379
II. Tarqalgan peritonit:
1 Diffuz – qorin bo’shlig’ining ikkitadan beshtagacha anatomik sohalarini
qamrab olgan yallig’lanish (yiringlash) jarayonidir.
2 Tarqalgan peritonit – qorin bo’shlig’ining beshtadan ortiq anatomik
sohalarini, ko’pincha esa butun qorin bo’shlig’ini egallagan yallig’lanish
(yiringlash) jarayonidir.
Rasm 1 Qorin bo’shlig’ining anatomik sohalari Qorin bo’shlig’iga
yig’iladigan ekssudat xarakteriga ko’ra: seroz, seroz-
yiringli, yiringli, fibrinoz-
yiringli, gemorragik, ixoroz, anaerob, siydik, o’t yoki me’da osti bezi shirasiga xos,
yoinki quruq bo’lishi mumkin.
Kelib chiqishi bo’yicha peritonit:
-birlamchi peritonit – juda kamdan kam uchraydigan turi. Bunda kasallikning
boshlanishiga inson organizmida bo’lgan biror-bir infeksiya sabab bo’lishi
mumkin. Infeksiyani quyidagi tushish yo’llari mavjud:
gematogen;
limfogen;
kriptogen;
yiringli jaroyonning yorilishi (abssesning atrofidagi a’zolar va tuqimalardan
ozod qorin bo’shlig’iga yorilishi).
- ikkilamchi peritonit:
- appendikulyar;
- xoletsistopankreatit;
- perforativ (oshqozon va 12 barmoq ichak yara kasalligi, Kron kasalligi va
b.);
- travmatik (qorin bo’shlig’idagi kavak a’zolarining jarohatlanishi yoki
jarohatlanmagani bilan o’tadigani);
- nekrotik (ichakning o’tkir tutilishida, me’da-ichak yo’llari flegmonasida,
mezenterial limfa tugunlari yiringli yallig’langanda, qorin bo’shlig’i a’zolarining
kam uchrayigan yallig’lanishida (Mekkel divertikuli);
380
- operatsiyadan keyingi (me’da, ingichka va yo’g’on
ichaklar, o’t yo’llari va
boshqa a’zolaridagi operatsiyalardan keyingi);
- ginekologik (naylar, tuxumdonlar, bachadon yallig’langanda, nay
yorilganda, bachadon perforatsiyasida, bachadon tug’ruq payti shikastlanganda,
tuxumdon kistalari va o’smalari buralib qolganda).
Ko’pchilik hollarda peritonit polimikrob kasallik hisoblanadi. Bakteriyalar
orasida - ichak tayoqchasi (B. coli) guruhi asosiy o’rin tutadi, biroq so’ngi
paytlarda oddiy protey va boshqa shartli patogen bakteriyalar ahamiyati ko’proq
bo’lmoqda, anaeroblar roli sezilarli oshdi. Pnevmokokklar va Kox tayoqchalari
kamroq uchraydi.
Peritonitning klinik kechishida o’tkir yiringli peritonit
rivojlanishining uch
bosqichi tafovut qilinadi.
1- Peritonitning reaktiv bosqichi (yallig’lanishda dastlabki 24 soat, perforativ
peritonitda 12 soat) – ko’proq mahalliy belgilar yuzaga chiqqan bosqich: keskin
og’riq sindromi, mushaklarning taranglashishi, qayt qilish (qayt qilish), majburiy
holat va b. Umumiy belgilar: pul’sning 120 martagacha tez urishi,
arterial qon
bosimi (AQB) ning oshishi, nafas
olishning tezlashuvi va boshqa belgilari, intoksikatsiyaga nisbatan ko’proq
og’riq shoki uchun xos.
2- Peritonitning toksik bosqichi (yallig’lanishda 24 - 72 soat, perforativ
peritonitda 24 soat) – mahalliy belgilarning so’nishi va intoksikatsiyaga xos
umumiy reaksiyaning yaqqol ustunlik qilishi bilan namoyon bo’ladi: yuz qiyofasi
o’tkirlashgan, rangpar, bemorda kamharakatlik,
eyforiya, pul’s 120 oshgan, AQB
pasaygan, kech qayt qilish, haroratning yektik xarakteri, qon formulasida yiringli -
toksik surilish. Toksik bosqich uchun mahalliy belgilardan og’riq sindromining
pasayishi, qorin mushaklarining taranglashuvi yoki qorinning shishishi,
metiorizmning ortib borishi xos.
3- Terminal bosqich (yallig’lanishda 72 soat, perforativ peritonitda 24 soatdan
ortiq) – qaytishi gumon chegaradagi chuqur intoksikatsiya bosqichi: Gippokrat
yuzi, adinamiya, ruhiy holat tonusi va harakatlarning pasayishi,
aksariyat
381
intoksikatsiyadan deliriy, nafas olish va yurak-qon tomir faoliyatining talaygina
buzilishlari, qo’lansa hidli ko’p qayt qilish, qon formulasidagi keskin yiringli –
toksik siljish, haroratning tushib ketishi, ba’zan bakteremiya. Mahalliy belgilardan
peristal’tikaning butunlay yo’qolishi, qorin dam bo’lishi va shishishi, butun qorin
bo’ylab tarqalgan og’riq kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: