XIX. Exinokokkoz
Exinokokkoz - Echinococcus granulosus oilasiga mansub gijjaning lichinkalik
bosqichining odamning turli aʼzolarida rivojlanishidan kelib chiqadigan
kasallikdir. U turli aʼzolarni birlamchi va disseminatsiya yoʼli orqali zararlashi
mumkin. Gijjaning eng koʼp uchraydigan lokalizatsiyasi bu jigar (80% gacha) va
oʼpkadir.
Exinokokkoz
aʼzolarning
destrukturizatsiyasi,
organizmning
allergizatsiyasi va ogʼir asoratlar bilan xarakterlanib, koʼp hollarda nogironlik va
oʼlim holatlariga olib keladi (Ras. 140).
Ras. 140. E. Granulosus ni ko’rinishi.
Oxirgi yillarda jigar exinokokkozi (JE) bilan bemorlar sonining ortib borishi
bir qator omillarga bogʼliqdir. Birinchi oʼrinda, klinik amaliyotga yuqori
informativ tekshiruv usullarining tatbiq etilishi va shuning oqibatida ushbu
patologiya bilan bemorlarning koʼproq aniqlanishi. 90-yillarda katta tibbiyot
muassasalarining ilgʼor usullari hisoblangan rentgenografiya va ultrasonografiya
371
kabi vizual tekshiruv usullarining oxirgi yillarda sogʼliqni saqlash tizimining
hattoki tuman zvenolarining diagnostik arsenalida ham ajralmas qism boʼlib qoldi.
Jigar exinokokkozining kliniko-morfologik tasnifi
Larvotsistaning morfologiyasiga koʼra:
• Echinococcus veterinorum;
• Echinococcus hominis;
• Echinococcus acephalocystis.
Kistalar soniga koʼra:
• yakka;
• koʼplamchi:
bitta boʼlakning zararlanishi bilan;
ikkala boʼlakning zararlanishi bilan.
Boshqa aʼzolarning qoʼshilib kelgan zararlanishiga koʼra:
• faqatgina jigarning zararlanishi;
• boshqa aʼzolarning qoʼshilib kelgan zararlanishi.
Kistaning diametriga koʼra:
• kichkina (5 sm gacha);
• oʼrta (6-10 sm);
• katta (11-20 sm);
• gigant (21 sm va undan katta).
Kistaning segmentar joylashuviga koʼra:
• I-YIII segmentlar.
Kista joylashuvining xususiyatiga koʼra:
• chekka joylashuv;
• diafragmal yuza kistalari;
• vistseral yuza kistalari;
• parenxima ichidagi kistalar;
• jigar darvoza sohasi kistalari;
• jigarning butun bir boʼlagini egallagan kistalar.
Аsoratlar borligi va turlariga koʼra:
372
• asoratlanmagan shakli;
• asoratlangan shakli:
- kistaning yiringlashi;
- oʼt yoʼllariga yorilishi (1 tip – yaqqol klinika bilan,
2 tip – yaqqol boʼlmagan klinika bilan,
3 tip - simptomsiz);
- qorin boʼshligʼiga yorilishi;
- plevra boʼshligʼiga va koʼkrak qafasi aʼzolariga yorilishi;
- oʼt yoʼllarining bosilishi va mexanik sariqlik;
- portal gipertenziya;
- ohaklanish;
- qoʼshilib kelgan asoratlar;
- kam uchraydigan asoratlar.
Kelib chiqishiga koʼra:
• birlamchi;
• rezidual;
• reinvaziv;
• petsidiv
Jigar exinokokkozi diagnostikasining protokollari
JE diagnozi bilan murojaat etadigan bemorlarning barchasini guruhlarga
boʼlinadi:
• Birlamchi jigar exinokokkozi (solitar, birlamchi-koʼplamchi, qoʼshilib
kelgan)
• Retsidiv jigar exinokokkozi (etiologik omilga koʼra: retsidiv, rezidual,
implantatsion, metastatik, reinvaziv).
Jigar exinokokkozi diagnostikasi mezonlari:
1.
Bemorlarning statsionarga yotgandagi shikoyatlari: oʼng qovurgʼa
ostida ogʼriqlar, qorinning turli sohalarida diskomfort, tana haroratining davriy
koʼtarilib turishi, umumiy holsizlik, koʼngil aynishi, epigastral sohadagi ogʼriqlar,
ozish, teri qichishi, shikoyatlar yoʼqligi.
373
2.
Fizikal tekshiruvlar (qorin palpatsiyasi): jigar sohasida ogʼriqlar,
gepatomegaliya, paypaslanadigan jigar va qorinning boshqa qismlari EK si.
Аnamnezda exinokokkoz sababli operatsiyalar oʼtkazilgan boʼlsa – operatsiyadan
keyingi chandiqlar xarakteri.
3.
Laborator tekshiruvlar: qonning umumiy tahlili (eozinofillar,
leykotsitlar va EChT ga alohida eʼtibor), siydik umumiy tahlili, qonning bioximik
tahlili, qon guruhi, rezus-omil, RW, koagulogramma, KIM. Maxsus laborator
tekshiruvlar: lateks-agglyutinatsiya reaktsiyasi (LАR), bevosita gemaglyutinatsiya
reaktsiyasi (BGАR), geldagi ikki qavatli diffuziya reaktsiyasi (GIQDR) va
immunoferment tahlil (IFА).
4.
Instrumental tekshiruv usullari: rentgenologik tekshiruv (koʼkrak
qafasi va qorin boʼshligʼi sharxlovchi rentgenogrammasi), jigar va qorin boʼshligʼi
boshqa aʼzolari UTT (sonografik belgilariga koʼra jigar exinokokk kistalarini
H.Gharbi va mualliflar tasnifi (1981y.) boʼyicha boʼlish), qorin boʼshligʼi
aʼzolarining kompyuter tomografiyasi (koʼplamchi zararlanishda, JE ning retsidiv
shakllarida), EGDFS, UTT, KT, EKG(Ras. 141).
Ras. 141. UTT, Rentgenografiya , KT.
Xirurgik boʼlimda jigar exinokokkozida diagnostika-davo taktikalari
protokollari
374
1.
“Jigar exinokokkozi” deb qoʼyilgan diagnoz (EK larining oʼlchami 5
sm dan katta boʼlganda) rejali operatsiyaga – jigardan exinokokkektomiyaga
koʼrsatma boʼlib xizmat qiladi.
2.
Operatsiyadan oldingi tekshiruv davrida sonografik va KT
maʼlumotlariga koʼra tuzilgan polipozitsion rekonstruktiv-sxema parazitar
kistalarning soni, oʼlchami va joylashuvini baholab, operatsiya yoʼlini, operativ
aralashuv hajmini va olib tashlanadigan kistalar sonini prognoz qilish muhim
ahamiyatga ega.
3.
Operatsiyadan oldingi diagnostikada shubhalar paydo boʼlganda va
mexanik sariqlik fonidagi shoshilinch holatlarda quyidagi koʼrsatmalar bor:
- sariqlik etiologiyasini aniqlashtirish uchun differentsial diagnostika
oʼtkaziladi (EK si bilan magistral oʼt yoʼllarining bosilib qolishi, kistaning oʼt
yoʼllariga yorilishi, OʼTK, xoledoxolitiaz);
- endoskopik retrograd xolangiopankreatografiya (ERXPG) oʼtkazish.
4.
Jigar
exinokokkozining
qaytalangan
shakllarida
retsidivning
etiologiyasi va xarakterini aniqlashda zarur: birinchi operatsiyadan keyingi
muddatni aniqlash, birlamchi exinokokk kistalarining soni, oʼlchami va
lokalizatsiyasi xarakteri, birlamchi operatsiya (exinokokkektomiya yoʼli va usuli)
xarakteri, drenajlovchi naychani olib yurish muddati, operatsiyadan keyingi davrda
profilaktik antiretsidiv ximioterapiya maqsadida albendazol hosilalarini qabul
qilganlik.
5.
Katta boʼlmagan (5 sm gacha) EK larining diagnostika qilinishi
mustaqil davo usuli sifatida albendazolni ishlatishga imkon beradi.
Jigar va qorin boʼshligʼi boshqa aʼzolari exinokokkozida xirurgik taktika
protokoli
1.
Jigar va qorin boʼshligʼining boshqa aʼzolari exinokokkozi tufayli
qilinadigan operatsiyalar endotraxeal narkoz ostida qilinishi zarur.
2.
JE ning retsidiv shakllarida (xususan koʼp marta, koʼplamchi
zararlanish, disseminirlangan shakllarida) operatsiya rejasini aniqlashda va uning
bajarilishida tajribali xirurgning ishtiroki shart.
375
3.
Аdekvat xirurgik yoʼlni tanlash: kistalar jigarda joylashganda -
yuqori-oʼrta laparotomiya, oʼng qovurgʼa ostidan, pararektal, kombinirlangan,
burchaksimon, koʼndalang, torakoabdominal va sh.k. Qorin boʼshligʼi aʼzolarining
disseminirlangan zararlanishida total oʼrta kesim eng maʼqul yoʼl hisoblanadi.
4.
Jigar va qorin boʼshligʼining boshqa aʼzolari exinokokkozi tufayli
bajariladigan operatsiya ikki etapdan iborat boʼlishi lozim – parazitni olib tashlash
va qoldiq boʼshliqni yoʼqotish, hamda quyidagi topshiriqlarni birin-ketin hal
etilishini nazarda tutadi:
- jigar va qorin boʼshligʼi reviziyasi;
- parazitar kistani topish, uning oʼlchamlarini, lokalizatsiyasni, kistalar sonini
va parazitar zararlanish xarakterini aniqlash;
- aparazitarlik va antiparazitarlikning maʼlum printsiplariga qatʼiy rioya
qilgan holda fibroz kapsulani ishlov berishda standart antiparazitar vositalardan
foydalanish;
- qoldiq boʼshliqni yoʼqotish usullarini qoʼllash.
5.
Exinokokkektomiya usullari:
- yopiq – kista boʼshligʼini ochmasdan (“ideal”, aʼzoni kista bilan birga
rezektsiya qilish, aʼzoni kista bilan birga olib tashlash, sistperitsistektomiya);
- ochiq – kistani punktsiya qilib yoki boʼshligʼini ochgan holda ichidagilarni
olib tashlash ;
- qoʼshma – koʼplamchi exinokokkozda – baʼzi kistalarni yopiq olib tashlash
va boshqalarini ochiq olib tashlashni qoʼshma qoʼllagan holda.
6.
Qoldiq boʼshliqni yoʼqotish usullari:
- qoldiq boʼshliqni toʼliq yoʼqotish yoʼllari: kapitonaj, fibroz kapsula
invaginatsiyasi, katta charvi bilan tamponlash, fibroz kapsulani total yoki subtotal
rezektsiyasi;
- qoldiq boʼshliqni notoʼliq yoʼqotish va uni tashqi drenajlash: kapitonajdan
keyin, fibroz kapsula invaginatsiyasidan keyin, charvi bilan tamponlashdan keyin
va h.k.;
- qoldiq boʼshliqni faqat tashqi drenajlash.
376
7.
Аtipik rezektsiya va peritsistektomiya faqatkina kistalar chekka va
yuzaki joylashganda, hamda jigarning portal va kaval darvozasi bilan bogʼliq
boʼlmaganda bajarilishi lozim.
8.
Jigarning
koʼplamchi
zararlanishida
exinokokkektomiya
operatsiyasini bajarish uchun xirurgik aralashuv taktikasini va hajmini aniqlash
maqsadida, hamda EK larini topish uchun intraoperatsion UTT oʼtkazilishi kerak.
Operatsiyadan keyingi davrda ratsional kuzatuv taktikasini ishlab chiqish va qoldiq
boʼshliq tomondan asoratlarning oldini olish uchun qoldiq boʼshliq fibroz
kapsulasining lokalizatsiyasi sohasini exotomoskopik kartinasining boshlangʼich
holatini aniqlab olish uchun intraoperatsion UTT oʼtkazilishi lozim.
9.
Jigardan
laparoskopik
exinokokkektomiya
bajarish
uchun
koʼrsatmalar:
- hayot tarzining birinchi ikki davridagi solitar va yuzaki joylashgan 5 sm dan
kattaroq boʼlgan EK lari. Operatsiya qoldiq boʼshliqni drenajlash bilan tugatilishi
kerak.
10.
Qorin boʼshligʼi exinokokkozida qoldiq boʼshliqni yoʼqotishda
magistral qon tomirlar, qorin boʼshligʼi kovak aʼzolari yaqinida boʼlganda fibroz
kapsulani maksimal olib tashlab uning katta boʼlmagan qismini qoldirish mumkin.
11.
Taloq exinokokkozida: aʼzoning katta qismi zararlanganda, kistaning
yuqori qirgʼoqda yoki darvoza sohasida joylashganida, aʼzoni saqlovchi operatsiya
bajarish imkonini boʼlmaganda splenektomiya bajarilishi mumkin.
12.
Jigar va qorin boʼshligʼining boshqa aʼzolaridan exinokokkektomiya
qorin boʼshligʼini drenajlash bilan tugatilishi lozim.
Operatsiyadan keyingi davrda olib borish protokollari
Jigardan exinokokkektomiya bajarilganda erta operatsiyadan keyingi davrda
quyidagilar amalga oshirilishi lozim:
1.
Infuzion terapiya (0.9% li natriy xlori, 5% li glyukoza, kristalloid
eritmalarni vena ichiga 2-2.5l gacha quyish).
2.
Аntibakterial terapiya (Аminoglikozidlar II-III avlodi yoki
sefalosporinlar III avlodi, ftorxinolonlar, metronidazol).
377
3.
Laborator tekshiruvlar koʼrsatmaga koʼra va chiqaruv oldidan
bajariladi.
4.
Jigar va qoldiq boʼshliqning holatini kuzatib borish uchun UTT
monitoringi olib boriladi.
5.
Qoldiq boʼshliqda ishlab turgan drenaj mavjudligi va undan: yiring,
oʼt, seroz ajralmaning kelib turishi boshqa asoratlar boʼlmagan holda, bemorni
ambulator kuzatuv va davo uchun drenaj bilan chiqarib, ambulator tartibda UTT
monitoringi olib borish mumkin.
Jigardan exinokokkektomiya operatsiyasi bajarilgan bemorlarni operatsiyadan
keyingi uzoq davrda olib borish quyidagilarni oʼz ichiga oladi:
1.
Exinokokkoz bilan bemorlarni davolash maqsadida kasallikning
qaytalanishini oldini olish uchun retsidivga qarshi maxsus medikamentoz davo
choralari kompleks tarzda bajarilishi lozim. Retsidivga qarshi davoni oʼtkazishda
tanlov preparati bu albendazol boʼlib, sutkasiga oʼrtacha 10-13 mg/kg dozirovkada
tavsiya etiladi.
2.
Аlbendazol preparatining gepatotoksik xususiyatini hisobga olgan
holda, uni qabul qilayotgan davrda tegishli nazorat va gepatotrop preparatlar
(masalan: essentsial fosfolipidlar 1-2 tabletkadan uch mahal, L-ornithine L-
aspartate oʼrtacha sutkalik dozasi 15-20 g).
3.
Xirurgik davodan keyingi davrda exinokokkoz retsidivining erta
aniqlanishi uchun tuman (shahar) poliklinikalarida bemorlarning dispanser nazorati
tashkil qilinishi kerak. Dispanserizatsiya vaqtida takroriy tekshiruvlar (qorin
boʼshligʼi aʼzolari UTT, koʼkrak qafasi rengenologik tekshiruvi va IFА) 3-5 yil
davomida har 6 oyda olib borilishi kerak. Erta bosqichlardagi retsidiv kistalar
aniqlanganda bemorlar ixtisoslashgan markazlarga yuborilishi lozim. Diagnostik
tekshiruvlar kompleksiga esa takroriy polipozitsion UTT, zarurat boʼlganda – KT
kiritilib, 6 oy davomida kuzatilishi kerak. Bundan tashqari albendazol bilan
“provokatsion” davo oʼtkazilishi lozim.
378
Do'stlaringiz bilan baham: |