35-rasm. Fedchenko na'matagi.
G o ‘zal n a ’m atak (Rosa divina Sumn.) Tabiiy holda Tyan-Shan va
Pomir-Oloyda keng tarqalgan. 1,5 metr balandlikkacha bo‘lgan kichik
buta,
shoxlari pastga qaragan tikanlar bilan qoplangan. Tog‘
yonbag‘irlarida archa, zarang, olma, do‘lana bilan birgalikda o ‘sib,
b a ’zan o ‘tib bo‘lmas changalzorlarni yuzaga keltiradi. May oyida
gullaydi, gullari limon-sariq rangda. Mevasi sentabr oyida pishib
yetiladi., sharsimon shaklda va to ‘q-qizil rangda. Bu tur past vitaminli
n a ’matak turi hisoblanadi.Bundan tashqari respublikamiz tog‘li
hududlarida tran stu rk isto n n a ’m atagi, (Rosa transturkestanica
N .R usanov), oqbura n a ’m atag i (Rosa achburensis Chrshan.),
d arg u m o n n a ’matagi (Rosa am bigua N.Rusanov), Begger n a’matagi
(R osa Beggeriana Schrenk), Achison n a’matagi (Rosa ecae Aitch.),
sa m a rq a n d n a ’m atagi (R osa m aracandica Bge.) va boshqa turlari
tarqalgan. Ushbu na’matak turlarining mevalari farmatsevtika sanoati va
aholi tomonidan ko‘plab terib olinadi. Respublikamizda yiliga 100-150
tonna atrofida na’matak mevalari teriladi va dorivor xomashyo sifatida
foydalaniladi. Hozirgi paytda n a’matakning sanoat plantatsiyalarida
o ‘stirish tajribasi keng yoyilmoqda, Respublikamizda 500 gektardan
ortiq n a’matak plantatsiyalari mavjud bo‘lib, shu jumladan Uzun o ‘rmon
x o ‘jaligida 96 gektar, Hisor ixtisoslashgan o‘rmon xo‘jaligida 92 gektar,
Y akkabog‘ o ‘rmon xo‘jaligida 50 gektar Zomin o'rmon xo‘jaligida 28
gektar na’matak plantatsiyalari mavjud. N a ’matak plantatsiyalarini
mahsuldorligini oshirish uchun ulami seleksion asosda barpo etish zarur.
36-rasm. Begger na ’matagi.
OLCHA (CERASUS) TU R K U M I
Bu turkumga 127 tur kiritilgan b o iib , shuning 20 yaqin turi M DH
mamlakatlarida uchraydi, Markaziy Osiyoda 4 turi tarqalgan.
Oddiy olcha (Cerasus vulgaris L.) balandligi 6-7 metr b o ig a n
kichik daraxt. Barglari 7 sm gacha uzunlikda, chekkalari arrasimon.
Gullari oq, barg chiqarmasdan gullaydi. M evasi sharsimon shaklda seret,
to‘q-qizil muhim oziq-ovqat ahamiyatiga ega, sovuqqa chidamli. O lcha
asosida ko‘pgina madaniy navlar yaratilgan, ular orasida keng tarqalgani
«shpanka» navidir. Mashhur seleksioner olim I.V.Michurin olchaning 25
navini yaratgan. Olcha togiarda o ‘rmon melioratsiya maqsadlari uchun
ko‘plab ekiladi.
Gilos (Cerasus avium Moench) Birinchi kattalikda daraxt-yaxshi
sharoitlarda 25-30 metrgacha o ‘sadi. Barglari cho‘zinchoq, uzun va keng
(16x8 sm). aprel oyida gullaydi, iyun-iyul oyida mevalari pishib yetiladi,
dumaloq, diametri 1 sm. Gilos yovvoyi holda Qrim, Kavkaz, Moldaviya,
Karpat togiarida tarqalgan. 100 yoshgacha yashaydi. Urug‘dan
k o ‘payadi. Gilosning jud a ko‘p qimmatbaho navlari yaratilgan va ular
aholi tomonidan ko‘plab o ‘stiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |