Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov


-rasm. Prognozlash usullarining tasniflanishi



Download 8,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/257
Sana16.06.2022
Hajmi8,97 Mb.
#677101
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   257
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR

 
4-rasm. Prognozlash usullarining tasniflanishi
35
 
Turistik xizmatlar bozorini rivojlantirishga investitsiyalarni jalb 
qilish turistik-rekreatsion salohiyatga ega mamlakat yoki hududning 
rivojlantirishning strategik yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Aynan 
turizm industriyasi yoki infratuzilmasiga investitsiyalar kiritish, 
uning ishbilarmonlik faolligini oshirish, ijtimoiy muammolarni hal 
etish va oxir oqibat milliy turizmning raqobatbardoshligini oshirishga 
xizmat qiladi. Bunga mahalliy boshqaruv organlari, biznes, hukumat 
va ixtisoslashgan vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladigan 
chora-tadbirlarni o‘zida mujassamlashtirgan tizimli yondashuvni 
qo‘llash dolzarb hisoblanadi. Turizm biznesini soliqlar orqali 
rag‘batlantirish uning nafaqat mahalliy, balki xorijiy investorlar 
uchun ham jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi. Shuning uchun 
kelgusida nafaqat turistik korxona uchun, balki, destinatsiyaga ham 
________________________ 
35
Ekonometrika sohasiga doir adabiyotlarni o‘rganish asosida muallif tomonidan tayyorlandi. 
Logistik
Mantiqiy-logistik 
usullar
Ekspert baholash
Dasturiy-maqsadli
Modellashtirish
Ekstropolyatsiya
Ekonometrik
Analoglar usuli
Prognozlash usullari
Kompleks usullar
Maxsus evristik
Imitatsion


361 
iqtisodiy jihatdan naf keltiradigan soliq to‘lovlarining investit-
siyalarga ta’sirini baholash zarur hisoblanadi. 
Investitsiyalar hajmiga ko‘plab omillar ta’sir ko‘rsatadi. Kor-
xonaning daromadlilik darajasi, tashkilot xarajatlari, soliq to‘lovlari, 
asosiy vositalar qiymati kabi ko‘plab omillar ta’sir qiladi. Ushbu 
omillarni samarali boshqarish biznesning investitsion jozibadorligini 
oshirish va turistik korxonalarning yuqori daromad olishini ta’minlab 
beradi. Investitsiyalash muammolarini tahlil qilish maqsadida 
omillarni kompleks tahlil qilish asosida ekonometrik modellar ishlab 
chiqish maqsadga muvofiq. Investitsiyalashni tahlil qilishda 
guruhlash, mutloq va nisbiy ko‘rsatkichlar, o‘rtacha miqdorlar kabi 
statistik usullardan foydalaniladi. Biroq, ushbu usullar, omillarning 
turmahsulot qiymatiga ta’sir darajasini aniqlashga imkon bermaydi. 
Ekonometrik usullar bir vaqtning o‘zida an’anaviy matema-
tik-miqdoriy usullarning nazariy-sifat usullari bilan uyg‘unlashuvini 
ta’minlaydi va omillar o‘rtasidagi bog‘lanish, ushbu omillarning 
investitsiyalar hajmiga ta’sirini baholash imkonini beradi. 
O‘rganilmagan barcha omillarni aniqlash va ulardan 
investitsion 
jozibadorlikni 
oshirishda 
maqsadli 
foydalanish 
hududlarni rivojlantirishning strategik rejalari va yo‘l xaritalarini 
ishlab chiqishda muhim element hisoblanadi. Iqtisodiy-matematik 
usullar ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlarning qonuniyatlari va 
empirik kuzatishlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash va bog‘liqlik 
darajasi (zichligi)ga baho berish imkonini beradi. Hozirgi vaqtda 
ushbu usullardan foydalanish imkoniyatini kengaytiradigan va 
soddalashtiradigan ko‘plab amaliy dastur vositalari yaratilgan bo‘lib, 
prognozlashtirishning eng ahamiyatli hisoblangan modellarini ishlab 
chiqish va tanlash imkonini beradi. 
Bizning tadqiqotimizda amaldagi mavjud va turistik aylanmaga 
jalb qilinadigan resurslar asosida turistik tashkilot va mintaqaning 
investitsion jozibadorligini oshirishga ta’sir qiluvchi omillarni 
aniqlash modelini ishlab chiqish masalasi qo‘yilgan. Ushbu 
maqsadda O. E. Bashina
36
, M. Ivanova
37
, Endryu F. Sigel
38
, R. A. 
________________________ 
36
Башина О.Э. Общая теория статистики. Учебник. – М., 2002.- С.120-138. 
37
М.Иванова. Экономическая статистика. Учебник. – М., ИНФРА. 2000. – С. 117-128. 
38
Эндрю Ф.Сигел. Практическая бизнес-статистика.4-е издание, М.-Спб, 2002. – С. 389-450. 


362 
Shmoylova
39
, M. Q. Pardaev
40
, kabi olimlarning korrelyatsion- 
regression tahlillar asosida prognozlashtirishni takomillashtirishga 
qaratilgan ilmiy ishlari o‘rganildi. 
Korrelyatsion-regression tahlil usullari yordamida omillar 
o‘rtasidagi bog‘liqlik va bog‘lanish darajasi, shuningdek, tartibga 
solish jarayoniga aralashuv darajasi hamda turoperatorlar faoliyatini 
boshqarish va baholash hajmini aniqlash mumkin. 
Turizmda 
modellashtirishning 
asosiy 
jihati 
natijaviy, 
prognozlashtirilayotgan ko‘rsatkichning tanlab olingan omillarga 
bog‘liqlik darajasi va ta’sirini aniqlashga qaratiladi.
Ushbu masala 
x
1
, x
2
,....x

omillarga bog‘liq bo‘lgan Y – 
investitsiyalar hajmi ko‘rinishida tahliliy ifodani o‘zida aks ettiradi. 
Y=f
(
x
1
, x
2
 ,....x
n
) omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash talab 
etiladi. Buning uchun korrelyatsion-regression tahlil usulidan 
foydalaniladi. 
5-jadval

Download 8,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish