Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

Profilaktikasi.
 
Asosiy profilaktik tadbirlar bu jarohatlarga erta muddatlarda 
ixtisoslashgan ishlov berish: jarohat chekkalarini kesib olish, yot jismlarni olib 
tashlash, jarohat cho‘ntaklarini kesib ochish. Jarohatga kislorod etib borishini 
jarohat orqali, qon orqali ham ta’minlab berish zarur va bunday profilaktika usuli 
nospetsifik deyiladi. Bu usulga oqayotgan qonni to‘xtatib, oyoq qo‘llarni yaxshilab 
immobilizatsiya qilish va to‘g‘ri trnsportirovka qilish ham kiradi. Spetsifik 
profilaktika ayniqsa suyaklar sinishi va tomirlar shikastlanishi bilan ezilgan 
ifloslangan ko‘r jarohatlar bo‘lgan barcha holatlarda vena ichiga yoki mushak 
orasiga gangrenaga qarshi zardoblar yuborishdan iborat. Spetsifik profilaktikani 
ayniqsa ko‘p miqdorda mushaklar shikastlangan holatlarda, oyoqlarni sovuq urgan 
holatlarda o‘tkazish zarur. Bunday holatlarda gangrenaga qarshi uchta 


253 
komponentdan: anti Perfringens – 10 000 ME, anti Oedematiens – 10 000 ME i 
anti Vibrion septicus – 10 000 ME iborat zardob 30 000 AE dozada yuboriladi.
Histoluticus mustaqil ravishda gazli gangrenani chaqirmasligi tufayli unga qarshi 
profilaktik maqsadda zardob yuborilmaydi.
Hozirgi vaqtda instrumentlarni sterillash uchun ishlatilganidan keyin maxsus 
6% li vodorod peroksidi va 0,9% li yuvuvchi vosita (kukun) dan tashkil topgan
eritmaga 1 soat mobaynida solib qo‘yiladi, keyinchalik esa shu eritmada shyotka 
bilan yuviladi va 90 daqiqa davomida qaynatiladi. Keyingi sterilizatsiya esa 
odatdagi usulda davom ettiriladi.
Davolash.
 
Davolash tadbirlarini uch guruhga bo‘lish mumkin. Xirurgik 
davo: teri, fassiya, mushaklarni suyakkacha kesishni (lampas kesimlar) o‘z ichiga 
oladi, bunda limfa yo‘llarini ko‘ndalang kesish, jarohat bo‘ylab zararlangan 
mushaklarni va nekrotik to‘qimalarni kesib olib tashlash, oyoq qo‘llarni sog‘lom 
to‘qima chegarasidan Gilotin usulida choklar qo‘ymasdan amputatsiya qilish 
tavsiya qilinadi. Spetsifik davo juda zarur ahamiyatga ega. Vena ichiga gangrenaga 
qarshi zardobdan kuniga 320-480 AE dan 3-4 kun davomida yuborish tavsiya 
etiladi. Maxsus zardoblarni vena ichiga bemor ahvolining og‘irligiga va patologik 
jarayonning tarqalganligiga qarab har 6-8 soatda yuborib turiladi. Shu bilan bir 
qatorda bakteriofagni ichishga berish ham mumkin. Gangrenaga qarshi zardobni 
yuborishdan oldin desensibilizatsiyalovchi terapiya o‘tkaziladi: vena ichiga yoki 
peroral 40
o
S li alkogol eritmasi beriladi, antigistamin vositalar va narkotik vositalar 
teri ostiga yoki vena ichiga yuboriladi. Aks hollarda bemorlarda anafilaktik shok 
rivojlanishi mumkin. Nospetsifik davo organizmning intoksikatsiyasiga qarshi 
yunaltirilgan bo‘lishi, jarohatda anaerob mikroblarning o‘sishi va rivojlanishiga 
qarshi, yurak qon tomir sistemasi a’zolari, qon hosil qiluvchi a’zolar va 
parenximatoz a’zolar faoliyatini yaxshilashga qaratilgan bo‘lishi lozim. Shu 
maqsadda penitsillinning natriyli tuzi kuniga 80 mln ED gacha 250 000 
olimorfotsiklin bilan birgalikda 2-3 marta, ristomitsin bilan birgalikda 50 000 ED 
dan kuniga 2 marta yoki boshqa antibiotiklar bilan birgalikda yuboriladi. Har kuni 
250 ml dan qon quyish, vena ichiga fiziologik va glyukoza eritmalarini, qon o‘rnini


254 
bosuvchi suyuqliklarni quyish zarur. Bemor kun davomida 3 dan 4 litrgacha 
suyuqlik olishi kerak. Bularning hammasi organizmga kardiotoniklar, vitaminlar 
(V
1
, V
6
, V
12
, S) bilan birgalikda yuborilishi kerak. Ovqatlar yuqori kaloriyali va 
vitaminlarga boy bo‘lishi kerak. 

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish