A. K. Qayimov, E. T. Berdiyev dendrologiy a


Sariq do‘lana (Crataegus pontica



Download 29,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/240
Sana21.06.2022
Hajmi29,06 Mb.
#687578
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   240
Bog'liq
Dendrologiya-2012

Sariq do‘lana (Crataegus pontica
C.K och.) ning m evasi yeyiladi.
D o‘lana 
urug‘idan 
ko‘payadi. 
Urug‘ini 
sepishdan 
oldin 
stratifikatsiya qilish, ya’ni unga ishlov berish zarur. Ildiz bachkisidan va 
parxish y o ‘li bilan ham ko‘payadi. Uning yog‘ochi qattiq, pishiq, 
qizg'ish rangda bo‘lib, undan turli asboblar yasaladi. Do‘lana yashil 
to‘siq va joylam i ko‘kalamzorlashtirish uchun ekiladi. Payvandtag 
sifatida undan foydalanish mumkin. Unga olma, nok, behi payvand 
qilish mumkin.
Do‘lana turkumida 700 dan ortiq tur bo‘lib, ulaming ko‘pchiligi 
Shimoliy Amerikada tarqalgan. MDH da 50 turi uchraydi. Intro- 
duksiyalashtirish natijasida Toshkent Botanika bog‘ida do‘lananing 92 
turidan iborat kolleksiyasi vujudga keltirildi. Ulaming ko‘pi Shimoliy 
Amerikadan keltirilgan.
Pontiya yoki sariq do‘lana (Crataegus pontica C.Koch.). 
Ushbu 
do‘lana turi Markaziy Osiyo va Kavkaz tog‘larida dengiz sathidan 800- 
1700 metr balandliklarda turli ekspozitsiyali tog‘ yonbag‘irlarida tabiiy 
holda o ‘sadi. Balandligi 10 metrgacha, diametri 35 sm bo‘lib, tanasining 
po‘stlog‘i kulrang, jigarrangda. Novdalarida ko‘plab yo‘g ‘on tikanlar 
uchraydi, ulaming uzunligi 1 sm gacha yetadi. Barglari rombsimon, uch 
bo‘laksimon, to ‘q yashil rangda. Gullari zontiksimon to‘q qizil rangda. 
Mevasi besh qirrali olmacha, olovrang 1,7 sm kenglikda. Ildiz tizimi 50- 
60 sm tuproq qatlamida joylashgan b o iib , daraxt tanasidan 5-10 metr 
masofaga tarqaladi. Ildiz tizimi shox-shabbasi proyeksiyasidan 15 
barobar kengroqdir. 
Sariq do‘lananing bu biologik xususiyati 
qurg‘oqchilikni osonlik bilan o ‘tkazishini ta’minlaydi. Quruq tog‘ 
yonbag‘irlarida alohida-alohida, b a ’zan kichik doianazor hosil qilib 
o ‘sadi. Birinchi yillarida sekin o ‘sadi, asosan urug‘idan ko‘payadi.


Ju n g ‘or do‘lanasi (C rataegus songorica C.Koch.) Ushbu d o ‘lana 
tog‘larning o ‘rta qismida ko‘p tarqalgan, Markaziy Osiyo va 
Qozog‘iston tog1 daryolari havzalarida k o ‘plab o ‘sadi. Balandligi 5 
metrgacha, shox-shabbalari yaxshi rivojlangan kichik daraxt. Novdalari 
uzunligi 1,5 sm gacha b o ig an jigarrang tikanlar bilan qoplangan. 
Barglari oval-rombsimon, asosi keng, chekkalari tishli. M evalari 
sharsimon, 13 mm diametrli to‘q qizil 3-4 tadan danakchalari mavjud. 
Mevasi to‘q qizil unsimon, iste’mol uchun yaroqli.
Turkiston yoki qizil do4ana (C rataeg u s turkestanica P o ja rk .). 
Bu do‘lana turining areali Tyan-Shan, Pomir, Oloy, Kopettog‘ni o ‘z 
ichiga oladi. U asosan toshloq tog‘ yonbag‘irlarida, daralar tubida
dengiz sathidan 2000 metrgacha bo‘lgan balandliklarda tabiiy o ‘sadi. 
Tabiatda 8 metrgacha balandlikka ega daraxt. Tana po‘stlog‘i va 
novdalari to‘q kulrangda. Novda tikanlari 1,5 mm gacha bo‘lib, siyrak 
joylashgan. Daraxtdagi barglari ikki xil gulli novdalarda romb shaklida, 
o‘suvchi novdalarda kengroq uch bo‘lakli. Aprelda gullaydi. Birinchi 
gullash 5-8 yoshli yosh daraxtlarda kuzatiladi. Gullari 
yarim
zontiksimon oq rangda, mevasi oktabrda yetiladi, mevasi tuxumsimon 
diametri 12 mm gacha, qizil, yaltiroq, sariq unsimon, iste’m olga 
yaroqsiz meva etiga ega, bir danakli.

Download 29,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish