)
,
(10)
bu yerda - parametr «bozorning to‘yinishi» bo‘lib, ishlab
chiqarilayotgan turmahsulotga bo‘lgan talab pasayishining
“jadalligi” bilan izohlanuvchi xususiyati.
Shuning uchun ham raqobatli bozor sharoitlarida investitsiya
dinamikasi tenglamasi nochiziqli tenglamalar orqali ifodalanadi.
Investitsiya loyihasida jamg‘arish funksiyasining qiymati
x(t)
bozorning to‘yinish sharoitida birinchi tartibli nochiziqli differensial
tenglama bilan ifodalanadi:
(11)
Tenglamadan
ko‘rinib
turibdiki,
parametr
samarali
boshqaruvchi parametr hisoblanadi.
qiymat tizimning kritik
holatiga mos keladi, chunki kichik bo‘lishi yoki nol qiymatga ega
bo‘liish mumkin.
0 qiymat tizimning kritik darajadan past
holatda ekanligini,
0 qiymat esa yuqoriligini anglatadi. Aytaylik,
boshlang‘ich vaqt momentida
t
= 0 xarajatlar daromaddan ortiqcha
bo‘lgan, demak,
aksincha
t
= 0 momentda teskari vaziyat
yuzaga kelgan bo‘lar edi, shu boisdan ham
0.
(12)
Kapitalning o‘sish prognozini o‘rganish maqsadida dastlab
x
ningS o‘zgaruvchan jarayonlarini
holatlarda yakuniy vaqt
momentida
. parametr o‘zgarishi orqali kuzatish mumkin.
Dastlab soliqqa tortish amaliyoti ko‘zda tutilmagan holda va
t
= 0
vaqt momentida
x
=
boshlang‘ich kapital kiritilgan shart ko‘rib
chiqiladi. Boshlang‘ich kapitalning nol qiymatida jamg‘arish
funksiyasi
t
vaqt davomida nolga teng qiymatni qabul qiladi
(11) tenglama o‘zgarmas yechimga ega bo‘ladi:
(13)
Iqtisodiy nuqtai nazardan
mazkur loyihada kapitalning
chegaraviy qiymatini o‘zida aks ettiradi. Shu tarzda bozorning
to‘yinish parametri quyidagi tenglik orqali ifodalanadi:
(14)
Jamg‘arish funksiyasining investitsion loyihaning dastlabki
kapitaliga bog‘liqligini ko‘rib chiqamiz. Bu yerda gap investitsion
355
loyihasida aynan bir investor muayyan miqdordagi dastlabki
kapitalni kiritishi yoki turli investorlar aynan bir loyihaga o‘zaro
mustaqil holda kapital kiritishi haqida ketadi.
Ushbu jarayonning yechimga ega bo‘lgan o‘zgarmas funksiyasi
va qiymatlari sonli usullardan foydalanilgan holda (11) tenglamаga
bog‘liq holda turlicha ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin.
Bundan kelib chiqqan holda xulosa qilishimiz mumkinki,
boshlang‘ich kapital hajmining chegaraviy qiymatdan katta bo‘lishi
kelgusida ushbu loyihaning qo‘shimcha foyda olib kelishiga olib
kelmaydi, faqatgina o‘zini oqlamaydigan xarajatlardan iborat
bo‘ladi. Dastlabki kapitalning kam miqdorlarida
(
ning istalgan qiymatida yetarlicha uzoq muddat davomida foyda
olish mumkin, aksincha, dastlabki kapitalning katta miqdorlarida
(
o‘zini oqlamaydigan xarajatlar hisobiga nisbatan qisqa
muddat foyda olish mumkin bo‘ladi.
(11)
tenglamaning o‘zgarmas yechimining barqarorligini
tenglamaning o‘ng qismini yechish orqali hisoblab chiqish mumkin.
Tadqiqot ishida (11) tenglamaning yechimi (mazkur investitsiya
loyihasida kapitalning chegaraviy qiymati) barqaror ekanligi
ko‘rsatib berilgan.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan nochiziqli model boshqaruvchi
parametr bozorning to‘yinish parametri
ning soliqqa tortish
amaliyoti ko‘zda tutilmagan hollarda investitsion jadallik dinamika-
sini xolis ifodalash imkonini beradi. Mazkur modelga soliq chegir-
malarini kiritish orqali soliq stavkasining investitsion loyihaning
jamg‘arish funksiyasiga ta’sirini ifodalash imkonini beradi.
Doimiy soliqlar sharoitida vaqt birligi ichida xarajat omilla-
rining doimiy soliq ko‘rsatkichiga ta’siri hisobga olinadi. Chunki,
muayyan vaqt oralig‘ida daromadlar va xarajat omillarining o‘sishi
o‘rtasidagi tafovut
orqali ifodalanadi.
Doimiy soliqlar ushbu investitsiya loyihasida kapitalning
chegaraviy qiymati – ning chiziqli qonuniyat bo‘yicha kamayishi-
ga olib keladi va belgilangan muddat – vaqt momentida giperbola
funksiyasi orqali ifodalanadi. Shu tarzda investitsiyaning jamg‘arish
funksiyasi o‘sishi soliq stavkalari ortishi bilan keskin oshadi.
356
Shunday qilib, doimiy soliqlar investitsiyalarning jamg‘arish
funksiyasi o‘sish sur’atini pasaytiradi va mazkur loyihada kapitalning
chegaraviy qiymatini nolga teng bo‘lishiga olib keladi.
Investitsiya loyihasida kapitalning chegaraviy qiymati soliq
stavkasi ortishi bilan chiziqli kamayadi,
bo‘lganda nolga teng
bo‘ladi.
Iqtisodiy o‘sish dinamikasini o‘rganishga qaratilgan aksariyat
ilmiy ishlarda asosiy e’tibor o‘zgaruvchan jarayonlarni tadqiq
qilishda tizimlarning o‘zgarmas holatda deb faraz qilishdir
(«optimistik prognozlar»). Biroq iqtisodiy loyihalar jamg‘arish
funksiyasining haddan ortiq soliq yuki ta’sirida pasayishini tadqiq
qilish ham alohida ahamiyatga ega.
Mazkur vaziyatda investitsiyaning jamg‘arish funksiyasi
dinamikasini tadqiq qilish asnosida ayrim loyihalarda
para-
metrning
va
holatlarda o‘zgarishi bilan soliqqa
tortishning keskin ortishi kuzatiladi.
Sonli hisoblash usullari o‘tkazilganda va boshqaruvchi
parametrlarning
grafigi
bozorning
to‘yinish
koeffitsiyenti
quyidagicha bo‘ladi
.
(15)
Uzluksiz moliyaviy oqimlar tushumi sharoitida jamg‘arish
funksiyasi vaqt o‘tishi bilan jarayon boshida keskin o‘sish, keyin esa
pasayishi kuzatiladi, oxir-oqibat o‘zining o‘zgarmas qiymatiga
asimptotik yaqinlashadi. Iqtisodiy nuqtai nazardan bu qiymat mazkur
investitsiya loyihasida kapitalning chegaraviy qiymatiga mos keladi.
Aksincha uzluksiz moliyaviy oqimlar tushumi mavjud
bo‘lmagan vaziyatlarda doimiy soliqlar orqali vaqt birligi ichida
xarajatlarning ortishi kuzatiladi, natijada vaqt birligi ichida
daromadlar va xarajatlar omillari o‘sishi o‘rtasidagi tafovut
teng bo‘ladi va tenglamaning dinamikasi saqlanib qoladi (11).
Bozor muhiti soliq tizimini takomillashtirishning yangi yon-
dashuvlarini talab etadi. Soliqlar orqali ta’sir qilish boshqaruvning
iqtisodiy usullaridan biri sifatida davlat manfaatlari va turfirma-
larning tijorat manfaatlarini uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi. Milliy
iqtisodiyotni tahlil qilishni soddalashtirish maqsadida uni ikki
sektorga bo‘lish mumkin: ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar.
357
Ishlab chiqaruvchilar – bu korxonalar, turli turfirmalar, tashkilot va
muassasalar, fermer xo‘jaliklari va shu kabilarni o‘z ichiga olib, tovar
va xizmatlar yaratuvchi barcha iqtisodiy obyektlardir. Ishlab
chiqaruvchilar o‘z faoliyatida ishlab chiqarish, faraz qilganimizdek,
iste’molchilarga tegishli bo‘lgan turli resurslardan foydalanadilar.
Ushbu resurslardan foydalanganlik uchun esa iste’molchilar uchun
ma’lum to‘lovlar amalga oshiriladi. Bu kabi to‘lovlarning yig‘indisi
yaxlit holda milliy daromadni tashkil qiladi.
Soliqlar zamonaviy davlatchilikning amal qilishining asosi
hisoblanadi, shuning uchun iqtisodiyotni tartibga solishda soliqqa
tortish oqibatlarini puxta tahlil qilish va prognozlash maqsadga
muvofiq. Bunday prognozlash amaliyoti uchun soliqlar orqali
tartibga solishning samaradorligini baholash mezonlari va
vositalarini aniqlab olish talab qilinadi.
Aksariyat investitsion zonalar uchun turli soliq imtiyozlari
taklif qilinadiki, O‘zbekistonning istalgan hududida mahalliy
imtiyozlarni ko‘zda tutadi. Xorijiy investorlar 100% xorijiy
investitsiya asosida tashkil qilingan korxonalar va qo‘shma
korxonalar qaerda joylashishidan qat’iy nazar ikki yil mobaynida
foyda solig‘idan ozod qilinadi. Bunda dastlabki bir yilda to‘laligicha,
keyingi ikki yilda esa 50% imtiyozga ega bo‘ladi.
Turli shakldagi investitsion zonalar uchun shu kabi soliq
imtiyozlari taklif etiladi. Bunday vaziyatda mavjud infratuzilmaning
sifati,
mijozlarga
yaqinligi,
aeroport
va
kommunikatsiya
tarmoqlariga yaqinligi, arzon ishchi kuchini yollash imkoniyati, yer
qiymatining miqdori va biznes bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa
omillarni e’tiborga olish zarur.
Turizm xizmatlar bozorida xususiy investitsiya zonalari
investorlar uchun o‘ziga xos stimul bo‘lib, bir vaqtning o‘zida
mamlakatning mahalliy darajada hududlar iqtisodiyotini qay
darajada rivojlantirayotganligini baholashga qaratilgan barometr
hamdir. Ayrim soliq imtiyozlarini qayta ko‘rib chiqish va bekor
qilish masalalari ko‘rib chiqilayotganligiga qaramasdan xususiy
investitsiya zonalari mamlakat iqtisodiyotida muhim rol o‘ynaganligi
bois ushbu imtiyozlarni saqlab qoladi. O‘zbekisonda turistik
358
destinatsiyalariga hozirdanoq yangi investitsion zonalarni tashkil
qilishda uzoq muddatli jozibador soliq imtiyozlari taklif qilinmoqda.
Tadqiqot ishida turizm xizmatlar bozorida investitsion zonalar
va ularga taklif etilayotgan soliq imtiyozlarining quyidagi afzallik
jihatlarini taklif qilamiz:
- 2025-yil 31-dekabrga qadar turistik korxonalarning turmahsulot
yaratish va boshqa shu kabi tadqiqotlaridan olinadigan foydani
daromad solig‘i va korporatsiyalar solig‘idan ozod qilish;
- 2025-yil 31-dekabrga qadar xususiy investitsion zonalarda
yaratilgan dasturiy vositalarni sotishdan tushgan foydani QQS
to‘lovidan ozod qilish. Bunda dasturiy ta’minotlarga boshqaruv,
ma’lumotlarni boshqarish, tijorat masalalarini hal qilishga qaratilgan
dasturiy ilovalar, internet, mobil telefonlar, shuningdek, bronlash
tizimlari va tezkor boshqaruv tizimlari kiritiladi;
- 2025-yil 31-dekabrga qadar investitsion zonalarda ITTKI sohasi va
unga xizmat ko‘rsatuvchi personal ish haqini barcha turdagi soliq to‘-
lovlaridan ozod qilish. Bunda soliq to‘lovlaridan ozod qilingan ITTKI
xodimlar soni umumiy xodimlar sonining 10% oshmasligi kerak;
-
boshqaruvchi kompaniya ruxsati va Tashqi savdo va in-
vestitsiyalar Vazirligi ruxsati bilan turmahsulot yaratish bilan bog‘liq
investitsiyalarni amalga oshirish, xususiy investitsiya zonalarida
ITTKI sohasida loyihalarni amalga oshirish mumkin bo‘ladi.
-
2025-yil 31-dekabrga qadar xodimlarning ijtimoiy sug‘urta
badallari 50 % davlat tomonidan qoplanishini tashkil qilish.
Shunday qilib, doimiy jadallik sur’atiga ega moliyaviy oqimlar
investitsiyalar dinamikasida samarali boshqaruvchi parametrlar
ahamiyatli bo‘ladi.
Shu bois, hududning xorijiy investitsiyaga bo‘lgan ehtiyoji va
imkoniyati haqida yetarli ma’lumotlarga ega bo‘lish, qulay soliq,
turizm infratuzilmasini rivojlantirish siyosatini olib borish,
kafillik-kafolat mexanizmlarining ishlab chiqilishi hamda taraqqiy
etgan moliya-investitsiya tuzilmalarini yaratish – hududlarga xorijiy
investitsiyalar jalb qilishga qaratilgan asosiy vazifalar hisoblanadi.
Shu tarzda turizm sohasida investitsiyalarga soliq yukining
ta’sir darajasini baholash, ushbu monitoring tizimi xorijiy va
mahalliy investitsiyalar oqimini nazorat qilishga qaratilgan.
359
Do'stlaringiz bilan baham: |