Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

Qoqsholning tasnifi
.
Kirish darvozalariga ko‘ra:
jarohatdan keyingi, kuyishdan 
keyingi, in’eksiyadan keyingi, operatsiyadan keyingi, tug‘uriqdan keyingi, 
chaqaloqlar qoqsholi. 
Tarqalishi va joylashuviga ko‘ra:
umumiy yoki generalizatsiyalashgan, oyoq 
qo‘llar, tana qoqsholi, aralash joylashgan qoqshol 
Mahalliy qoqshol engil kechishi bilan ajralib turadi va jarohatlar sohasida 
ko‘proq namoyon bo‘ladi. Tetanospazminning orqa miya harakat markazlariga bir 
tekis ta’sir qilmasligi natijasida mahalliy tutqanoqlar paydo bo‘ladi.
Klinik kechishiga ko‘ra:
keskin kechuvchi o‘tkir, surunkali, keskin ifodalangan va 
yashirin qoqshol. 
Og‘irlik darajasiga ko‘ra:
engil, o‘rta og‘irlikdagi, o‘ta og‘ir turlari. 
Klinik manzarasi.
 
Prodromal davrda bosh og‘rishi, umumiy holsizlik, ko‘p terlash, 
noaniq og‘riqlar va jarohat atrofidagi mushaklarning engilgina tortishishlari, 
chaynov mushaklarining tezda charchab qolishi kuzatiladi. Kasallikning asosiy 
simptomi skelet mushaklarining tonik va klonik qisqarishlari hisoblanadi. Tonik 
qisqarishlar uzoq vaqt qisqarishlar bilan namoyon bo‘lsa, klonik qisqarishlar esa 
mushaklar qisqarish va bo‘shashishlarining almashinib turishi bilan namoyon 
bo‘ladi. Kasallik birdaniga boshlanadi. Chaynov va yuz mushaklarining tirishishi 
bilan boshlanib, ensa mushaklarida rigidlik paydo bo‘ladi. Jag‘ mushaklarining 


256 
tonik qisqarishi – trizm tufayli bemor og‘zini ocha olmaydi. Mimika 
mushaklarining spastik qisqarishi natijasida o‘ziga xos so‘lg‘in kulgu – sardonik 
kulgu paydo bo‘ladi. Peshona va lunjlarida chuqur ajinlar – facies tetanica paydo 
bo‘ladi. Sardonik kulgudagi bemorning ko‘rinishi (105-rasm): peshona, burun 
qirrasi va og‘iz burchagi mushaklari taranglashgan, yuzi so‘lg‘in azoblangan 
ko‘rinishda. Bo‘yinning to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ich va teri osti mushaklari ham 
taranglashgan. Bu qoqsholning og‘ir turi ekanligidan dalolat beradi.
 
 
105-rasm. Istexzoli (sardonik) kulish. 106-rasm. Qoqsholda ro‘y beradigan 
opistotonus. 
Mushaklar qisqarishlari tezda bo‘yin, tana va oyoq qo‘llarga ham tarqaladi. 
Tutqanoq xurujlari birin ketin takrorlanadi va qasqargan mushaklarda keskin 
og‘riqlar bilan namoyon bo‘ladi. Mushaklarning keskin ko‘zg‘aluvchanligi oshgan 
bo‘lib, arzimagan ta’sirotlardan ham (ovoz, yorug‘lik nuri, teginish) qisqarishi 
mumkin. Skelet mushaklarining tonik qisqarishlaridan bemorning o‘ziga xos holati 
rivojlanadi: bemor choyshabga faqat tovon va ensa sohalari bilan tegib turadi, 
tanasi esa yoysimon ko‘rinishda yuqoriga ko‘tarilgan bo‘ladi. Bemorning bu holati 
opistotonus deyiladi (106-rasm). Mushaklarning qisqarishlari bemorlarning tezda 
holdan toyishiga olib keladi. Mushaklar qisqarishlarning oralig‘ida ham 
mushaklarning bo‘shashishi kuzatilmasdan, balki ularning taranglashuvi ko‘zga 
tashlanadi. Boshlanishida mushaklarning qisqarishlari qisqacha, bo‘lib bir necha 
daqiqagacha davom etadi, lekin vaqt o‘tishi bilan bu qasqarishlarning davomiyligi 


257 
uzayib boraveradi. Ba’zan mushaklarning qisqarishlari shu darajada keskin bo‘lishi 
mumkinki bunda mushaklar uzilib, suyaklar sinib, umurtqa suyaklari tanasining 
kompression sinishigacha borib etadi. Agar qisqarishlar nafas mushaklarigacha 
tarqalsa, bemorning nafasi buzilib asfiksiya ro‘y beradi va bemorning o‘limiga 
sabab bo‘lishi mumkin. Ko‘rsatib o‘tilgan asoratlardan (asfiksiya, mushaklarning 
uzilishi, suyaklarning sinishi) tashqari o‘pka atelektazi va aspiratsion pnevmoniya, 
yiringli traxeit va traxeobronxitlar rivojlanishi mumkin. Odatda bemorlarning 
hushi saqlangan bo‘lib, tezda tana harorati ko‘tarila boshlaydi, taxikardiya 
kuchayadi. Keskin terlash, ichak va siydik tutilishi kuzatiladi. Kasallikning yashin 
tezligidagi turlarida 1-2 kunlarda mushaklar qisqarishining cho‘qqisida o‘lim sodir 
bo‘ladi.
Ba’zi hollarda qoqsholning kechki turlari retsidiv kuzatiladi. Bu holatlar 
mudrab yotgan infeksiyaning faollashuvi tufayli yuz beradi. Bunda sekin astalik 
bilan holsizlik rivojlanadi va mushaklar taranglasha boradi. Bemorlarning tana 
harorati subfebril yoki ma’yorida bo‘lishi mumkin. Odatda kasallik bir necha hafta 
yoki oylab davom etishi mumkin va sog‘ayish bilan tugaydi.

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish