolda qolgandir? Yo bunga boshqa sabablar ham bormidi?
Bilga-Xoqon shohona o‘tovida ajib bir kayfiyatda o‘tirardi. Suyukli birodari Kul-
Teginnning o‘limiga mana bir oy to‘ldi, bu orada garchi g‘amu g‘ashlikdan deyarli forig‘
bo‘lgan bo‘lsa-da, qandaydir bo‘shliq uning o‘rnini egallab olib, yuragini nurli iplar va
mayin og‘riqlar bilan ohista tortar va qitiqlardi. Maqbaraning qurilishi bitay deb qolgan,
toshga o‘yib yozilgan, dunyoning to‘rt burchidan kelgan mehmonlar barcha aqlu
zakovatni birlashtirish maqsadida kuyib pishar, lekin anglash qiyin bo‘lgan bir nima
jangchining huvillagan va bezovta ko‘nglini qiynab turar edi. Bu jangu jadallarning
yo‘qligi va tinchlikdan qo‘rquvmidi? Tongyuquqning ma'qullamasligi yoki o‘g‘li Shahzoda
Yo‘llikning xitoy Ichi Lyangning jangovor san'atidan zavq olishimi? Dashtlikning kuzgi
harakati va uning ustidagi samo va yo fursatning vaqtinchalik to‘xtab qolishimidi? Nima
edi yo‘qsa? U maqsadsizlikni tushunishga harakat qildi, so‘zlar bo‘shliqqa to‘sqinlik
qilolmadi, shu bois u bo‘shliqdir va hech kim uni jilovlay bilmas.
Ha, uning barcha mehmonlari o‘z e'tiqod va ishonchlarining qaymog‘ini namoyish etish
bilan band edi, biroq qanday tasavvur qilish mumkinki, uning yagona o‘g‘li Shahzoda
Yo‘llik xudosiz xitoylik general Ichi Lyangning san'atiga oshufta bo‘lib qolsa. Haqiqatda
ham bu unchalik ahamiyatga ega bo‘lmagan fakt, ya'ni bolakayning kecha-yu kunduz
dushmanning hayvoniy o‘yinlari bilan ovora bo‘lishi boshqa narsalarning ochilishiga olib
keldi: birdan Bilga-Xoqon hayot hech narsaga parvo qilmay davom etishini anglab yetdi.
Garchi bir oy avval birodarining g‘amida adoyi tamom bo‘lganida, endi vaqt to‘xtab
qoladi, kunlar nihoyasiga yetadi va hayot tugab bitadi, deya o‘ylagandi...
Hech bunday emas...
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |