41
Tog‘ning tepasi bo‘m-bo‘sh edi. Bu ko‘proq toq bag‘ridagi tekis yalanglikka o‘xshar,
chunki cho‘qqiga hali ancha bor, u qalin o‘sgan daraxtlar ortida yashirinib turardi. Lekin
bu yer boya yulduz ko‘rganim joydan ancha xavfsiz edi. Haqiqatda, hayajonga tushmay
aytishim mumkinki, bu tunda qo‘rqadigan hech narsa yo‘q edi, faqat shoirning qabri
oldidagi qandaydir bir sharpadan chindan ham juda qo‘rqib ketdim. Nimani o‘yladim? Ne
ham o‘ylar olardim? Farishta, pari, shoirning imonsiz ruhimi? Yo‘q, bu
yo‘lboshlovchimizning sevgilisi edi. Uyat-e, hatto bu qiznnig ismini ham bilib olmabman.
«Yolg‘izlikni izlab yuribman», - dedi u aybdorlarday. «Men esa sening izingdan kuzatib
yuribman». Yo qiz bu yerga chiqishim sababini tushundi, u ham menday o‘ylayotgandi,
buni bilmayman. Harqalay, meni kuzatib yurgan, deb o‘ylab, bir oz noqulay ahvolga
tushdim. Lekin haliyam kayfim tarqamagan, o‘zimning yolg‘izligimni ikkimizning birga
yolg‘iz bo‘lishimiz uchun qurbon qilishga tayyorligimni aytish uchun kuch topoldim.
O'ylashimcha, qiz ham yetarli otib olgan, bu kabi qo‘pol muomalaga laqqa tushganday
edi. U kuldi. Siz keyin nima bo‘lganini anglash uchun sharq qizlarining tabiatini
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
www.ziyouz.com
kutubxonasi
33
bilishingiz kerak bo‘ladi. Ular uchun so‘zning juda katta ahamiyati bor. Boshqacha qilib
aytganda, g‘arblik qizlarga qaraganda, so‘z ular uchun ancha muhim narsa hisoblanadi.
Shu bois, bu yerda yotgan shoir hatto yotgan joyida ham juda mashhurdir.
Qolaversa, qiz o‘sha shoirdan qandaydir sharqona satrlar keltirdi:
O'ylasam, bu dilbarim makkorga o‘xshaydi-ku,
Rahmi yo‘q bir bevafo xunxorga o‘xshaydi-ku...
Qiz buni ovoz chiqarib emas, balki pichirlab o‘qidi, umuman, vaziyatning
o‘zgaruvchanligi va qaltisligi bois biz pichirlab gapirardik. Bir nojo‘ya qadamni deb
pastimizdagi tubsiz jarga qulab tushish mumkin edi. Men unga pastdagi vodiy va
boshimiz ustidagi yulduzlarni tomosha qilishni taklif etdim. Biz tekisroq bir joy topib
o‘tirdik va bu jimlikda tezda sovuq qota boshladim. Yana bir noqulaylik - tobora
bo‘shangim qistab ketayotgani edi. Jin ursin, deb o‘yladim, nahot hayotingdagi eng
ajoyib daqiqalar shu kabi ehtiyojlar tufayli barbod bo‘lsa? Qizni noqulay vaziyatda o‘pib
oldim. U qarshilik qilmadi. Unga bir daqiqadan keyin kelaman, deya o‘rnimdan turdim.
«Qayoqqa ketyapsiz?» - pichirladi u. Men yer tepinib qoldim. Bu hayotimdagi eng yomon
daqiqalardan biri edi. Lekin aslo chidab turolmasdim va yugurgancha shoir qabrining
narigi tomoniga o‘tib ketdim.
Qaytib kelganimda, qiz hududsiz va yovvoyi koinotda shu qadar yolg‘izday o‘tirardiki, uni
bu bo‘m-bo‘sh mangu tundan himoya qilgan ko‘yi birdan so‘radim: sizning ham
tashqariga chiqqingiz kelyaptimi? Bu mahalliy tilda hojatga chiqish deb tushunilardi.
Bunday deyish juda qo‘pollik sanalardi, lekin imonim komilki, bu gap mening unga
yaqinligimni isbotladi. U «yo‘q», deya yuzini ko‘ksimga yashirdi. Umrimda birinchi bor
ayol kishini hirs bilan emas, do‘stlarcha o‘pdim. Garchi bu qiz bilan boshqa hech
uchrashmasligimni, men unga va u menga kerak bo‘lmasligini bilsam ham, o‘sha tun
bizni Xudo biladi qaerda uchrashtirdi, lekin, biroq, baribir, alaloqibat biz uyat bo‘ladigan
ishni qildik. Qanday boylik va qanaqa begunohlikni yo‘qotdim men unda... xuddi
tabarruk kishi oldidagi aybdor shoir misoli...
42
Na yo‘lboshchimiz va na uning sevgilisi oldida o‘zimni aybdor sanadim, chunki ertasiga
ertalab ular bilan butunlay xayrlashib ketdim. Lekin noma'lum Fionaning (aslida Lukning
noma'lum Fionasi) oldida o‘zimni aybdor his etdim. Haqiqiy gunohlar... men ularning
ichiga botib ketdim.
Tibetlik Bulen binafsharang kuylagini uyida kiyardi. U kitoblarida yozilgan o‘tmish
hikoyalaridan birini aytib berishga qaror qildi. Bu voqea tibetliklarning maymun va
o‘rmon arvohidan, turklarning esa o‘n yoshli Hunnu shahzodasi va dasht bo‘risining
nikohidan tug‘ilganidan keyin sodir bo‘lgan. Tibetlik ruhoniylar - shaminlar
butparastlikni turk shahzodasi Ashina podsholigiga keltirishdi. O'sha ko‘chmanchi
xalqning bir necha shahzodasi darhol u dinni qabul qildiki, ularning azoblanishiga
muhabbatlari emas, balki butparast rohibalarga uylanganlari sabab bo‘ldi. Nahot
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |