PEDAGOGIKA
2017, 3-son
102
tayyorlamaydigan nofilologik oliy о‘quv yurtlari.
Birinchi guruhdagi oliy o‘quv yurtida talabalarga chet til maxsus dastur va
darsliklar
asosida ham nazariy, ham amaliy jihatdan, tо‘rtta maqsadni ko‘zlab
о‘qitiladi: amaliy, ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi. Chet tilni kelajakda ish
faoliyatida mukammal qо‘llay olish talabi qо‘yiladi. Leksika, grammatika,
talaffuz, og‘zaki va yozma nutq mukammal о‘rgatiladi. Talaba tо‘rt asosiy nutq
faoliyati turidan tashqari oltita qо‘shimcha nutq faoliyati turlarini о‘rganadi.
Chet tillarni kasb sifatida tanlagan talabalar uchun qо‘shimcha
kasbiy
(professional) maqsad ham qо‘yiladi. Og‘zaki nutqni erkin qо‘llay olish, chet
elliklar bilan bemalol muloqot qilish talab etiladi.
Ikkinchi guruhdagi nofilologik oliy о‘quv yurtida chet til о‘qitishda
kompleks maqsad kо‘zda tutiladi. Talaba tо‘rt maqsad asosida chet tildan ta’lim
olib, о‘zining kelajak kasbiy faoliyatida og‘zaki va yozma muloqot vositasi
sifatida foydalana olish malakasiga ega bо‘lishi lozim. Shuningdek,
chet tillar
bо‘yicha olgan bilimlari va hosil qilgan malakalari asosida sohaviy terminlarni
tushunish va tildan foydalanish jarayonida qо‘llash, bо‘lajak mutaxassisning
kasbiga mos keluvchi tor doirada sо‘zlashga о‘rgatish, о‘z sohasi bо‘yicha chet
tildagi ilmiy-texnik adabiyotlardan foydalana olishlari kerak bо‘ladi. Mazkur oliy
о‘quv yurtlarida chet til о‘qitishda vaqt me’yorlari chegaralangandir.
Shuni
alohida ta’kidlab о‘tish joizki, birinchi guruhga oid oliy o‘quv yurtida
(mutaxassislik bо‘yicha) amaliy mashg‘ulotlarda bо‘lajak chet til muallimining
kasbiy malakalarini shakllantirish muammolari professor T. Q.
Sattorov
tomonidan mukammal ishlab chiqilgan.
Chet
til
о‘qitish
jarayonida
talabalarning
kasbiy
malakalarini
shakllantirishda kasbga yо‘naltirilgan nutqni rivojlantirish alohida ahamiyat kasb
etadi. Kasbiy nutqni shakllantirishda, avvalambor,
tafakkur, xotira, idrok kabi
psixik jarayonlarni, bilim, kо‘nikma, malaka
tushunchalari mohiyatini, ularning
kechishi, sodir bо‘lishini bilish muhim.
Nofilologik oliy о‘quv yurtida talabalarning kasbiy malakalarini
shakllantirishda xotirani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilishi talab etiladi.
Chet til о‘qitishda kasbiy malakalarni shakllantirishda
onglilikning ahamiyati
ulkan bо‘lib, bu holat mashqlar tizimida о‘z aksini topadi.
Ilmiy tadqiqotlar shuni kо‘rsatadiki, chet til ta’limi jarayonida kо‘nikma va
malaka parallel ravishda rivojlanadi. Kо‘nikmalarning rivojlanishiga tayanib
malaka
takomillashadi.
Professor Y. I. Passov ta’kidlaganidek, chet til nafaqat shaxslararo vosita,
balki millatlararo,
davlatlararo, xalqaro muloqotga xizmat qiladi. Chet tilning