O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti «biologiyа» kafedrasi



Download 2,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/105
Sana20.06.2022
Hajmi2,18 Mb.
#678597
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-Embriologiya va gistologiya

Muhokama uchun savollar: 
3.1.Gonadotrop gormonining organizmdagi ta‘siri nimalardan iborat? 
3.2.Gipofizar va tireoid pakanalik bir- biridan nimasi bilan farq qiladi? 


52 
3.3.O‘sish va rivojlanishda yana qanday ichki sekreqiya bezlari qatnashadi?
 
10-mavzu: O’simliklarning rivojlanishi. 
Asosiy savollar

1. O‘simliklarning jinssiz va jinsiy ko‘payish usullari. 
2. Ko‘payish usullari mexanizmi. 
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: 
Mikrosporafil, mikrosporangiy, 
arxesporial, mikrospora, ekzina, intina, megasporafill, megasporangiy, mikropile, 
megaspora, integumyont, nutsellus, murtak, sporafit nasl, intina, vegetativ va generativ 
hujayra, markaziy hujayra, tuxum hujayra, qush Urug‘lanish.
1-savol bayoni: 
Ko‘payish hamma tirik organizmlarga xos xususiyatdir. O‘simliklar 3 
xil yo‘l bilan ko‘payadi. 
1. Vegetativ ko‘payish – O‘simliklarning vegetativ organlari yordamida ko‘payishidir. 
2.Jinssiz ko‘payish – o‘simlikning sporalar yordamida ko‘payishidir. 
3. Jinsiy ko‘payish – o‘simlikda jinsiy hujayralar hosil bo‘lishi va o‘zaro qo‘shiluvi 
natijasida yangi organizmlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq ko‘payishdir. 
Vegetativ ko‘payish xossasi prokariot va eo‘qariot o‘simlik organizmlarining hammasiga 
xosdir. Vegetativ ko‘payish o‘simliklardagi regeneratsiya qilish qobiliyati bilan 
chambarchas bog‘liqdir.
Prokariot organizmlarda (bakteriyalar, ko‘k – yashil suvo‘tlari) bu jarayon hujayraning 
ikkiga bo‘linishi bilan bog‘liq bo‘lsa, yo‘qsak o‘simliklarda jaroxatlangan erning tiklanishi, 
ayrim hollarda jaroxatlangan qismlarning yangi organlarning hosil bo‘lishi bilan boradi. 
O‘simliklarning qismlarini tiklay olish qobiliyatiga regyoniratsiya deyiladi. 
Vegetativ ko‘payish tabiiy va sun‘iy vegetativ ko‘payishga ajratiladi. Tabiiy vegetativ 
ko‘payish o‘simliklar dunyosida keng tarqalgan. Faqat bir va ikki yillik o‘simliklargina 
tabiiy sharoitda vegetativ ko‘paymaydi. Tabiiy vegetativ ko‘payishning qo‘ydagi xillari 
uchraydi. 
Piyozboshlar yordamida (lola, sarimsoq),ildizpoYalar yordamida (tog‘ rayxoni, ajriq), 
gajaklar yordamida (qulpnay), tuganaklar yordamida(kartoshka, er noki), ildizbachkilar 
yordamida (zirk,olcha,gilos), tirik tug‘ish yo‘li bilan (qung‘irbosh), bu kurtaklar ona 
organizmidan ajragandan keyin yangi o‘simlikka aylanadi.
qishlovchi kurtaklar yordamida (suvda yashovchi o‘qbarg o‘simligi ko‘zda o‘zida
kurtaklar hosil qiladi. Bu kurtaklar kech ko‘zda ona o‘simlik xalok bo‘lgandan keyin undan 
ajralib, suv tagiga cho‘kadi va qishlaydi. Erta baxorda bu kurtaklar suv yo‘ziga suzib chiqib, 
yangi o‘simlik hosil qiladi.); 
tallom tanani bo‘linishi orqali (ko‘pchilik suvo‘tlari, lishaynik va zamburug‘larda tallom 
tanani bir qismi ajralib chiqib, yangi o‘simlikka aylanadi.)
Sun‘iy vegetativ ko‘payish inson ishtirokida boradi. Uning quyidagi xillari keng 
tarqalgan: 
qalamchalar yordamida (atirgul, anor, tol): 
parxishlash orqali (o‘simlikning yosh novdasini egib, o‘rta qismidan erga kumiladi, uchi 
esa er betiga chiqarib qo‘yilgan qismidan qushimcha ildizlar chiqib, novda mustaqil oziqlana 
boshlandi.
Payvandlash orqali (bu yo‘l bilan mevali daraxtlarning Yaxshi navlari ko‘paytirilayotgan 
Bunda ko‘raytirilayotgan o‘simlikning qalamcha va kurtaklaridan foydalaniladi. Uning 
kurtak payvandi, iskanapayvand va boshqa turlari mavjud.): 
To‘qima bo‘laklarini sun‘iy ozuqa muhitda o‘stirish yordamida (o‘simliklarning vegetativ 
qismidan olingan kichkina bo‘lagi yoki hujayrasi maxsus ozuqa solingan probirkada 


53 
ustiriladi.Bunda bir dona o‘simlik bo‘laklaridan 1-2 million individni ustirish mumkin. 
Masalan xozirgi kunda karam, makkajo‘xori, chinnigul, arpalarning navlarini selektsion 
maqsadida ko‘paytirish Shu yo‘l bilan amalga oshirilmoqda). 
O‘simliklar vegetativ ko‘payganda bir ona organizmdan bir qancha individlar hosil 
bo‘ladi. Individlar to‘plamiga klon deyiladi. 
Ko‘pchilik ko‘p yillik o‘tsimon o‘simliklarda novdaning ildizga tushgan eri kengayib 
kaudeks deb ataluvchi tuzilma hosil qiladi. O‘simliklarning yoshi utib borishi bilan kaudeks 
markazida asta-sekin bo‘shliq paydo bo‘lib, u kengayib, kaudeksini bir necha bo‘lakga 
ajratadi. Bu jarayon partikulYatsiya nomi bilan fanga ma‘lum bo‘lib, u beda, lyupin, kokiut, 
ferula, Shuvoqlarda uchraydi. 
II. 
Jinssiz ko’payish 
Ko‘pchilik suvo‘tlari va zamburug‘larda, Shuningdek moxlar va paporotniklarda 
ko‘payish jarayoni mitoz yoki meyoz bo‘linish natijasida hosil bo‘lgan maxsus hujayralar 
sporalar yordamida amalga oshadi. Sporalar maxsus organlar – sporangiylarda hosil bo‘ladi. 
Sporalar mitoz bo‘linishi natijasida hosil bo‘lsa mitosporalar (xlorella, xlamidomonada), 
meyoz bo‘linish natijasida hosil bo‘lsa meyosporalar (paparotnik, moxlarda) deyiladi. 
Mitosoralar 
o‘zida 
xromosomalarning 
diploid 
to‘plamini 
(2n), 
meyosporalar 
xromosomalarning gaploid to‘plamini (n) saqlaydi. Mitosporalar ona organizmlarga 
o‘xshash individlarga aylanadi. Meyosporalar esa ona organizmga o‘xshash individlarga 
aylana olmaydi, chunki ular jinsiy jarayon bilan gallanishi kerak. Shuning uchun 
meyosporaldardan maxsus o‘simtalar hosil bo‘ladi. Bu o‘simtada jinsiy hujayralar- gametalar 
etiluvchi jinsiy organlar shakllanadi. Ko‘pchilik sporalar harakatlanishi uchun xivchinlarga 
ega. Bu holda zoospora deb ataladi. 

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish