242
Rivojlanish bosqichlariga ko‘ra:
boshlang‘ich yoki yiringli-rezorbtiv
isitmali – yiringli o‘choq va intoksikatsiya belgilari xos, septitsemiya
(metastazlarsiz sepsis), septikopiemiya (metastazlari mavjud sepsis).
Sepsisning klinik manzarasi.
Sepsisning faqat shu kasallik uchun xos bo‘lgan
simptomlari yo‘q. Ba’zan bu kasallikni boshqa yiringli kasalliklardagi yoki
yuqumli kasalliklarning boshlang‘ich bosqichlaridagi intoksikatsiyalardan farqlash
qiyin bo‘ladi. Sepsisning umumiy va mahalliy simptomlari tafovut qilinadi.
Umumiy simptomlari har-xil a’zo va ularning tizimlaridagi o‘zgarishlar
bilan
bog‘liq, mahalliy simptomlari esa boshlanishida birlamchi o‘choq, keyinchalik esa
yiringli metastazlarning klinik ko‘rinishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Sepsisning asosiy simptomlari: birlamchi o‘choq – 100%, 38
o
S dan oshiq bo‘lgan
isitma – 88%, 100 zarb/min dan yuqori bo‘lgan taxikardiya – 82%, xansirash –
76%, titroq tutishi – 26%, taloqning kattalashuvi – 15%, periferik shishlar – 23%,
toksik gepatit – 81%, toksik nefrit – 72%, septik pnevmoniya – 37%, o‘pkalarning
septik abssesslari – 14,7%.
Ko‘pincha sepsis asta sekinlik bilan boshlanadi. Lekin yashin tezligida
kechuvchi shakli bundan mustasno va bunda bemorlar kasallik boshlanganidan
keyin aytarli kasallikning biron bir mahalliy belgilarisiz halok bo‘lishadi.
Kasallikning prodromal davrida bemorlar biroz hayajonlangan, ko‘zlari so‘ngan,
lunjlari pushti rang bo‘ladi. Terisi namlangan, gerpetik toshmalar paydo bo‘lishi
mumkin. Kasallikning avj olishi bilan bemorlarning tashqi ko‘rinishi o‘zgaradi:
ko‘zlari xiralashadi, yuzlari oqish kulrang tusga kiradi va sariqlik paydo bo‘ladi.
Mayda petexial toshmalar bilan qoplangan katta-katta sohalar paydo bo‘ladi. Yangi
metastazlar paydo bo‘ganida tana harorati keskin oshadi
va titroq tutishi bilan
kechadi; haroratning tushishida esa ko‘p miqdorda ter ajralishi kuzatiladi.
Bemorlarning tana og‘irligi tezda kamayib, umumiy holsizlik orta boradi va septik
ich ketishi bilan kechadi. Lunjlari so‘lib, burni o‘tkirlashadi va afoniya rivojlanadi.
Qon tomir tizimi tana haroratining oshishiga yurak qisqarishlarining tezlashuvi
bilan javob beradi.
243
Prognoz yaxshi bo‘lmagan holatlarda harorat va puls chiziqlari orasida
ajralish («qaychi») kuzatiladi – harorat pasayadi, taxikardiya esa osha boradi.
Yurak faoliyati yomonalasha boradi, puls to‘laligi susayadi,
arterial bosim tusha
boradi. Ba’zan esa yuqorida aytilganlarga septik miokardit manzarasi ko‘shiladi.
Tanada shishlar paydo bo‘lib, tromboflebitlar va yotoq yaralar kelib chiqadi.
Qonda esa zo‘rayib boruvchi anemiya, EChT ning baland (30-60 mm/soat)
bo‘lishi, leykotsitozning oshib, (15-40*10
9
/l) qon formulasining chapga siljishi va
toksik donador neytrofillar paydo bo‘lishi kuzatiladi. Har-xil o‘zgarishlar
parenximatoz azolarda ham kuzatiladi. Jigar o‘lchamlari kattalashadiyu, uning
funksional imkoniyatlari 15-20% ga kamayadi. Ko‘pincha toksik gepatit rivojlanib,
sariqlik bilan kechadi. Taloq kattalashadi, buyrak faoliyati buzilib, gipostenuriya
va oliguriya paydo bo‘ladi. Siydikda oqsil va toksik silindrlar paydo bo‘ladi.
Qonda qoldiq azot va mochevina miqdori orta boradi.
Gipoproteinemiya
kuchayadi, protrombin indeksi 45-50% gacha pasayadi. Ba’zi hollarda terida
kapillyarlarning toksik o‘tkazuvchanligi oshishi tufayli skarlatinaga o‘xshash
eritema paydo bo‘ladi. Ba’zan mahalliy o‘zgarishlar sust ifodalangan bo‘ladi va
sepsisning klinik manzarasiga to‘g‘ri kelmaydi. Septik jarohat bo‘lgan holatlarda
bemorlar ko‘rinishi anemik tusga kirib shishlar paydo bo‘ladi. Jarohatlardan
ajralma ko‘p bo‘lmaydi va uning xarakteri xira, loyqali bo‘ladi. Jarohat atrofida
qon
tomirlar trombozi, limfangit, limfadenitlar kuzatiladi. Metastazlari bo‘lgan
sepsisga har-xil a’zo va to‘qimalarda yiringli o‘choqlar rivojlanishi xos bo‘lib,
yiringli bo‘shliqlar ochilganida tana harorati pasayadi, ammo yangi o‘choqlar
paydo bo‘lib, simptomatika yana takrorlanadi. Septitsemiya uchun remissiyalarsiz,
og‘ir klinik kechish va organizmning keskin susayib, a’zolar faoliyatining
dekompensatsiyasi xos bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: