xurujlar
– surunkali
tonzillit, gaymorit, karies tishlar, o‘t va nafas yo‘llari surunkali yallig‘lanish
239
kasalliklar, kriptogen sepsisda esa infeksiyaning kirish darvozalari noma’lum
bo‘ladi.
Sepsisda
birlamchi o‘choqning yallig‘lanish jarayoniga ta’siri.
Yuz sohasidagi,
ichki a’zolar va bo‘shliqlardagi jarayonlar ayniqsa xavfli hisoblanadi. Yiringli
o‘choqning drenajlanish darajasi va bo‘shliq atrofidagi barer to‘qimalarning
himoya darajasi hal qiluvchi omillardandir. Infeksiya gematogen yo‘l bilan
tarqalgan holatlarda yiringli tromboflebitlar yoki periflebitlar rivojlanadi,
infitsirlangan embollar esa ikkilamchi yiringli metastazlarga sabab bo‘ladi
(stafilokokkli infeksiyada ular asosan o‘pkalarda, suyak ko‘migida, buyraklarda;
streptokokkli infeksiyada bo‘g‘imlarda va o‘pkalarda; pnevmokokkli infeksiyada
esa bosh miya pardalarida joylashadi).
Limfogen yo‘l bilan tarqalishida esa infeksiya limfatik to‘siqni engib o‘tishi
zarurligi sababli sepsis sekin kechadi. Sepsis rivojlanish jarayonida birlamchi
jarayon ba’zan kamayishi, ba’zan esa yo‘qolishi ham mumkin. Lekin bu holat
jarayonning keyingi rivojlanishiga umuman ta’sir qilmaydi degan gap emas.
Bunday holatlarda klinik jihatdan yiringli metastatik o‘choqlar asosiy o‘rinni
egallaydi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan birlamchi yallig‘lanish o‘chog‘iga
ikkilamchi nazar bilan qarash noto‘g‘ri bo‘ladi, chunki organizmni sensibillovchi
patologik impulslarning sababi birlamchi yallig‘lanish o‘chog‘i bo‘ladi.
Organizm reaktivligiga ta’sir qiluvchi omillar: markaziy nerv tizimining holati,
endokrin
tizimi,
bemorlarning
yoshi,
qon
aylanishining
buzilishlari,
retikuloendotelial tizimning fagotsitar faoliyati.
Oxirgi yillardagi izlanishlarning ko‘rsatishicha qonda bakteriyalarni topilishi
hali bu sepsis degani emas. Qon bir pasda mikroblardan tozalanishi mumkin
(fagotsitoz, jigar va buyraklarning zararsizlantirish faoliyati), ammo sepsisning
klinik manzarasi yo‘qolmaydi. Keskin ifodalangan sepsis holatlarida har doim ham
qonda mikroblar topilavermaydi. Ba’zi bir yuqumli kasalliklarda (qorin tifi,
qaytalama tif, gripp) yoki mahalliy yallig‘lanish kasalliklarida qonda mikroblar
topilishi mumkin, ammo sepsisning klinik manzarasi yo‘q bo‘ladi. Bu holda qonda
mikroblar ko‘paymaydi, lekin butun organizm bo‘ylab aylanib yuradi.
240
Mikroblar yallig‘lanish o‘choqlarida ko‘payadi. Vaqti kelib esa ular qon
oqimiga tushib, septik embollar holida limfatik to‘siqlardan o‘tadi. Yallig‘lanish
o‘chog‘idagi mikroblarning endo- va ekzotoksinlari organizmga to‘xtovsiz ta’sir
qilib turadi. Toksinlar o‘z navbatida a’zo va to‘qimalarda o‘zgarishlarga sabab
bo‘ladi, ular esa jigar, o‘pka, taloq, bosh miya, buyraklar, teri osti va suyaklarda
ikkilamchi yallig‘lanish o‘choqlarini rivojlanishiga olib keladi.
Bakteriologik jihatdan sepsisni, jarayonni tarqalish vaqtida, tana haroratining
baland ko‘tarilib, titroq tutgan paytda tasdiqlash mumkin. To‘qimalarning
parchalanish mahsulotlari jarayonning tarqalish jarayonida biologik faol moddalar
(gistamin, serotonin) miqdorining qonda baland bo‘lishini ta’minlaydi va
sepsisning avj olishiga olib keladi. To‘qimalarda gipoksiya va anoksiya holati
rivojlanadi, natijada esa septik shok holati rivojlanishi mumkin. Shokning
rivojlanishida buyrak usti beziga ta’sir etib, katexolaminlarning ko‘p miqdorda
ajralishiga, keskin kapillyarospazmga va mikrotsirkulyasiyaning buzilib to‘qimalar
gipoksiyasi va qonning depolanishiga olib keluvchi endotoksinlar katta ahamiyatga
ega.
Sepsisda organizmning sensibilizatsiyaga reaksiyasi uch xil bo‘ladi:
1) Normergik reaksiya uchun yallig‘lanishning yaqqol ifodalangan manzarasi xos
bo‘lib, sepsis odatda yiringli metastazlar bilan kechadi;
2) Giperergik reaksiya uchun tez, keskin avj olish xos bo‘lib, destruktiv va
degenerativ o‘zgarishlar, yiringli metastazlar odatda bo‘lmaydi;
3) Anergik reaksiya uchun sust ifodalangan yallig‘lanish jarayonlari xos,
immunitet kuchli bo‘lgan holatlarda kuzatiladi. Bunda sepsis yiringli
metastazlarsiz kechadi.
Patologoanatomik manzarasi.
Sepsisning spetsifik morfologik o‘zgarishlari
bo‘lmasdan, ikkilamchi nospetsifik o‘zgarishlar kuzatiladi; Autopsiya paytida
olingan bakteriologik ekmalarda doim ham sepsis tasdiqlanavermaydi. Odatda
yiringli tromboflebitlar va periflebitlar, to‘qimalarning yiringli emirilishi, a’zo va
to‘qimalarga qon quyilishlar, ichki a’zolarda degenerativ o‘zgarishlar, sepsis
ikkilamchi metastazlar bilan kechgan hollarda esa teri osti kletchatkasida, a’zo va
241
bo‘shliqlarda ko‘p sonli abssesslar aniqlanadi. Taloq qonga to‘lishgan,
kattalashgan, kesib ko‘rganda septik qirindi aniqlanadi. Mikroskopik tekshiruvda
taloq pulpasining proliferatsiyasi, gemolizga uchragan eritrotsitlarning qobiqlari,
va hujayralar nekrozi ko‘rinadi. Limfa tugunlarining kattalashuvi, nekrotik yiringli
o‘zak saqlovchi tanglay murtaklarining shishganligi xarakterli. Jigarda stromaning
yallig‘lanishi ko‘rinishida septik gepatit manzarasi, buyraklarda nekrotik nefroz va
septik nefrit aniqlanadi. Miyada shish, miya pardalariga qon quyilishi, ikkilamchi
meningit va ensefalit topiladi. O‘pkalarda gemorragik yallig‘lanish belgilari, ichki
a’zolarda esa ko‘p sonli abssesslar topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |