Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov



Download 8,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/257
Sana16.06.2022
Hajmi8,97 Mb.
#677101
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   257
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR

O‘qitish usullari: 
Talabalarni ma’ruza materiallari bilan 
tanishtirish, suhbat, mavzuni nazariy yoritish, savollarga javob 
berish. O‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini 
qo‘llash: aqliy hujum, taqdimot, dialog, Internet yordamida mavzuni 
qo‘shimcha yoritish.
1. Turizm sohasida investitsiyalarga soliq yukining ta’sir
darajasini baholash 
Mamlakatimizda keng ko‘lamli soliq islohotlarining amalga 
oshirilishi O‘zbekiston Respublikasida Soliq tizimini takomillash- 
tirish Konsepsiyasini qabul qilish bilan bog‘liq
20
. Uning asosiy 
_________________________ 
20
O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish to‘g‘risida. PF-5468. 29-iyun 2018- yil. 


345 
yo‘nalishlari Soliq kodeksi
21
va boshqa me’yoriy hujjatlarda, shu 
jumladan, yillik “budjet” parametrlarida o‘z aksini topmoqda
22

Ammo bu amaldagi islohotlarning yakuni emas. Uning davomi 
mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashga 
qaratilgan. 
Turizm sohasining rivojlanishiga ma’lum darajada to‘siq 
bo‘layotgan omillardan biri soliq tizimining mukammal emasligi, 
soliq yukining yuqoriligi hamda beqarorligidir. Ko‘pgina turfirmalar 
soliq tizimiga kiritilayotgan o‘zgarishlarga tezda moslasha 
olmayapti, davlat organlari esa soliq stavkalari va yukining ortishi 
natijasida tushumlarning kamayib ketishiga guvoh bo‘lmoqdalar. Bu 
ham o‘z navbatida amaldagi soliq tizimining murakkab jihatlaridan 
biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 
Turizm sohasida soliq tizimini takomillashtirishning yangi 
yondashuvlarini talab etadi. Soliqlar orqali ta’sir qilish 
boshqaruvning iqtisodiy usullaridan biri sifatida davlat manfaatlari 
va turfirmalarning tijorat manfaatlarini uyg‘unlashtirishga xizmat 
qiladi. Soliqlar bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotni 
boshqarishning samarali vositalaridan biri bo‘lib, uning yordamida 
mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati, jumladan, xorijiy 
investitsiyalarni jalb qilish, turfirmalarning xo‘jalik faoliyatini 
tartibga solish mumkin bo‘ladi. Turizm sohasida soliq tizimida 
investitsion qarorlarni qabul qilish, ayniqsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy 
investitsiyalarni jalb qilishda muhim omillardan biridir. Samarali 
tashkil qilingan investitsiya oqimi mamlakat iqtisodiyotida muhim 
makroiqtisodiy funksiyani bajaradi. Buning uchun mamlakatda 
investitsion jarayonlarni soliqlarni hisobga olmagan holda tahlil 
qilish va soliqlarning muntazam ravishda ortib borish tendensiyasida 
kuzatish lozim bo‘ladi. 
Turizm xizmatlar bozorida investitsion jarayonlar faqatgina 
qulay tovar-pul va mulkchilik munosabatlarida rivojlanadi. Davlat 
mulkining yangi iqtisodiy munosabatlarga moslashuvchan xususiy 
________________________
21
Soliq va byudjet siyosatining 2019-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati 
bilan 
O‘zbekiston Respublikasining 
ayrim 
qonun 
hujjatlariga 
o‘zgartirish va qo‘shimchalar 
kiritish to‘g‘rida. O‘RQ-508. 24-dekabr 2018-y.
22
O‘zbekiston Respublikasi 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat 
budjeti parametrlari hamda 2020-2021- yillarga budjet mo‘ljallanganlari to‘g‘risida. PQ-4086. 26- dekabr 2018- y. 


346 
mulk shakliga transformatsiyalashuvi ma’lum darajada xususiylash-
tirish orqali amalga oshiriladi. Turizm sohasida samarali mexanizmga 
aylangan investitsion jarayon investitsion resurslarning samarali taq-
simlanishini, uning eng istiqbolli va serdaromad hisoblangan tarmoq va 
sohalar (shu jumladan, turizm industriyasi va turistik biznes)ga 
konsentratsiyalashuvini, bir vaqtning o‘zida ushbu tarmoq va sohalar-
dan moliyaviy resurslarning boshqa turdosh tarmoq va sohalarga 
harakatlanishi bilan bog‘liq makroiqtisodiy funksiyani bajaradi.
Shu munosabat bilan turizm xizmatlar bozorida investitsiyalar 
amaliy imkoniyatlarga ega moliyaviy kanal hisoblanib, jamg‘arma 
iqtisodiyotning real sektorlariga qaytimini ta’minlab beradi. Shu 
bilan birga turizm sohasida investitsiyalarni soliqlar orqali 
rag‘batlantirish investorlarga o‘z kapitalini kengaytirish imkoniyatini 
yaratib beradi. Davlat tomonidan ko‘rsatiladigan soliq imtiyozlaridan 
biri bu korxonalarning foyda solig‘idan voz kechishi hamda uning 
ma’lum qismini davlat budjetidan korxona ixtiyorida qoldirishidir. 
Investitsiya kiritish natijasida kutilayotdan favqulodda foyda soliq 
imtiyozlarining samarasizligiga olib keladi. Bu, ayniqsa, turizm 
sohasida mavsumiylik bilan bog‘liqdir. Soliq imtiyozlari bevosita 
yo‘naltirilmagan shaxslarning ham rag‘batlantirilishiga olib kelishi 
mumkin va bu o‘z navbatida foyda solig‘idan voz kechish bilan 
bog‘liq xarajatlarning ortishiga olib keladi. Aksariyat hollarda soliq 
imtiyozlari ko‘zda tutilgan asosiy faoliyat turi faoliyatni kengaytirish 
maqsadida emas, balki soliq imtiyozlaridan foydalanishni ko‘zda 
tutilishini yaxshi bilish lozim. Hattoki maqsadli yo‘naltirilgan soliq 
imtiyozlari ham kelgusida ulardan boshqa maqsadlarda foydala-
nishga turtki beradi. Soliq imtiyozlari ko‘zda tutilmagan faoliyat 
turlari bilan shug‘ullanuvchi korxonalar ham oxir oqibat soliq 
imtiyozlariga ega faoliyat turlarini joriy etish imkonini topishadi. 
Investitsion faoliyatni soliqlar orqali rag‘batlantirishda turistik 
korxona va tashkilotlar foyda solig‘idan ozod qilinadi va foydani o‘z 
faoliyatida ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlarni 
kengaytirish va rivojlantirish uchun investitsiya sifatida yo‘naltiradi.
Turizm xizmatlar bozorida soliq siyosatining investitsiyalarga 
ta’sirini o‘rganish iqtisodiy adabiyotlarda yetarli darajada yoritilgan. 
Ayniqsa, moliya, makroiqtisodiyot sohasiga oid ilmiy tadqiqotlarda, 


347 
jumladan Auerbach
23
, Boswort
24
, Cummins, Hassett, Hubbard
25

Harberger
26
, Feldstein
27
, Karzanova I.
28
tomonidan o‘rganilgan. 
Ko‘pgina ilmiy ishlarda soliq siyosati investitsion faoliyatni 
rag‘batlantirishi hamda kapital “quyilishi”ni ta’minlashi ilgari 
surilmoqda. Kompaniyalarning foydasi va mulkiga solinadigan 
soliqlar, soliqqa tortish maqsadida foyda miqdorini aniqlash 
uslubiyati va boshqa soliq qonunchiligi kompaniyalarning soliqlar 
to‘lagandan keyingi foydasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. 
Jorgensen, Siebert
29
soliqqa tortish amaliyotining investitsiya- 
larga ta’sirini ikkita yondashush orqali baholashni taklif qiladi. 
Birinchi yondashuvga ko‘ra jamg‘arish va investitsiya jarayonlarida 
ekonometrik modellashtirish taklif etiladi. Ularning fikricha, mazkur 
yondashuvning murakkab jihati – modelda soliq o‘zgarishlari, 
noaniqliklar, xarajatlarni korrektirovkalash va investitsion jadallikni 
to‘g‘ri ifodalay olishdir. Boshqa tomondan kuzatishlar sonining 
cheklanganligidir. Ya’ni mavjud ma’lumotlar va tahliliy manbalar 
aksariyat hollarda kelib chiqishi jihatidan ishonchliligi yuqori 
bo‘lmagan manbalardan olinadi. Bundan tashqari investitsiyalar va 
soliqqa tortish o‘rtasidagi bog‘liqlik ko‘p hollarda kompaniyalarning 
moliyaviy siyosatiga taalluqlidir. 
Ushbu paragrafda biz ikkinchi yondashuv, ya’ni turizm 
sohasida investitsiyalarga soliq yukining ta’sir darajasini baholash 
yoki samarali soliq stavkalari hamda ularning iqtisodiy faollikka 
ta’sirini baholashga to‘xtalib o‘tamiz. Samarali soliq stavkalari orqali 
soliq yukini baholash
30
— birinchidan, alohida firma darajasida yoki 
makroiqtisodiy agregatlar asosida hisoblab chiqilishi mumkin. Bu 
___________________________ 
23
Auerbach Alan J., Michael P. Devereux, and Helen Simpson, 2010, “Taxing Corporate Income,” in J. Mirrlees, 
S. Adam, T. Besley, R. Blundell, S. Bond, R. Chote, M. Gammie, P. Johnson, G. Myles, and J. Poterba (eds.),
Dimensions of Tax Design. Oxford: Oxford University Press, 837–893.
24
Bosworth, B. (1985) Taxes and Investment Recovery, Brookings Papers on Economic Activity 1, 1–38. 
25
Cummins, J.G., A.H. Kevin, and R.G. Hubbard (1995) Have Tax Reforms Affected Investment? in: J.M. 
Poterba, ed., Tax Policy and the Economy, vol. 9 (MIT Press, Cambridge). 
26
Harberger, A. (1966) Efficiency Effects of Taxes on Income From Capital, in: M. Krzyzaniak, ed., Effects of 
Corporation Income Tax (Wayne State University Press Detroit MI). 
27
Feldstein, M. (1995) The Effect of Marginal Tax Rates on Taxable Income: A Panel Study of the 1986 Tax 
Reform Act, Journal of Political Economy 103 (3), 551–572. 
28
Karzanova, I. (2002) Estimation of Effect of Taxation on Real Sector Investment in Russia: Calculation of 
Marginal Effective Tax Rates, HSE Economic Journal 6 (2) (Moscow: The Higher School of Economics Press). 
29
Jorgensen, D.W. and C.D. Siebert (1968) A Comparison of Alternative Theories of Corporate Investment 
Behavior, American Economic Review 58 (September), 681–712. 
30
Giannini, S. and C. Maggiulli (2002) The effective tax rates in the EU Commission study on corporate taxation: 
methodological aspects, main results and policy implications, CESifo Working Paper No. 666 (1). 


348 
o‘ziga xos o‘tmishga qaratilgan yoki “retrospektiv” makro yoki 
mikro yondashuvdir. Ikkinchidan, samarali soliq stavkalarini 
hisoblash tegishli ko‘rsatkichlar, ya’ni soliq yukining kelgusidagi 
investitsion loyihalarga ularning amal qilish muddati davridagi 
ta’sirini baholashga qaratilgan gipotetik (faraz qilingan) yondashuv. 
Ushbu ko‘rsatkichni investorning kelgusidagi xulq-atvorini 
baholashga qaratilganligi bois istiqbolga yo‘naltirilgan yondashuv 
deb hisoblashimiz mumkin. 
Istiqbolga 
turizm xizmatlar bozorida yo‘naltirilganlik 
yondashuvi asosida olingan hisob-kitoblar soliqqa tortish amaliyoti-
ning investorlar uchun qanday rag‘batlantirish va imtiyozlar berishi, 
aksincha, qanday xatarlarni keltirib chiqarishini ko‘rsatib beradi. 
Biroq soliqqa tortishning real iqtisodiy masalalari ko‘pgina omillarga 
bog‘liq. Soliqqa tortish – investorning qaroriga ta’sir ko‘rsatishi 
mumkin bo‘lgan ko‘pgina omillardan biridir. Shuning uchun ko‘zda 
tutilgan soliq imtiyozlari (xatari) kelgusida investor uchun imtiyoz 
(xatar) sifatida olib qaralishi lozim bo‘lgan iqtisodiy omil sifatida 
qaralishi maqsadga muvofiqdir. Masalan, loyihaning kutilayotgan 
foydaliligi, mulk huquqining barqarorligi. 
Tadqiqot 
ishining 
asosiy 
maqsadi 
turizm 
sohasida 
investitsiyalarga soliq yukining ta’sir darajasini baholashdir. Buning 
uchun King va Fullertonlar
31
tomonidan taklif qilingan hamda 
investitsion loyihalarni baholashda samarali soliq stavkalarini 
hisoblab chiqishga qaratilgan tadqiqotlardan keng foydalaniladi. 
Turizm sohasida soliq to‘lagunga qadar sof foyda me’yori 
(amortizatsiya ajratmalarisiz)ni 
p
bilan belgilaymiz. Bu muayyan 
investitsion loyihaning soliq to‘lagunga qadar foyda me’yorini 
ifodalaydi. Loyiha uy xo‘jaliklari tomonidan yoki turli “jamg‘arma” 
institutlari tomonidan moliyalashtiriladi. “Jamg‘arma” institutlari 
soliqqa tortish amaliyotidan so‘ng real foyda miqdori 
s
ga ega bo‘ladi. 
Soliq bo‘lakchasi
32
, ω, bu soliq tortishgacha va soliqqa 
tortilgandan keyingi foyda me’yori o‘rtasidagi farq, ya’ni 

31
King, M. and D. Fullerton, eds. (1984) The Taxation of Income from Capital: A Comparative Study of 
the United States, United Kingdom, Sweden, and West Germany (Chicago: University of Chicago Press). 
32
Soliq bo‘lakchasi (Tax wedge) – Laffer tomonidan kiritilgan iqtisodiy tushuncha. Ishlab chiqaruvchining 
tovarga sarflagan maksimal xarajatlari hamda iste’molchilar to‘lashga qodir bo‘lgan narx o‘rtasidagi tafovutni 
anglatadi. Mazkur tafovutni ishlab chiqaruvchilar aksariyat hollarda soliqlarni to‘lashga yo‘naltiradi. Amaliyotda 
asosan egri soliqlarni o‘zida aks ettiradi.
______________________ 


349 
Chegaraviy samarali soliq stavkasining chegaraviy qiymati, METR, 
“soliq klini”ni soliq to‘lagunga qadar real foyda me’yoriga 
bo‘linganiga teng:
(1) 
Chegaraviy samarali soliq stavkasining qiymati qanchalik katta 
bo‘lsa, soliq yuki shunchalik katta bo‘ladi va investitsion loyihaning 
korporativ va shaxsiy daromadlar uchun to‘lashi lozim bo‘lgan foyda 
miqdorini anglatadi. Ushbu ko‘rsatkichning manfiy qiymati esa 
“qoniqarsiz soliq yuki”ni anglatib, soliq tizimida davlat subsidiyasi 
mavjudligidan dalolat beradi. Agarda chegaraviy samarali soliq stav-
kasining qiymati “nol”ga teng bo‘lsa, u holda soliq tizimi chegaraviy 
samarali soliq stavkasi turli soliq yuki va korporativ darajadagi imtiyoz-
lardan iborat bo‘lsa-da, investor uchun na imtiyoz, na xatar yaratadi.
Faraz qilaylik, barcha chegaraviy investitsiyalar soliq 
to‘lagunga qadar bir xildagi foyda me’yori, ga ega bo‘lsin. 
Amaldagi soliq qonunchiligi foyda solig‘i va firmaning mulk solig‘i, 
asosiy va nomoddiy aktivlarga amortizatsiya ajratmalari, turli soliq 
chegirmalari va qonunchilikning boshqa maqsadlari uchun soliq 
to‘lagunga qadar va soliq to‘lagandan keyingi foyda me’yorini 
aniqlaydi. Investitsiyalarga soliq klini va chegaraviy samarali soliq 
stavkasini aniqlash uchun dastlab pul oqimlarini diskontlashning 
ichki sub’ektiv stavkasi aniqlanadi. Umuman olganda diskontlash 
stavkasi investitsiya kiritayotgan firma moliyaviy resurslaridan 
to‘lashga qodir bo‘lgan soliqqa tortilgandan keyingi nominal foiz 
stavkasini aks ettiradi. Agarda modelda loyihaning real foyda 
me’yori , tashqi tomondan berilayotgan bo‘lsa, u holda – soliq 
qoidalariga muvofiq loyihaning ko‘zda tutilgan qiymati 

da 
chegaraviy investitsiyaga sarflangan xarajatlarni aks ettiruvchi 
endogen kattalik 
ni aks ettiradi, ya’ni loyihaning amal qilish 
muddati davomida joriy qiymatlarda soliqqa tortilgandan keyingi 
olishi mumkin bo‘lgan foyda miqdorini bildiradi. 
(2) 
Diskont stavkasining qiymati nafaqat iqtisodiy parametrlarga, 
balki soliq qonunchiligida ko‘zda tutilgan elementlarga ham bog‘liq. 
Chegaraviy investitsiyalarga sarflar marjinal yondashuvga ko‘ra 
so‘nggi qo‘shilgan kapital qiymatidan soliq qonunchiligiga muvofiq 


350 
mazkur investitsiyaga kiritilgan subsidiyalar qiymatining (
A

chegirib tashlanganiga teng: ya’ni 
(3) 
Investitsion loyihaning qiymati kiritilgan investitsiyalardan 
kutilayotgan foydaning diskont oqimi (qiymati)ga teng.
Nominal foiz stavkasi 

Download 8,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish