www.ziyouz.com
kutubxonasi
35
qildi, faqat qaerda deng, a'lo kontinentning qoq o‘rtasidagi a'lo shaharlarga yetganda! U
o‘sha mahallar faoliyatini Toshkentga kelishi kutilayotgan Boney-M degan pop-guruhdan
boshlagan edi. Guruh nomi Money-B midi yo? Hay mayli, nima bo‘lganda ham guruh pul
(money) haqida edi, pul bo‘lganda ham V (big) katta pul to‘g‘risida. Har holda men
ularni kutib olgandan so‘ng, prodyuserim bilan ko‘rishgach, u guruhning ma'muri meni
Markaziy Osiyo va Rossiya bo‘ylab gastrol safarlarida ko‘mak berishimni taklif etdi va
katta oylik va'da qildi. Albatta, u mavristonlik prodyuserimga «o‘tkazish haqi»ni ham
to‘ladi. Ular bilan prodyuserim berayotgan haqdan uch barobardan ziyodroq oylikli ishga
djentelmenlarcha shartnoma tuzgan holda, bundan keyin shu guruhda ishlay boshladim.
Guruh ichida qanday vazifa bajarishimni yaxshi tushunmaganim aniq: barcha safar
tadbirlari, ya'ni kontsertlar, pul, taklif, prezidentlar va mashhur kishilar bilan
uchrashuvlar avval boshdan tayyorgarlik ko‘rilgan holda yuqori darajada uyushtirildi.
Mening vazifam, ma'murga ko‘ra, uni va uning ikki solistini jononlar (suyuqoyoqlar bilan
emas) bilan ta'minlashdan iborat edi. U bunday jononlarni o‘zlari safar qilayotgan barcha
mamlakatda yig‘ishgan. Uning tushuntirishicha, bu mamlakatlarda qandaydir qat'iy
udumlar bor, deb eshitgan va shu bois men ularga kerak bo‘lgan ekanman. Asta-sekin
o‘zimni qo‘shmachi sifatida sotib olishganini anglab, yuzim burisha boshlaganda, u
darhol gapini «bu ular bilan aloqa qilish uchun emas, faqat ko‘ngilxushlik uchun» deya
to‘g‘irladi.
Lekin Xudo yorlaqab, kontsertdan keyin ko‘rdimki, son-sanoqsiz jononlar atrofda aylanib
yurishar, men esa va'da qilingan katta pulni ularni jalb qilganim uchun emas, balki
tarqatib yuborganim uchun qurtday sanab oldim. Jononlarga bo‘lsa, estrada yulduzlari
sizlar bilan ertaga uchrashadi deya va'da berdim. Biroq bechoralar yulduzlar faqat tunda
chiqadi-ku, deya taajjublanishardi...
44
Kuzning boshlarida kimdir axiri bizni ham esga oldi. Aniqrog‘i bizni emas (Li va meni),
chunki qo‘shni darada yuqori mansabli asirlarning boshqa bir guruhi borligi ayon bo‘ldi.
Yulduzlar bodrab chiqqan tunlarning birida qo‘mondonimiz bir kishini boshlab kirdi. Xira
kerosin lampa yonib turgan boshpanamizda yo‘qolib qolgan bu kishining ko‘zlarini
ishqalayotganini ko‘rdik, u yon atrofga jovdirab, kimga va qanday qilib murojaat etishni
bilmay talmovsirardi. Men qo‘lda ruchka bilan meteorologik qurilma ustida o‘tirardim, u
men tomonga yaqinlashdi. Chinovniklarga o‘xshab o‘tirganim uchun menga tomon yurdi
shekil, biroq uning murojaatidan burun men uning orqasida turgan qo‘mondonga ishora
qildim. Begona kishi juda uyalib ketdi. Qo‘mondonimiz o‘zini arang kulgidan ushlab turib,
unga damini olishini va ertalab gaplashishini aytdi. Lekin u boshqalarni namozga
chorlaganda, mehmon ikkilanib, qo‘mondondan boshqalarga qo‘shilish uchun ruxsat
so‘radi. Qo‘mondon esa yana arang o‘zini kulgidan tiyib, qatorga turishga ruxsat berdi.
Tongda bu kishi hammadan erta uyg‘onib, navbatchi zobit boshqalarni uyg‘otgunicha,
tahoratini olib tayyor turdi. Muzokaralar nima haqida bo‘lganidan xabarim yo‘q, lekin u
bizni asirlar qatorida ko‘rmagani, umuman, boshqalardan mutlaqo ajratolmaganidan
taajjublandim. Ochig‘i, u bu shafqatsiz haqiqatdan bexabar ediki, shaxsan mening o‘zim
hayotimni unga ishonmagan bo‘lardim. Li ham shunday qilarmikin?
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |