Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

Surunkali sepsis 
uchun atipik kechish xos bo‘lib, bir necha oylardan keyin ham 
rivojanaverishi mumkin. Umumiy belgilari sust ifodalangan bo‘ladi. Vaqti-vaqti 
bilan tana harorati oshib ikkilamchi yiringli o‘choqlar paydo bo‘ladi. Qonda biroz 
anemiya va leykotsitoz rivojlanadi, EChT oshadi.



244 
Sepsisning diagnostikasi.
Yiringli metastazlari bo‘lib, kasallik tipik kechgan 
holatlarda tashxis qo‘yish qiyinchilik tug‘dirmaydi. Biroq boshlang‘ich 
bosqichlarida va kasallik atipik kechgan holatlarda tashxis qo‘yish qiyinlashadi. 
Diagnoz bakteriologik tekshiruvlar bilan tasdiklanadi. Lekin kasallikning klinik 
manzarasi yaqqol ifodalangan bo‘lib, bakteriologik tekshiruvlarda mikroblarning 
o‘smasligi hali sepsis yo‘q degan gap emas. 
Sepsisning asoratlari:
infeksion-toksik shok, arroziyalangan tomirlardan septik 
qon ketishi, oyoq ko‘llar magistral arteriyalarining tromboemboliyasi, ichki a’zolar 
arteriyalarining tromboemboliyasi, septik endokardit, septik pnevmoniya, yotoq 
yaralar. 
Differensial diagnostika.
Sepsisni quyidagi kasalliklardan farqlab olish zarur: 
mahalliy yiringli jarayonlardagi intoksikatsiyadan, qorin tifidan, brutsellyozdan, 
malyariyadan, disseminatsiyalangan sildan, o‘tkir gematogen osteomielitdan, 
tomirlar devorining toksik zararlanib o‘tkazuvchanligi oshib ketishi mumkin 
bo‘lgan va qon ivish tizimi kasalliklaridan. 
Sepsisni davolash prinsiplari:
yiringli o‘choqni sanatsiya qilish, antibakterial, 
immunologik, antikoagulyant, antiferment terapiya, ekstrakorporal detoksikatsiya. 
Davolash e
tiologik yo‘naltirilgan va patogenetik asoslangan bo‘lishi lozim. 
Sepsisda etiologik tadbirlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin – birlamchi va 
ikkilamchi yallig‘lanish o‘choqlarini davolashga qaratilgan mahalliy, butun bir 
organizmga ta’sir qilishga qaratilgan umumiy. Mahalliy etiologik tadbirlar 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: o‘z vaqtida va radikal xirurgik davo –nekrotik 
to‘qimalar va yot jismlarni olib tashlab, yirinli o‘choqni drenajlash; yallig‘lanish 
o‘chog‘ida biologik yoki kimyoviy dezinfeksiya (antibiotiklar, sulfanilamidlar, 
antiseptik vositalar, proteolitik fermentlar, bakteriofaglar va boshqalar); 
fizioterapevtik muolajalar (UFO, UVCh, neonli lazer va boshqalar); patologik 
o‘choq sohasida tinchlik, ximiyaviy holatini ta’minlash va immobilizatsiya qilish. 
Umumiy etiologik davoning asosiy maqsadi infeksiya bilan kurash 
hisoblanadi. Antibiotiklar ishlatish muhim ahamiyatga ega. Antibakterial 
terapiyaning samarasi qoniqarli bo‘lishi uchun mikrofloraning turini va 


245 
antibiotiklarga sezgirligini aniqlash lozim. Antibiotiklar mahalliy va parenteral 
yo‘llar bilan ishlatiladi. Zaruriyat bo‘lgan holatlarda esa endolyumbal, arteriya 
ichiga yoki aortaga yuborish mumkin. Antibiotiklar ishlatishda tanlov 
imkoniyatlari 
katta 
bo‘lishiga 
qaramasdan 
ko‘pincha 
kombinatsiya 
sefalosporinlarning uchinchi avlodi (seftriakson, sefotaksim, seftazidim) va 
aminoglikozidlar (gentamitsin, amikatsin) ning kombinatsiyasi ishlatilmoqda. Bu 
kombinatsiyalar sepsis bo‘lgan bemorlarda samaradorligi yuqori ekanligini 
ko‘rsatmoqda. Ko‘pchilik holatlarda seftriakson e’tiborni o‘ziga jalb qilmoqda 
chunki uning yarim ajralish vaqti uzoq va kuniga bir marta ishlatishning o‘zi 
kifoya bo‘ladi. Boshqa preparatlarning yarim ajralish vaqti qisqa bo‘lganligi 
sababli ularni bir necha martadan qayta ishlatish zaruriyati tug‘iladi (Belobrodov 
V.B. 2006). Bakterioidlar va boshqa anaeroblar tomonidan chaqirilgan sepsisni 
davolash uchun xloramfenikol, klindamitsin va metronidazollarning tetratsiklinlar 
bilan kombinatsiyasi ishlatiladi. Parallel ravishda sulfanilamidlar (etazol va 
diprim), nitrofuran guruhi preparatlari ham ishlatiladi. 
Spetsifik ta’sir qilish maqsadida antistafilokokkli plazma, 3 kunda bir 
martadan tana og‘irligiga 5 ml/kgdan (3-6-marta) va antistafilokokkli gamma-
globulinlar ishlatiladi. Surunkali sepsisda stafilokokk anatoksini va autovaksinasi 
bilan faol immunizatsiya qo‘llaniladi.
Patogenetik davoning asosiy prinsiplari:
1) Organizm immunobiologik reaktivligini oshirish (optimal sanitar-gigienik tartib, 
yuqori 
kaloriyali 
ovqatlar, 
parenteral 
oziqlantirish 
– 
aminokislota 
aralashmalarining kompleksi, vitaminoterapiya, yangi konservlangan qon quyish, 
anabolik gormonlar ishlatish.
2) To‘qimalarda gipoksiyani kamaytirish – giperbarik oksigenatsiya.
3) Organizmni desensibilizatsiya qilish – dimedrol, suprastin, pipolfen, kalsiy 
xloridi.
4) Organizmni dezintoksikatsiya qilish (mikroblar, toksinlarini va to‘qimalar 
parchalanish maxsulotlarini chiqarib olish) va parenximatoz a’zolar faoliyatini 
stimulyasiya qilish. Maxsus, toksinlarni absorbsiya qiluvchi dezintoksikatsion 


246 
vositalar ishlatiladi (gemodez, neokompensan, reopoliglyukin, jelatinol). Buyrak 
etishmovchiligi rivojlangan holatlarda ektrakorporal yoki peritoneal gemodializ, 
gemosorbsiya qilinadi; jigar etishmovchiligi rivojlangan holatlarda esa gemo- 
limfosorbsiya, va jigarni ekstrakorporal perfuziya qilish (buzoq, cho‘chqa jigari) 
zarur.
5) Sepsisda ajralib chiquvchi proteolitik fermentlarning nojo‘ya ta’sirlarini 
kamaytirish uchun proteaza ingibitorlari (kontrikal, trasilol, tzalol) ishlatiladi.
6) Septik shokni kompleks davolashda steroid gormonlar – gidrokortizon, 
deksametazon, prednizolonlar ko‘llaniladi. 
Shunday qilib: sepsisga gumon bo‘lgan barcha holatlarda qonni sterilligi, 
antibakterial terapiya boshlanishidan oldin tekshirilishi lozim. Emprik antimikrob 
terapiya uchinchi avloddagi sefalosporinlar va aminoglikozidlar kombinatsiyasida 
ko‘rinishida bo‘lishi kerak. Nafas va qon aylanish tizimi a’zolari faoliyatining 
buzilishi ko‘rinishida poliorgan patologiya rivojlangan holatlarda bemorlar 
patogenetik davo o‘tkazish maqsadida organlar hayot faoliyatini monitoring qilish 
imkoniyati bo‘lgan intensiv terapiya bo‘limlarida joylashtirilishi lozim. 
Patogenetik davoning hajmi har bitta holat uchun individual, poliorgan 
patologiyaning rivojlanish xarakteriga va xususiyatlariga qarab belgilanadi. 
Kasallikning qo‘zg‘atuvchisi va antibiotikogramma aniqlangan holatlarda esa 
yallig‘lanish o‘chog‘i uchun spektri va dozasi adekvat bo‘lgan monoterapiyaga 
o‘tish mumkin.
Profilaktikasi. Jarohatlarni o‘z vaqtida davolash, birinchi navbatda birlamchi 
xirurgik ishlov berish, mahalliy yallig‘lanish jarayonlarini kechiktirmasdan 
davolash va organizm ximoya kuchlarini oshirishdan iborat. 
Dispanserizatsiya: o‘tkir sepsisda 1 yil, surunkali sepsisda 5 yil, septik 
endokarditda butun umr. 

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish