PEDAGOGIKA
2017, 3-son
103
funksiyasi davlatning iqtisodiy, ma’naviy, tashqi iqtisodiy jarayonlarini harakatga
keltiradi
1
.
Faollik til о‘rgatish-о‘rganishda muhim omil sifatida uch kо‘rinishda
bо‘ladi: aqliy, hissiy va nutqiy. Chet tilda nutqni egallashda hissiy va aqliy
jihatdan qoniqish va rivojlanish kuzatilgandagina faollik amalga oshishi mumkin.
Asosiysi, о‘rganilayotgan chet til talabaga quvonch bag‘ishlasa, talaba
faolligining amalga oshishi tezlashadi. Avvalo, talabaning о‘zida qiziqish bо‘lishi
va uning о‘qituvchi tomonidan kuchaytirilishi muhimdir.
Nofilologik oliy о‘quv yurtida chet tildan ta’lim beruvchi о‘qituvchi uchun
eng muhimi talabalarning psixik jarayonlari xususiyatini
bilishdir.
Ma’lumki, chet til darsi uch bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi
bosqichda til materiali tushuntiriladi, о‘zlashtiriladi va mustahkamlanadi.
Ikkinchi bosqichda materialning tо‘la о‘zlashtirilganligi tekshiriladi. Uchinchi
bosqichda esa mavzu bо‘yicha muloqot yuritiladi.
Nofilologik oliy о‘quv yurti talabalari chet til ta’limi jarayonida tо‘rt asosiy
nutq faoliyati turlari (о‘qish, yozuv, gapirish, tinglab tushunish)ni о‘rganadilar.
Chet til mutaxassisligini egallayotgan talabaning amaliy о‘rganishi (yuqorida
ta’kidlab о‘tganimizdek) jami о‘nta nutq faoliyati turlarini qamrab oladi.
Chet til о‘qituvchisining “kasbiy kompetensiyasi” tushunchasi mazmuni
kengaydi. Agar ilgari chet til о‘qituvchisining kasbiy kompetensiyasi deganda
mutaxassislik sifatida tilni egallash layoqati tushunilgan bо‘lsa, hozirda mazkur
tushuncha yana qо‘shimcha ravishda kasbga yо‘naltirilgan kompetensiyani ham
anglatmoqda.
Xullas, nofilologik oliy о‘quv yurtida chet tildan saboq beruvchi о‘qituvchi
oldiga quyidagi qо‘shimcha talablar ham qо‘yilmoqda:
– talabaning og‘zaki nutqini rivojlantirish bilan birga uning tanlagan sohasi
bо‘yicha kasbiy kompetensiyasini shakllantirish;
– original materiallar orasidan kasbga yо‘naltirilgan о‘quv materiallar
(matn, mashqlar)ni tanlay bilish va ularni soddalashtira olish;
– talabalarga chegaralangan vaqt me’yorida amaliy mashg‘ulot о‘tish
kabilar.
Chet til ta’limida о‘quv materialining har bir elementi keyingisi bilan
mantiqan bog‘lanadi, keyingisi avvalgisiga tayanadi. Demak, chet til о‘qitish
jarayonida talabalarning kasbiy malakalarini shakllantirishda sistemalilik va
izchillikka rioya qilish ta’limdan kо‘zlangan maqsadga erishish omilidir.
1
Пассов Е. И.
Коммуникативное иноязычное образование. –
Липецк: ЛГПИ
1998. – С. 159.
Do'stlaringiz bilan baham: |