51
foydalanishni taklif etdi. Uning taklif qilgan metodi qo‘ychilikda tatbiq etilmoqda. N. L.
Gerbilskiy baliq urchitishga aloqador amaliy masalalarni hal qilish uchun gipofizning
gonadotrop gormonidan foydalandi. Baliqlarga gonadotrop gormon yuborish yo‘li bilan
jinsiy maulotlarni tez yetiltirish mumkin. Bu—baliq urchitish uchun to‘la qimmatli ikra
(baliq tuxumi) va urug suyuqlikni olishga imkon beradi. Gerbilskiy metodi praktikada juda
rasm bo‘lib qoldi.
Gonadotrop gormonning ta‘sirini tekshirish ayollarning homiladorligini barvaqt
aniqlashning klinik metodini ishlab chiqishga imkon berdi. Homiladorlik vaqtida ayolning
qonida ko‘p miqdorda gonadotrop moddalar bo‘lib, ularning ortiqchasi siydik bilan birga
chiqib turadi. Shu munosabat bilan homilador ayolning siydigi gonadotrop ta‘sirga ega
bo‘ladi. Homiladorlikni barvaqt aniqlash maqsadida voyaga etmagan (infantil) urg‘ochi
sichqonlardan foydalaniladi, tekshiriladigan ayolning siydigi shularning terisi ostiga
yuboriladi. 4 sutkadan keyin sichqon jinsiy jihatdan voyaga yetsa, bu xomiladorlikdan aniq
darak beradigan alomat hisoblanadi. Sichqonlarga siydik yuborish ularning jinsiy jihatdan
yetilishiga sabab bo‘lmasa, siydik homiladormas ayoldan olingan deb ta‘kidlash mumkin.
So‘nggi vaqtda ayollarning homiladorligini barvaqt aniqlash uchun erkak baqalardan
foydalanish taklif etilgan. Homilador ayolning siydigi baqalarning tez yetilib, ulardan
sperma chiqishiga sabab bo‘ladi.
S o m a t o t r o p g o r m o n (o‘sish gormoni) ning ta‘siri. Amfibiyalar va sut emizuvchi
hayvonlar ustida o‘tkazilgan tajribalar yosh hayvonlarda gipofizni olib tashlash ularning
o‘sishdan tuxtashini va operatsiya qilingan hayvonlarning mitti bo‘lib qolishini ko‘rsatib berdi.
Ayni vaqtda rivojlanish susaymaydi. It baliklar o‘z vaqtida metamorfozga uchraydi.
Y
osh
H
ayvonlarga somatotrop gormoni bor ekstraktlarni yuborish, buning aksicha, o‘sishni
kuchaytiradi. Aksolotllar gipofiz to‘qimasi bilan muntazam boqib turilganida ular tez o‘sib,
juda kattalashib ketadi va odatdagi aksolotllarga qaraganda og‘irligi ikki baravar ortiq bo‘lib
qoladi. Somatotrop gormonni yosh kalamush va it bolalariga o‘zoq muddat davomida har
kuni berib turilganida bular ham juda katta bo‘lib ketadi (gigantizm).
Somatotrop gormon odamga ham huddi shunday ta‘sir ko‘rsatadi. Bolaning gipofiz
bezi somatotrop gormon chiqarmay qo‘ysa, bola o‘sishdan qoladi-yu, ammo jismoniy va ruhiy
jihatdan normal rivojlanaveradi. Gipofizlar pakanalar tireoid pakanalardan (bularda
qalqonsimon bez funktsiyasi buzilgan bo‘ladi) shu jihatdan farq qiladiki, tireoid pakanalar
jismoniy va aqliy jihatdan rivojlanmay qoladi.
Bolada somatotrop gormonining ortiqcha ishlab chiqishi gigantizmga olib keladi.
Birmuncha kattaroq yoshda, naysimon suyaklar ohaklanib bo‘lganidan keyin gormonning
ortiqcha mikdorda chiqishi akromegaliya
degan og‘ir kasallikka sabab bo‘ladi, bu kasallikda
yo‘zning yumshoq to‘qimalari, til, kallaning ba‘zi suyaklari, barmoqlar va boshqalar juda
o‘sib ketadi.
O‘sish va rivojlanishni idora etishda buyrak usti bezi, qalqonsimon bez yonidagi bezlar
(paratireoid bezlar) va ayrisimon bez (timus) ham katta rol o‘ynaydi. O‘sish va rivojlanishni
idora etishda gormonlarning qanday ahamiyat to‘tishini aniqlash klinika praktikasi uchun katta
ahamiyatga ega. Rivojlanish ichki sekretsiya bezlarining gipofunktsiyasi tufayli izdan
chikqanida gormonoterapiya qo‘llaniladi va ichki sekretsiya bezlari ko‘chirib o‘tkaziladi.
Bezlarning giperfunktsiyasi tufayli paydo bo‘lgan kasalliklarda o‘sha bezlar qisman olib
tashlanadi yoki ionlashtiruvchi nurlar, radioaktiv moddalar va spetsifik ximioterapevtik
preparatlar yordami bilan funktsiyasi susaytiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: