Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov


Soliq to‘lovlarining turizm sohasini investitsiyalashga



Download 8,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/257
Sana16.06.2022
Hajmi8,97 Mb.
#677101
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   257
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR

Soliq to‘lovlarining turizm sohasini investitsiyalashga 
ta’sirini o‘rganish bo‘yicha
k
o‘p omilli modeli
45
 
№ Ko‘rsatkich 
Tenglamaning 
qo‘rinishi 
Model 
Model turi 

Investitsiyalar 
hajmi 
Y = a + b
1
x
1

b
2
x
2
+ ….+b
nxn

Y = 5998.6 + 
0.007x
1
+ 0.02x
2
+0.06 x
3
– 0.21 x
4
Ko‘p omilli 
chiziqli 
model 
45
Muallif tomonidan ishlab chiqildi. 
______________________ 


366 
Ushbu modelning qo‘llanilishi turizm sohasini investitsiya-
lashning davlat va hududiy dasturlari, shuningdek, O‘zbekistonda 
turizm biznesini kengaytirish strategiyasining ilmiy asoslanishini 
ta’minlaydi. 
Shunday qilib, ishlab chiqilgan modelni hududiy rivojlanish 
dasturlariga joriy etish destinatsiyalarning raqobatbardoshligini 
ta’minlab beradi. Mazkur modellarning amaliyotga tatbiq etilishi 
O‘zbekistonning jahon turistik industriyasi bozorida munosib o‘rin 
egallashini ta’minlab beradi. 
3. O‘zbekiston Respublikasida turizmning YaIMdagi istiqbol
ulushini prognozlash
Korrelyatsion va regression tahlilning muhim jihatlariga 
to‘xtalib o‘tganda ta’kidlash joizki, turistik xizmatlar realizatsiyasi 
hajmining korrelyatsion va regression modelini ishlab chiqish 
dastlabki ma’lumotlarning bir jinsliligi va ishonchliligi bois ilmiy 
asoslangan ishonchli prognoz qiymatlarini olish imkonini beradi. 
Ushbu ma’lumotlar kuzatishlar va tanlanma ma’lumotlari asosida 
qayta ishlanishi kerak. Bu jarayon tanlanmaning birjinsliligini bir 
o‘lchamli yoki ko‘p o‘lchamli mezon asosida miqdoriy jihatdan 
baholashni hamda kuzatilayotgan ob’ektlarning ayrim omillarga 
sezilarli yoki sezilarsiz bog‘liqligiga asoslanadi. Ma’lumotlarni tahlil 
qilgach, tanlab olingan ma’lumotlar bosh to‘plam ma’lumotlarini 
qanchalik o‘zida aks ettira olishi, tanlab olingan ma’lumotlarning 
statistik 
apparat 
modellashtirish 
jarayonida 
qay 
darajada 
muvaffaqiyatli qo‘llanilishiga ham bog‘liq. Hattoki, ushbu 
shartlardan biroz bo‘lsada chetlanish olinadigan natijaning nol 
samarasini keltirib chiqarishi mumkin.
46
Shuni ko‘zda tutish 
lozimki, har qanday iqtisodiy masalani ehtimoliy yoki statistik 
yechimi puxta o‘ylangan matematik tushunchalar va shartlarga, 
dastlabki ma’lumotlarni to‘plashning xolisligi va to‘g‘riligiga hamda 
ularning iqtisodiy va matematik-statistik tahlil qilish imkoniyatiga 
asoslanishi lozim. 
_______________________________ 
46
В.А. Колемаев, О.В. Староверов, В.Б. Турундаевский. Теория вероятностей и математическая сатистика/ 
-М., 1991.


367 
Prognozlash jarayonining yakuniy natijasi so‘z orqali, mate-
matik, grafik yoki boshqa shaklda ifodalangan prognoz hisoblanadi. 
Har qanday sharoitda ham bu mulohaza hudud, mamlakat, mintaqa 
yoki dunyo darajasida turistik firma hamda uning kelgusi davrdagi 
holatini o‘zida aks ettira olishi kerak
47

Prognoz ko‘rsatkichlari olinadigan ma’lumotlar xususiyatiga 
ko‘ra faktografik, ekspert va aralash usullardan foydalaniladi. 
Faktografik usullar o‘tgan davrdagi haqiqiy ma’lumotlariga 
asoslanadi va ob’ektning bugungi rivojlanish prognozini ifodalaydi. 
Asosan ushbu usuldan evolyusion xarakterga ega jarayonlarni tahlil 
qilishda keng foydalaniladi. Ekspert (intuitiv) usullar malakali 
mutaxassis-ekspertlarning prognozlash obyekti haqidagi hamda 
ularning barcha fikrlarini umumlashtirish orqali kelgusi qiymatlarni 
hisoblab chiqish tushuniladi
48
. Ekspert usuli ko‘p jihatdan tarkibiy 
o‘zgarishlar va tub o‘zgarishlarga olib keluvchi jarayonlarni 
prognozlashtirishda keng qo‘llaniladi. Aralash usullarda asosan, 
dastlabki ma’lumotlar sifatida haqiqiy yoki ekspert ma’lumotlaridan 
foydalaniladi. 
O‘z navbatida har bir usullar guruhlarga va kichik guruhlarga 
ham bo‘linadi. Masalan, faktografik usullar statistik va ilg‘or 
usullarga bo‘linadi. 
Tadqiqotimizda umumlashtiruvchi prognoz ko‘rsatkich sifatida 
turistik xizmatlar realizatsiya hajmi tanlab olingan. Aholiga turistik 
xizmatlarni sotish bilan bog‘liq realizatsiya hajmi turistik talabni 
qondirishda muhim kompleks ko‘rsatkich ham bo‘lib, turizm bozori 
rivojlanishi va samaradorligi ko‘rsatkichini ham o‘zida aks ettiradi. 
Ushbu ko‘rsatkichning dinamikasini tahlil qilish turizm rivojlanishini 
miqdoriy jihatdan baholash va uning kelgusi yillarda rivojlanishini
prognoz qilish imkonini beradi. 
Bozor iqtisodiyotida narxlarning o‘zgarishi iqtisodiy ko‘rsat-
kichlarni prognoz qilishda nominal narxlardan foydalanmasdan, 
balki real narxlarga murojaat qilishni taqozo etadi. Amaliyotda 
iqtisodiy qo‘rsatkichning nominal narxdagi qiymati inflyatsiya 
_____________________ 
47
Теория Статистики. Под редакцией Р.А. Шмойловой/ -M.: «ФиС», 1998. 
48
И.Д.Одинцов «Теория статистики / -М., 1998. 


368 
(deflyatsiya)ni hisobga oluvchi narx indekslari orqali haqiqiy 
narxdagi qiymatga o‘zgartiriladi. 
O‘zbekistonda turizm sohasidagi iqtisodiy ko‘rsatkichlarning 
asosiy qismi nominal narxlarda berilganini e’tiborga olib, ko‘rsat-
kichni haqiqiy qiymatlarga o‘zgartirish uchun YaIM deflyatoridan 
foydalanish maqsadga muvofiq, chunki YaIM deflyatori respub-
likadagi inflyatsiya darajasini aniqroq hisobga olishga imkoniyat 
beradi
49
.

Download 8,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish