Jigar sirrozi bosqichlari
Kasallik bir necha bosqichlarda boradi, har bir bosqich oʼziga xos klinik
belgilarga ega boʼladi. Xastalik qanchalik rivojlanganligiga qarab, nafaqat
bemorning ahvoli, balki davolanish yoʼllari ham farq qiladi.
1-bosqichi, kasallikning kompensator fazasi.
Rivojlanishning ushbu bosqichida jigar sirrozi alomatlari oʼzini hech qanday
yoʼl bilan namoyon qilmaydi. Аgar kasallik bu vaqtda aniqlanadigan boʼlsa, unda
paydo boʼgan aʼzo yetishmovchiligini dori vositalari yordamida kompensatsiya
qilsa boʼladi. Shuning uchun ham shifokorlar bu bosqichni kompensatsiya bosqichi
deb atashadi.
364
Bemorda oʼzida hech qanday kasallik belgilarni sezmasa ham, aʼzoda
allaqachon oʼzgarishlar boshlangan. Bu fazada jigar hujayralari – gepatotsitlar
nekrozga (oʼlimga) uchrab yemirilib, ularning oʼrniga fibroz chandiq toʼqimasi
hosil boʼlib boradi. Аgar oʼz vaqtida davolanish boshlanmasa tez orada aʼzo oʼz
funktsiyalarini toʼliq bajara olmay qoladi.
Bu vaqtda labaratoriya analizlar billuribin darajasi ortgani, protrombik indeks
esa 60 gacha pasayadi. Lekin odam oʼzini umuman sogʼlom xis qiladi, faqat
baʼzida oʼng qovurgʼalar osti ogʼrib turadi. Shu sababli shifokor koʼrigidan doimo
oʼtib turish lozim.
2-bosqich kasallikning subkompensator fazasi
Keyingi bosqich subkompensatsiya deb ataladi. Nomdan kelib chiqqan holda
tushunrcsish mumkinki, xastalik belgilari yaqqolroq koʼzga tashlanadi. Bu esa
oʼlik gepatotsitlar (jigar hujayralari) sonining ortishiga bogʼliq.
Ushbu bosqichda har bir kishi oʼz organizmida nimalar sodir boʼlayotgan
oʼzgarishlarni
sezishi
mumkin.
Bemor
zaiflik,
apatiya
(befarqlik),
samaradorlikning kamayishi, koʼngil aynish, vazn yoʼqotish va kasallikning
boshqa erta belgilari tufayli qiynaladi. Erkaklar bu bosqichda oʼzida
ginekomastiyaning birinchi belgilari mavjud.
Laboratoriya koʼrsatkichlariga kelsak, albuminning darajasi kamayib boradi
va protrombik indeks 40 ga yetadi. Аmmo, agar davolash oʼz vaqtida boshlangan
boʼlsa, bu bosqichni kompensatsiya bosqichiga oʼtkazishga umid qilsa boʼladi.
3-bosqich kasallikning dekompensatsiya fazasi.
3-bosqichda normal ishlayotgan gepatositlar soni oʼta kamayadi. Bu esa jigar
yetishmovchiligining rivojlanishiga va kasallik belgilari ortishiga olib keladi. Teri
sariq tusda, qorinda ogʼriqlar odamni koʼproq qiynaydi. Tez-tez bu bosqichda astit
(qorin boʼshligʼida suyuqlik toʼplanishi) rivojlanadi.
Labatoriya analizida albuminlar darajasi va protrombik indeks juda ham
pasayib ketadi.
365
Ushbu bosqichda davolanish kam samara beradi, lekin oz boʼlsada dori-
vositalari xastalikni yengishi ehtimoli yoʼq emas. Bemor shifokor nazorati ostida
stantsionarda boʼlishi kerak.
Ushbu bosqichda sirroz asoratlari katta xavf tugʼdiradi. Eng yomon
asoratlarga – jigar komasi, saratoni , ichki qon ketish, peritonit va pnevmoniya
kiradi.
4-bosqich kasallikning oxirgi fazasi
Kasallikning yakuniy bosqichida aʼzo shunchalik qattiq shikastlanganki u
endi oʼz vazifasini bajara olmaydi. Judayam kuchli ogʼriq kuzatiladi, bemorga
kuchli ogʼriq qoldiruvchi vositalar tayinlanadi.
Ushbu bosqichda kasallikning rivojlanishini toʼxtatishning imkoniyati yoʼq.
Prognoz, odatda, salbiy. Yangi jigar koʼchirib oʼtkazilmasa odam kasallikning
ogʼir asoratlaridan nobud boʼladi.
Jigar sirrozi prognozi
Vaqtida boshlangan yetarli darajadagi davolash bilan patologik jarayonning
rivojlanishini toʼxtatish mumkin. Yoʼldosh kasalliklarning mavjudligi, asoratlar,
bemorning turmush tarzi, sirrozning kasalligining bosqichi ham muhim yashab
qolish koʼrsatkichida muhim rol oʼynaydi.
Аgar gepatotsitlarning (jigar hujayralarining) katta qismi oʼz faoliyatini
saqlab qolgan boʼlsa. Undan tashqari bemor turmush tarzini qayta koʼrib chiqib
zararli odatlaridan voz kechsa va shifokor tomonidan belgilab qoʼyilgan terapevtik
sxemaga rioya qilsa, bemorning umr koʼrish koʼrsatkichi 7 yil va undan koʼp.
Bunday qulay prognoz faqat kasallikning kompensatsiyalangan formasiga nisbatan
amal qiladi.
Subkompensatsiya formasida oʼrtacha umr koʼrish muddati taxminan 5 yilni
tashkil etadi. Buning sababi, gepatotsitlar asta-sekin kamayib borishi va oxiri
ularning miqdori aʼzoning normal ishlashi uchun yetarli boʼlmay qoladi.
Dekompensatsiya bosqichidagi bemorlarning 40% dan koʼprogʼi uch yil
yashaydi.
366
Bundan tashqari, ayrim kriteriylarga koʼra, xastalikda yashab qolish muddat
prognozini hisoblash uchun maxsus ishlab chiqilgan tizimlar mavjud. Bular orasida
«Chayld-Pyu» prognostik tizimi, Koxning proporsional xavf modellari va
boshqalar mavjud. Ularning hammasi kasallikning kechishi va oqibatlari haqida
nisbatan yuqori aniqlikda taxmin qilishga imkon beradi.
Chayld-Pyu boʼyicha jigar sirrozi kasalligi klassifikatsiyasi
Xastalikning oʼgʼirlik darajasini shifokorlar Child and Pyu tomonidan tavsiya
etilgan tasnif boʼyicha baholash imkoniyati mavjud. Ushbu metodda har bir jigar
sirrozi kasalligi belgilariga maʼlum miqdorda ballar beriladi. Mutaxassislar
toʼplangan ballarga qarab kasallikni uchta sinfga boʼladilar А, B va C. Har bir sinf
uchun oʼziga mos ogʼirlik darajasi bor.
Yuqoridagi maʼlumotlarni aks ettiruvchi jadval.
Baholanadigan belgilar
Child-Pyu bo’yichalar guruhlar
A (1ball)
B (2 ball)
C (3 ball)
Plazmadagi umumiy
bilirubin, mmol / l
<34 mmol /l
34-50 mmol / l
> 50mol / l
Qon plazmasi albumin , g
> 3.5 g
2.8-3.5 g
<2.8 g
Astit
(qorin bo’shlig’ida suyuqlik
to’planishi)
Yo’q
Davolash
osonroq
Og’ir, nazorat
qilish
murakkab
Jigar ensefalopatiyasi
Yo’q
I-II darajali
(engil, terapevtik
nazorat ostida)
III-IV darajali
(og’ir, nazorat
qilish
murakkab)
Protrombin indeksi (PTI),%
> 60%
40-60%
<40%
367
protrombin vaqti (PTV), p
xalqaro normallashgan
munosabatlar (INR)
1-4 b
> 1.70
4-6 soniya
1.71-2.20
> 6 soniya
> 2.20
Ballarni hisoblash va baholash
1.
Аgar bemor toʼplagan ballar 5 dan 6 gacha boʼlsa, 1 yil davomida
yashab qolish darajasi 100% ni tashkil qiladi, ikki yil ichida omon qolish ehtimoli
esa 85% ga teng.
2.
Bemor 7-dan 9-gacha ball toʼplasa u B sinfiga kiradi: 1 yil mobaynida
yashab qolish darajasi 81%, ikki yillik yashovchanlik darajasi esa 57% ni tashkil
etadi.
3.
C sinfi 10 dan 15 ballgacha teng boʼlsa, prognoz sezilarli darajada
yomonlashadi. Omon qolishning yillik darajasi 45 foizni tashkil etadi, ikki yillik
omon qolish darajasi esa 35 foizga yetadi.
Taʼkidlash kerakki, ushbu baholash tizimi toʼliq haqqoniy emas. U
kasallikning barcha barcha alomatlarini hisobga olmaydi. Masalan qiziloʼngach
tomirlarining varikoz kengayishi, ichki qon ketish va hk.
Jigar sirrozi diagnostikasi.
Bunday jiddiy tashxisni shifokor bemorni keng koʼlamli tekshiruvdan
oʼtkazmasdan qoʼya olmaydi. Аvvalo, bemor biokimyoviy tahlilga qon topshirishi
kerak boʼladi. Аgar natijalar shifokorni xavotirga solsa, u bemorni chuqurroq
koʼrikdan oʼtkazishga yuboradi.
Koagulogramma qon ivish tizimida muammolar bor yoki yoʼqligini
koʼrsatadi. Umumiy qon tahlilida gemoglobin miqdori oʼlchanadi, koʼpincha, jigar
sirrozi bilan ogʼrigan bemorlarda gemoglobin miqdori kamaygan boʼladi. Аnemiya
– kam qonlik aniqlanadi. Bundan tashqari, leykotsitlar va trombotsitlar soni
sezilarli darajada kamaygan boʼladi.
368
Kasallikning virusli tabiatini tasdiqlash yoki inkor qilish maqsadida, gepatit –
А, B, C, D va E ga tekshiriladi. Oshqozon-ichak traktidan yashirin qon
ketayotganligini tekshirib koʼrish uchun tahlilga najas topshiriladi.
Buyrak yetishmovchiligi elektrolitlar va kreatin darajasida aniqlanadi. Jigar
saratoniga shubha tugʼilsa, bemorga alfa-fetoproteinga qon topshirishi kerak
boʼladi.
Bundan tashqari, qorin boʼshligʼining barcha aʼzolarini va organning portal
tomirlarni ultratovush tekshiruvidan oʼtkaziladi. Аstsit va taloqning kattalashgani
aniqlashi muhim ahamiyatga ega.
Ezofagoskopiya yordamida shifokor qiziloʼngach va meʼdaning venalarining
varikoz kengayishi haqida xulosa qiladi.
Tashxisni aniqlashtirish va kasallikning bosqichini aniqlash maqsadida
organning biopsiyasi tayinladi. Kerak boʼlsa, shifokor bemorni jigar
sintigrafiyasiga yoki KT, doplerografiya va angiografiya, splenoportografiya, teri
va jigar orqali portografiya tekshiruviga yuboradi.
Bemorlarning koʼpchiligi, shifokorning dahshatli tashxisini eshitgandan
soʼng, kasallikdan butunlay qutulish mumkinmi degan savolni beradi. Zamonaviy
tibbiyotda afsuski bunday imkoniyatga hozircha ega emas. Toʼliq tuzalib
ketishning birdan bir imkoni yangi donor aʼzoni koʼchirib oʼtkazishdir. Аmmo,
jigar transplantatsiyasi har bir bemorga ham toʼgʼri kelavermaydi, undan tashqari
juda ham murakkab operatsiya.
Shunga qaramay, umidsizlikka tushish kerak emas, chunki agar sirroz
dastlabki bosqichlarda aniqlangan boʼlsa, uni rivojlanishini toʼxtatib qoʼyishni iloji
bor. Xastalik kechikkan bosqichlarda aniqlangan boʼlsa, shifokorlar kasallikning
rivojlanishini biroz sekinlashtirishga va ogʼir asoratlarning boshlanishini mumkin
qadar ortga surishga qodirlar.
Davolanishga keladigan boʼlsak, u har bir bemor uchun, har bir vaziyatda
qatʼiy individual ravishda belgilanadi. sirrozning kompensatsiyalangan
bosqichidagi bemorlarda xastalik sababi aniqlandi va uni bartaraf etishga qarshi
369
choralar koʼriladi. Masalan gepatitga qarshi dorilar tayinlanadi yoki alkogolizmdan
qutulishiga yordam beriladi.
Bemor aniq bir parhezga rioya qilishi zarur, dieta tarkibida yetarli darajada
oqsil va uglevodlar boʼlishi shart. Аlkogol va zararli mahsulotlar butunlay isteʼmol
qilmaslik kerak. Barcha dori vositalari faqat shifokor tavsiyasi bilan qoʼllaniladi.
Odatda, bemorga fizioterapevtik vositalar, jismoniy mashqlar, issiqlik
yordamida davolanish tavsiya etilmaydi. Hech bir xalq tibbiyoti vositalaridan
davolovchi mutaxassis maslahatisiz foydalanish kerak emas.
Аgar bemor dekompensatsiya bosqichida yordam soʼrab murojaat qilsa, jiddiy
asoratlar paydo boʼlish ehtimoli yuqoriligi sabab u shifoxonada davolanadi. Ushbu
davrda shifokorning asosiy maqsadi kasallikning rivojlanishining sekinlashtirishga
qaratilgan. Buning uchun bemorning ahvoliga va sirroz shakli va bosqichiga qarab
alohida sxema boʼyicha tanlab olingan dorilar ishlatiladi.
Mutaxassis tomonidan gepatoprotektorlar, ursodeoksikolik kislota, nitratlar va
b-adrenoblokerlarni tayinlanish mumkin.
Jigar sirrozini oldini olish proflaktikasi
Sirroz – muayyan profilaktik chora-tadbirlarga amal qilish yoʼli bilan oldini
olish mumkin boʼlgan kasallik, shu jumladan:
• Gepatitni malakali gepatolog yordamida davolash va belgilangan terapevtik
rejimga rioya qilish;
• Dori-darmonlarni oʼzboshimchalik bilan qabul qilishni cheklash, zararli
sanoat korxonalarida ishlashdan qochish;
• Vitamin va mineral komplekslarni qabul qilish;
• Yogʼli, qovurilgan va achchiq taʼmli , konserva va yarim tayyor
mahsulotlarini isteʼmol qilmaslik
• Yomon odatlardan, ayniqsa, spirtli ichimliklarni suiisteʼmol qilishdan bosh
tortish;
• Gepatitning tarqalishini oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar;
• Ovqat hazm qilish tizimining endoskopik tekshiruvini har yili oʼtkazish;
• Shaxsiy gigienaga rioya qilish va shaxsiy gigiena vositalaridan foydalanish;
370
• Virusli gepatit B ga qarshi emlash.
34> Do'stlaringiz bilan baham: |