48
to‘qimalarda moddalar almashinuvini idora etadi. Harakatlantiruvchi nervlar ham trofik ta‘sir
ko‘rsatishi aniqlandi. Harakatlantiruvchi nerv qirqib qo‘yilsa, unga bog‘langan
muskullar
kichrayib, teskari rivojlanishga uchraydi. Shikastlangan muskullarning asliga qaytishini
o‘rganishda muhim ma‘lumotlar qo‘lga kiritilgan edi. Nerv bog‘lanishlari bo‘lgan taqdirdagina
shikastlangan muskul o‘rnida to‘la qimmatli muskul paydo bo‘ladi.
Bilvosita rivojlanishda nerv sistemasining idora etuvchi bo‘lib rol o‘ynashi hasharotlar
metamorfozini tekshirishda isbot qilingan edi. Asalari kuyasining lichinkasida qorin nerv
zanjiri qirqib qo‘yilsa, tanasining oldingi qismi metamorfozga uchraydiyu,
orqa qismi esa
lichinka organlarini
saqlab
qoladi.
Umurtqali hayvonlarda rivojlanish va o‘sishni trofik nerv sistemasi nerv tolalari
vositasi bilangina emas, balki ichki sekretsiya bezlari (endrkrin bezlar) vositasi bilan ham
idora etadi. Bu bezlarda biologik jihatdan aktiv bo‘ladigan moddalar — g o r m o n l a r
ishlanib chiqadi. Gormonlar qonga tushib, butun organlarga g u m o r a l y o ‘ l b i l a n (qon va
limfa orqali) tarqaladi. Gumoral va nerv regulyatsiyasi bir-biri
bilan mahkam boglangan
bo‘lib, aslida yagona n e yr o g u m o r a l r e g u l y a t s i y a ‘ n i tashkil qiladi, bunda markaziy
nerv sistemasi yetakchi rolni o‘ynaydi.
Ichki sekretsiya bezlaridan rivojlanish va o‘sishni idora etishda qalqonsimon bez,
jinsiy bezlar (urug‘don va tuxumdon), gipofiz va buyrak usti bezlari hammadan katta
ahamiyatga ega.
Qalqonsimon bez yod tutadigan gormonlar — tiroksin va triyodtironin ishlab chiqaradi.
O‘t baqaning it baliqlarini
qalqonsimon bez bilan boqilsa, ortiqcha gormonlar. ta‘sirida ular
tezlashgan metamorfozga uchraydi va 18—20 kundan keyin baqalarga aylanadi. Odatdagi
sharoitlarda bu protsess 70—80 kundan keyin tamom bo‘ladi. Tezlashgan metamorfozda it
baliqlar o‘sishdan qoladi, ulardan paydo bo‘ladigan baqalar juda kichkina bo‘ladi. qalqonsimon
bez gormonlari bo‘lmaganida it baliqlarning qay tariqa rivojlanishini aniqlash uchun o‘sha bez
olib tashlanadi yoki uning funktsiyasi maxsus ta‘sir ko‘rsatadigan moddalar (metiltio-uratsil)
bilan susaytirib qo‘yiladi. Ikkala holda ham rivojlanish to‘xtab, metamorfoz hodisasi yuzaga
chiqmadi, lekin tiroksin yuborilganidan keyin it baliqlar tezgina baqalarga aylandi.
Meksika aksolotllarida o‘tkazilgan tajribalar juda ibratlidir. Bu amfibiyalarda lichinka
organlari — tashqi jabralari, dum, suzgichlari bor. Ular jinsiy
jihatdan voyaga etganidan
keyin metamorfozga uchramaydi va lichinka holida ko‘payadi (neotyoniya). Aksolotllarga
tiroksin yuborish ularda metamorfozni keltirib chiqaradi. Ayni vaqtda xayvonning butun
qiyofasi o‘zgarib, aksolotl tabiatda kamdan-kam uchraydigan eto‘q formasiga — Meksika
amblistomasiga aylanadi. Demak, aksolotllarda metamorfoz bo‘lmasligi
qalqonsimon bezlari
funktsiyasining yetishmovchiligiga bog‘liqdir. Sut emizuvchi hayvonlarda qalqonsimon bezni
olib tashlash ularning rivojlanishini juda izdan chiqarib yuboradi. Suvda va quruqda
yashovchilarga qarama-qarshi o‘laroq, o‘sish ham sekinlashib qoladi. Odamda qalqonsimon
bezning tug‘ma etilmagan bo‘lishi og‘ir kasallik — kretinizmga olib keladi. Kasallik jismonan
va ruhiy jihatdan
rivojlanishning buzilib, o‘sishning to‘xtab qolishi bilan namoyon bo‘ladi.
qalqonsimon bez funktsiyasining buzilishi shu kasallikni keltirib chiqaradigan bo‘lganidan
tiroksinli preparatlarni organizmga yuborish yaxshi natijalar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: