Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov


 O‘zbekiston Respublikasi Byudjetdan tashqari



Download 8,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/257
Sana16.06.2022
Hajmi8,97 Mb.
#677101
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   257
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR

 
2. O‘zbekiston Respublikasi Byudjetdan tashqari
Pensiya jamg‘armasi 
 
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi – pensiya ta’minoti 
tizimidagi boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, davlat ijtimoiy 
sug‘urtasi bo‘yicha majburiy badallar, ajratmalar va to‘lovlarning 
to‘liq yig‘ilishini ta’minlash, aholini davlat tomonidan kafolatlangan 
ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini o‘z vaqtida mablag‘ bilan 
ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.
Jamg‘arma mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va 
aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, 
viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza 
qilish bosh boshqarmalari ijtimoiy ta’minot tuman (shahar) 
bo‘limlarining hisob raqamlarida jamlanadi.
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha majburiy badallar va 
ajratmalar 
yig‘ilishini 
ta’minlashni, 
shuningdek, 
ushbu 
mablag‘larning jamg‘armaga to‘liq tushishi ustidan nazoratni 
O‘zbekiston Respublikasi soliq organlari amalga oshiradilar.
Jamg‘armaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: 


326 
– fuqarolarning ijtimoiy ta’minotga va ijtimoiy sug‘urtaga 
bo‘lgan davlat tomonidan kafolatlangan huquqlarini amalga oshirish; 
– qonun hujjatlariga muvofiq pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar, 
shuningdek, ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar to‘lashga 
xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash.
– davlat ijtimoiy sug‘urtasiga majburiy badallar va ajratmalarni 
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza 
qilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini 
ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar 
mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari, 
ijtimoiy ta’minot tuman (shahar) bo‘limlarining maxsus maqsadli 
byudjetdan tashqari hisob raqamlarida jamlash. 
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza 
qilish vazirligiga ko‘rsatmalar va uning joylardagi organlari:
– ishlamaydigan shaxslarga, yuridik shaxs bo‘lmasdan 
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga, shuningdek 
ular tomonidan ijtimoiy sug‘urta badallari to‘langan taqdirda dehqon 
xo‘jaligi a’zolariga davlat pensiyalari, ijtimoiy nafaqalar, vaqtincha 
mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari, bola 
tug‘ilganda beriladigan nafaqalar, dafn marosimi nafaqalarini o‘z 
vaqtida tayinlaydilar, moliyalashtiradilar va Jamg‘arma mablag‘lari 
hisobidan to‘laydilar; 
– «Fuqarolarning pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston 
Respublikasi 
Qonunining 
15-moddasiga 
muvofiq 
mehnatda 
mayiblanganlik yoki kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik tufayli 
tayinlangan pensiyalarga to‘langan mablag‘larni aybdor yuridik va 
jismoniy shaxslardan regress da’volar bo‘yicha belgilangan tartibda 
undirib oladilar; 

yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug‘ullanuvchi shaxslardan, shuningdek, ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha 
ixtiyoriy badal to‘lovchi dehqon xo‘jaligi a’zolaridan badallar 
tushishining hisobini olib boradilar; 

yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug‘ullanuvchi shaxslarning, shuningdek, ijtimoiy sug‘urta 
bo‘yicha ixtiyoriy badal to‘lovchi dehqon xo‘jaligi a’zolarining 
mehnat daftarchalarini yuritadilar va saqlaydilar; 


327 

ish joyidan to‘lanadigan pensiyalar va ijtimoiy sug‘urta 
nafaqalarini to‘lash bo‘yicha yuridik shaxslar xarajatlarining 
yetmaydigan qismini qorlaydilar; 

Jamg‘arma mablag‘larini qonun hujjatlariga muvofiq qat’iy 
maqsadli sarflaydilar; 

yakka tartibdagi tadbirkorlarga va dehqon xo‘jaligi a’zolariga 
to‘lanadigan ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqa olish huquqini 
beruvchi hujjatlarning ishonchliligini tekshiradilar; 

davlat ijtimoiy sug‘urta tizimining barqarorligini ta’minlash 
va uni yanada takomillashtirish uchun oldini oluvchi chora-tad-
birlarni ishlab chiqish maqsadida Jamg‘armaning moliyaviy ahvolini 
prognozlashtirish bo‘yicha aktual hisob-kitoblarni amalga oshira-
dilar; 

davlat ijtimoiy sug‘urtasi majburiy badallari miqdorlarini 
belgilash to‘g‘risida takliflar tayyorlaydilar; 

pensiyalar va nafaqalar barqaror va o‘z vaqtida to‘lanishini 
ta’minlash uchun zarur bo‘lgan zahira fondini tashkil etishning 
maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida takliflar tayyorlaydilar; 

Jamg‘armadan mablag‘ bilan ta’minlanadigan ijtimoiy 
to‘lovlarni 
ta’minlash 
masalalari 
bo‘yicha 
O‘zbekiston 
Respublikasining halqaro majburiyatlarini amalga oshiradilar; 

kelgusi yil uchun Jamg‘arma daromadlari manbalari va 
xarajatlar yo‘nalishlari prognozi loyihasini O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishgan holda ishlab chiqadilar va 
Moliya vazirligiga taqdim etadilar; 

Jamg‘arma byudjetining ijrosi to‘g‘risida tayyorlangan 
hisobotni, shuningdek, yiliga bir marta Jamg‘arma daromadlari va 
xarajatlarining holati to‘g‘risidagi mustaqil auditorlik tekshiruvi 
natijalarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga belgilangan 
tartibda taqdim etadilar; 

o‘z vakolatlari doirasida Jamg‘arma vazifalarini amalga 
oshirish uchun zarur bo‘lgan yo‘riqnomalar va uslubiy hujjatlarni 
ishlab chiqadilar; 

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan 
holda Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh resurslarini O‘zbekiston 


328 
Respublikasi tijorat banklaridagi muddatli derozitlarga hamda qisqa 
muddatli davlat obligatsiyalariga joylashtiradilar; 

pensiyalar va ijtimoiy sug‘urta nafaqalari o‘z vaqtida 
hisoblanishi va to‘lanishini ta’minlash masalalari bo‘yicha joylardagi 
davlat hokimiyati organlari bilan yaqindan hamkorlik qiladilar; 
Davlat soliq xizmati organlari: 

yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan majburiy badallar, 
davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha ajratmalar va to‘lovlar to‘g‘ri 
hisoblab chiqilishi, Jamg‘armaga to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishining 
hisobini olib boradilar va nazorat qiladilar; 

Jamg‘armaga majburiy to‘lov to‘lovchilarning to‘liq hisobga 
olinishini va ular bo‘yicha ma’lumotlar bazasi yuritilishini 
ta’minlaydilar; 

rejali tekshirishlarni amalga oshirishda (zarur bo‘lganda, 
ijtimoiy ta’minot organlarining xodimlarini jalb qilgan holda) yuridik 
va jismoniy shaxslar tomonidan Jamg‘armaga sug‘urta badallari, 
ajratmalar, to‘lovlar va kompensasiya (tovon) to‘lovlarining to‘g‘ri 
hisoblanishini, shuningdek, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq 
Jamg‘arma bilan o‘zaro hisob-kitoblarning ahvolini tekshiradilar; 

hisoblash tartibi va to‘lov muddatlarini buzganlik uchun 
yuridik va jismoniy shaxslarga qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy 
va ma’muriy choralar qo‘llaydilar; 
Ijtimoiy ta’minot bo‘limlariga har chorakda quyidagilarni 
taqdim etadilar: 
a) badallarning shaxslar bo‘yicha hisobini va mehnat 
daftarchalarini yuritish uchun yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik 
faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar va dehqon xo‘jaliklari 
a’zolari tomonidan to‘langan badallarning miqdori to‘g‘risida 
ma’lumotlar; 
b) Jamg‘armaga tushgan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 
d) ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha Jamg‘armaga badallar, 
ajratmalar va to‘lovlar hisoblanishi va ulardan foydalanish 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha badallar, ajratmalar va 
to‘lovlarni mustaqil ravishda to‘lovchi yuridik va jismoniy shaxslar: 


329 

jamg‘armaga ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha badallarni qonun 
hujjatlarida belgilangan miqdorlarda va tartibda hisoblaydilar va 
to‘laydilar; 

ish joylarida to‘lanadigan jamg‘arma mablag‘larining 
maqsadli yo‘nalishda sarflanishiga qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydilar; 

jamg‘arma mablag‘lari bo‘yicha belgilangan shakldagi 
hisobotlarning ishonchliligini va ularning davlat soliq xizmati 
organlariga o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlaydilar.
Jamg‘arma daromadlari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi: 

korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning, yuridik shaxs 
bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy 
shaxslarning sug‘urta badallari; 

fuqarolarning majburiy sug‘urta badallari; 

dehqon 
xo‘jaliklari 
a’zolarining 
ixtiyoriy 
ravishda 
to‘lanadigan sug‘urta badallari; 

korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning belgilangan 
tartibda ajratiladigan majburiy ajratmalari; 

«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi 
O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq 
tayinlangan mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi oqibatida 
nogiron bo‘lganlarga pensiya to‘lash xarajatlarini qoplash uchun 
regressiv talablar (da’volar) bo‘yicha ish beruvchilar va fuqarolardan 
undiriladigan mablag‘lar; 

«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi 
O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq 
muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarni to‘lash xarajatlarini 
qoplash uchun o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va 
aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga ish bilan ta’minlashga 
ko‘maklashish Jamg‘armasi mablag‘lari; 

«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi 
O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga muvofiq 
tayinlangan imtiyozli pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash uchun 
o‘tkaziladigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar mablag‘lari; 

hisoblangan jarimalar so‘mmalari, qonun hujjatlariga muvofiq 
soliq 
organlarini 
rivojlantirish 
Jamg‘armasiga 
undiriladigan 


330 
so‘mmalardan tashqari, sug‘urta badallari va ajratmalarning o‘z 
vaqtida to‘lanmaganligi uchun penyalar; 

yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari; 

korxona tugatilganda, mehnat vazifalarini bajarish bilan 
bog‘liq holda mayiblangan, kasb kasalligiga uchragan yoki 
sog‘lig‘iga boshqa shikast yetkazilgan xodimga zararni qoplash 
uchun to‘lanadigan summalar.
Sug‘urta badallari, majburiy ajratmalar, hisoblangan jarimalar 
va penyalar miqdori va ularni to‘lash tartibi qonun hujjatlari bilan 
belgilanadi.
Jamg‘arma mablag‘lari:

ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan tayinlanadigan 
pensiyalarni; 

bolalikdan nogironlarga, davlat pensiya ta’minoti huquqiga 
ega bo‘lmagan keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga 
nafaqalarni; 

bola tug‘ilganda beriladigan nafaqalarni; 

dafn marosimi nafaqalarini; 

korxona tugatilganda, mehnat vazifalarini bajarish bilan 
bog‘liq holda mayiblangan, kasb kasalligiga uchragan yoki 
sog‘lig‘iga boshqa shikast yetkazilgan xodimga zararni qoplash 
uchun to‘lanadigan so‘mmalarni; 

16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolaning ota-onalariga 
qo‘shimcha ta’til uchun to‘lovni; 

qonun hujjatlariga muvofiq Pensiya Jamg‘armasidan mablag‘ 
bilan ta’minlanadigan boshqa ijtimoiy to‘lovlarni to‘lashga 
yo‘naltiriladi.
Ijtimoiy ta’minot bo‘limlarining xo‘jalik xarajatlari va ularda 
axborot texnologiyalarini yaratish xarajatlarini qoplash uchun 
majburiy badallar hamda ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha ajratmalarni 
to‘lash tartibini buzganlik uchun undirilgan penya va jarimalar 
so‘mmasining Jamg‘armaning maxsus hisobiga tushgan mablag‘idan 
10 foizi yo‘naltiriladi.
Jamg‘arma 
mablag‘laridan 
qonun 
hujjatlarida 
nazarda 
tutilmagan maqsadlarda foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.


331 
Yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning majburiy sug‘urta 
badallari moliyalash manbalaridan qat’iy nazar, soliq ushlanmalarini 
hisobga olishlarsiz, barcha ish haqi (daromad) turlariga hisoblanadi, 
bundan quyida ko‘rsatib o‘tilgan to‘lovlar mustasno: 
1. Foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya.
2. Ishdan bo‘shash chog‘idagi ishdan bo‘shash nafaqasi.
3. Moddiy yordam sifatida beriladigan pul nafaqalarining turli 
xillari.
4. Kompensatsiya to‘lovlari (xizmat safarlariga oid sutkalik 
pullar va sutkalik pul o‘rniga to‘lanadigan to‘lovlar, ish bilan bog‘liq 
shikastlanish yoki boshqa xildagi sog‘liqqa yetkazilgan zarar 
natijasida ko‘rilgan zararning qoplanishiga oid to‘lovlar).
5. Ayrim toifadagi xodimlarga tekinga beriladigan kvartiralar, 
kommunal xizmatlar, yoqilg‘i, oylik yo‘l chiptalari qiymati yoki 
ularni qoplash qiymati.
6. Berilgan maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal va yakka 
tartibdagi boshqa himoya vositalari, sovun, yog‘sizlantirish 
vositalari, sut va davolash-profilaktika ovqatlanishining qiymati.
7. Bepul ovqatlanish qiymati.
8. 
Tushliklarga 
oid 
dotatsiyalar, 
sanatoriy-kurortlarda 
davolanishga, dam olish uylariga yo‘llanmalarning qiymati, stasionar 
va ambulatoriyada davolanish uchun to‘lovlar.
9. Ishlash uchun boshqa hududga o‘tkazish yoxud ko‘chib 
o‘tish chog‘ida borish, mol-mulkni tashish va xonani ijaraga olish 
bo‘yicha xarajatlarning qoplanishi.
10. Doimiy ishi yo‘lda o‘tadigan yoki sayyor tusga ega bo‘lgan 
yoxud xizmat safarlari munosabati bilan bog‘liq hollarda ish haqiga 
sutkalik to‘lov puli o‘rniga qo‘shimcha to‘lov va ustamalar.
11. 
Mehnat 
uchun 
taqdirlashlarsiz 
ishlangan 
kunlar 
(shanbaliklar, yakshanbaliklar va sh. k. ) uchun tegishli byudjet yoki 
hayriya fondlari hisobiga o‘tkaziladigan ish haqi.
12. Ish haqi fondi (mehnatga haq to‘lash fondi) hisobidan 
o‘tkaziladigan yubiley sanalari, tug‘ilgan kunlar munosabati bilan, 
uzoq yillik va nuqsonsiz mehnat faoliyati, faol jamoatchilik ishi 
uchun va boshqa shunga o‘xshash hollarda rag‘batlantirish to‘lovlari 
(bunga mukofotlar ham kiradi).


332 
13. Musobaqalar, ko‘riklarda, tanlovlar va shu kabilarda 
sovrinli o‘rinlar uchun beriladigan pul mukofotlari.
14. Korxonalar va tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarishdan 
ajralgan holda o‘qish uchun yuborilgan o‘quvchilarga to‘lanadigan 
stipendiyalar.
15. Korxona, muassasa va tashkilotlar hisobidan yosh 
mutaxassislarga oliy yoki o‘rta maxsus o‘quv yurtini tamomla-
ganlaridan so‘ng ta’til vaqti uchun to‘lanadigan nafaqalar.
16. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar, ishsizlik 
bo‘yicha nafaqalar, ijtimoiy nafaqalar va pensiyalar.
Doimiy ravishda xorijda istiqomat qiluvchi, mulkchilik 
shakllaridan qat’iy nazar O‘zbekiston Respublikasi korxonalari 
(tashkilotlari, 
muassasalari)da 
fuqarolik-huquqiy 
tusdagi 
shartnomalar bo‘yicha ishlovchi xorijiy davlatlar fuqarolari, 
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va O‘zbekiston Respublikasi 
fuqarolarining daromadlaridan (ish haqlaridan) yagona ijtimoiy 
to‘lov va davlat ijtimoiy sug‘urtasiga oid majburiy sug‘urta badallari 
hisoblanmaydi.

Download 8,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish