Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

Davolash.
Bemorlarni shoshilinch operatsiyadan oldin tayyorlash individual, 
birga qo’shilib kelgan hamroh kasalliklarini hisobga olgan holda va intensiv, suv-
elektrolitlar muvozanatini tiklagan holda, oqsil almashinuvi va gemodinamik 
buzilishlarni to’g’rilashga qaratilgan bo’lib, barcha tekshirishlar tahlilining 
nazorati ostida bo’lish kerak. Premedikatsiya va me’da-ichak sistemasining 
dekompressiyasi (suyuqligini chiqarish) alohida o’rin tutadi. Operatsiyadan oldingi 
tayerlash davomligi 2 soatdan oshmasligi kerak.


386 
Peritonitda anesteziyani tanlash usuli og’riq sindromini bartaraf etishga, 
organizmning neyrotsirkulyator va neyrogumoral reaksiyalarini tuzatishga va 
normallashtirishiga imkon beradigan, sun’iy boshqarib turiladigan nafas olish, 
umumiy endotraxeal narkoz hisoblanadi.
Ko’pchilik bemorlarda o’tkir peritonit tashxisi qo’yilganda operatsion kesma 
(qorin bo’shlig’iga kirish yuli) sifatida o’rta-o’rta laparotomiyadan foydalaniladi. 
Chunki bu kesma, qorin bo’shlig’i a’zolarini to’liq taftishdan o’tkazishga va 
kamroq shikast yetkazishga imkoniyat beradi.
Agar peritonitning manbai, olib tashlanishi mumkin bo’lgan a’zo 
(chuvalchangsimon o’simta, o’t qopchasi) bo’lsa va texnik sharoitlar shunday 
qilishga imkon bersa, infeksiya o’chog’ini qorin bo’shlig’idan radikal olib tashlash 
maqsadga muvofiq. Kavak a’zolar perforatsiyasida (me’da, 12 bar- moqli ichak 
yarasi, yug’on ichak divertikuli, me’da yoki yo’g’on ichak o’smasi), perforativ 
teshik ko’pincha tikib qo’yiladi. Agar perforatsiya bo’lgan vaqtdan 6 soatdan 
ko’proq vaqt o’tgan bo’lsa, qorin bo’shlig’ini bakteriyemiyasi mumkinligini va 
yiringli peritonit rivojlanishini kutish mumkin. Divertikul yallig’langanida yoki rak 
o’smasi teshilganda, a’zo nuqsonini tikish, odatda bajarib bo’lmaydi. Bunday 
hollarda zararlangan a’zo (agar bu texnik jihatdan mumkin bo’lsa) rezeksiya 
qilinishi yoki ichak dekompressiyasini beruvchi stoma qo’yish kerak bhladi. Ilgari 
qo’yilgan anastomoz choklarining nobopligini keltirib chiqargan - operatsiyadan 
keyingi peritonitda, anastomozdagi nuqsonni atrof to’qimalardagi yaqqol 
yallig’lanish infil’trativ o’zgarishlari sababli odatda tikishga muvaffaq 
bo’linmaydi, shuning uchun aksariyat hollarda, uning teshigiga ichak suyuqligini 
tashqariga chiqarish maqsadida drenaj naycha qo’yib, infeksiya o’chog’ini 
chegaralash maqsadida ko’p kanalli naychalar qo’yib drenajlanadi yoki 
anastomozning o’zini (ichaklararo) qorin bo’shlig’idan stoma tarzida qorin old 
devoriga chiqariladi. Qorin bo’shlig’i quritiladi va fibrin qoldiqlaridan tozalanadi. 
So’ngra qorin bo’shlig’ini furatsilin, rivanol yoki dioksidin kabi antiseptik 
eritmalar bilan yuviladi.


387 
Qorinning old devori laparotom jarohatini tikishdan oldin, qorin bo’shlig’i 
orqali qovurg’alar osti va yonbosh sohalardagi kontraperturalar orqali drenajlash 
asosiy shartlardan hisoblanadi. Qorin bo’shlig’ini drenaj qilish usullari qorin 
pardasining zararlanish darajasiga bog’liq bo’ladi (142-rasm). Chunonchi, mahalliy 
peritonitda - drenaj yallig’langan sohaga qo’yilishi, diffuz peritonitda esa 
yallig’langan sohaga 2 yoki 3 drenaj nazorat va antibiotiklarni qorin ichiga yubrish 
uchun qo’yladi.
142-rasm. Diffuz peritonitda qorin bo’shlig’ini drenajlash. 
Tarqalgan peritonitda nafaqat drenajlash, balki muolaja usullari murakkabroq 
hisoblanadi. Amaliyot vrachi uchun shoshilinch xirurgik operatsiya qilishga 
mutloq ko’rsatma hisoblangan tarqalgan yiringli peritonit alohida qiziqish 
tug’diradi. Peritonitning erta turlarini o’z vaqtida diagnostika qilish va mos 
ravishda xirurgik amaliyot o’tkazish, bu xatarli kasallikni davolashning garovi 
hisoblanadi.
Bu o’rinda operatsiya aralashuvi o’z ichiga quyidagilarni qamrab olishi kerak 
bo’ladi: 
- qorin bo’shlig’i a’zolarini taftish qilish va peritonit sababini bartaraf etish,


388 
- antibiotiklarga sezuvchanlikni aniqlash uchun ekspress- bakterioskopik, 
bakteriologik tahlillari va mikroflorani undirish maqsadida qorin bo’shlig’idagi 
ekssudatdan namuna olish,
- ekssudat evakuatsiyasi, qorin bo’shlig’ini 5-8 l antiseptik eritmalar 
(furatsilin, Ringer eritmasi, fiziologik eritma yoki rivanol) bilan yuvish yoki lavaji, 
- ingichka ichak tutqichi ildizini novokainlash yoki ichak atoniyasini 
profilaktika qilish maqsadida, novokain eritmasini tomchilab yuborish uchun 
mikroirrigator o’rnatish,
- me’da-ichak yo’li suyuqligini evakuatsiya qilish maqsadida nazoenteral 
zond kiritib (intubatsiya qilish) aktiv aspiratsiya qilish va bemorni operatsiyadan 
keyingi davrda ichagini lavaj qilish, zond orqali enteral ozuqalantirish,
- Qorin bo’shlig’ini nazorat qilish yoki yuvish uchun drenajlash va 
operatsiyadan keyingi davrda peritoneal lavaj yoki dializ o’tkazish.
Operatsiya tugagach, kesma ko’rsatmalar buyicha: jarohatni odatdagidek 
qavatma-qavat tikish yoki barcha qavatlariga birvarakayiga chok qo’yib bilan 
tugatiladi.
Operatsiyadan keyingi davrda parvarishlash maqsadga yo’naltirilgan 
antibakterial terapiya, gomeostaz buzilishlarini tiklash, detoksikatsion va diurezni 
tezlashtiradigan muolaja, hamroh kasalliklarni korreksiyalash, shuningdek 
immunitetni tiklaydigan muolajalardan iborat. Bu jaroyonda bemorlarga qilinishi 
lozim bo’lgan peritoneal dializ (PD) yoki qorin bo’shlig’i lavaji, ichak lavaji (IL) 
bilan monand ichak dekompressiyasi (ID) va enteral zond orqali ozuqalantirish 
(EZOO) ga katta e’tibor berilishi kerak bo’ladi.

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish