Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov



Download 8,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/257
Sana16.06.2022
Hajmi8,97 Mb.
#677101
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   257
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR

 
4. Ijtimoiy soliq 
Ijtimoiy soliqni soliq to‘lovchilari (bundan buyon ushbu 
bo‘limda soliq to‘lovchilar deb yuritiladi) deb quyidagilar e’tirof 
etiladi: 
O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari; 
O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali 
amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan 
yuridik shaxslar, chet el yuridik shaxslarining vakolatxonalari va 
filiallari; 
Soliq kodeksning 408 va 409-moddalarida nazarda tutilgan 
tartibga muvofiq ijtimoiy soliq to‘laydigan jismoniy shaxslarning 
ayrim toifalari. 


340 
Ish beruvchining xodimlar mehnatiga haq to‘lashga doir 
xarajatlari ijtimoiy soliqning (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq 
deb yuritiladi) soliq solish obyektidir. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik 
xodimlar bilan ta’minlash yuzasidan xizmatlar ko‘rsatishga doir 
shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi norezidenti bo‘lgan 
yuridik shaxsga to‘lanadigan chet ellik xodimlarning daromadlari 
ham soliq solish obyektidir.
Jismoniy shaxslarning ayrim toifalari uchun ular tomonidan 
tadbirkorlik faoliyatini va (yoki) yakka tartibdagi mehnat faoliyatini 
amalga oshirish soliq solish obyektidir. 
Quyidagilar soliq solish obyekti hisoblanmaydi: 
ish beruvchining xodimga mehnatda mayib bo‘lganligi yoki 
sog‘ligiga boshqacha shikast yetganligi bilan bog‘liq zararning 
o‘rnini qoplash tarzidagi, Soliq kodeks 369-moddasi ikkinchi 
qismining 10-bandida ko‘rsatilgan miqdorlardan ortiqcha xarajatlari; 
paxta yig‘im-terimi bo‘yicha mavsumiy qishloq xo‘jaligi 
ishlariga jalb qilingan jismoniy shaxslarning bu ishlarni bajarganligi 
uchun mehnat haqi to‘lashga doir xarajatlar. 
Soliqni hisoblab chiqarish uchun soliq bazasi Soliq kodeksning 
371-moddasiga muvofiq to‘lanadigan xarajatlar summasi sifatida 
aniqlanadi. 
O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va 
konsullik muassasalari xodimlari, shuningdek, O‘zbekiston Respub-
likasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo 
tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga 
yuborilgan shaxslar uchun soliqni hisoblab chiqarish maqsadida soliq 
bazasi ularning O‘zbekiston Respublikasida budjet tashkilotlari 
xodimlari uchun ish haqi miqdorining oshishi inobatga olingan holda 
qayta hisoblab chiqariladigan, ular O‘zbekiston Respublikasi 
hududidan tashqariga ishga yuborilguniga qadar oxirgi ish joyida 
mehnatga haq to‘lash tarzida olgan daromadlaridan kelib chiqib 
aniqlanadi. 
Soliq kodeks 403-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan 
daromadlar bo‘yicha soliqni hisoblab chiqarish uchun soliq bazasi 
chet ellik xodimlarga to‘lanadigan daromadlar summasi sifatida, 


341 
biroq O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik 
xodimlar bilan ta’minlash yuzasidan xizmatlar ko‘rsatishga doir 
shartnoma bo‘yicha xarajatlar umumiy summasining 90 foizidan kam 
bo‘lmagan summada belgilanadi. 
Soliq stavkalari, agar Soliq kodeksning 408-moddasida 
boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, quyidagi miqdorlarda 
belgilanadi: 

Download 8,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish