Sanoat korxonalarida elektr energiya sifat ko‘rsatkichlarini
tadqiq etish
Annotatsiya: Sanoat korxonalarining elektr energiyasi ta’minoti, korxonalarda elektr sifat ko‘rsatkichlariga ta’sir etuvchi omillar va ulaming iqtisodiy jihatdan zarari, sanoat korxonalarining elektr ta’minot tizimini boshqarish, sanoat korxonalarida elektr parametr tizimni baholash, sinxronlashtrilgan vektor o‘lchash tizimining xatolari, vektor o‘lchash tizimni aniqligini baholash, sanoat korxonalari elektr ta’minoti tizimi sifat ko‘rsatkichlarini oshirish orqali elektr energiya samaradorligiga erishish uchun texnik yechimlami o‘rganish tadqiq qilish.
Kalit so‘zlar: Sanoat elektr tarmog‘i, elektr energiya sifati, sifat ko‘rsatkichlarini baholash, energiya sifatining pasayishi, sifat pasayishini korxona ish faoliyatigata’siri, kuchlanish o‘zgarish, energiya spektri, chastota diapazoni, energiya samaradorligini oshirish, texnik yechimlami o‘rganish.
Study of electricity quality indicators in industrial enterprises
Abstract: Power supply of industrial enterprises, factors influencing the quality of electricity in enterprises and their economic losses, management of power supply systems in industrial enterprises, evaluation of electrical parameters in industrial enterprises, synchronized vector measurement system errors, vector measurement system accuracy assessment, industrial enterprise power supply system to study technical solutions to achieve energy efficiency by improving quality indicators
Keywords: Industrial power grid, electricity quality, quality assessment, energy quality decline, impact of quality decline on enterprise performance, voltage fluctuations, energy spectrum, frequency range, energy efficiency, study of technical solutions.
KIRISH
Ma’lumki Respublikamiz hududida faoliyat olib borayotgan sanoat korxonalari bugun elektr energiyasining asosiy iste’molchilari sanaladi. Umumiy qiymatda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining qariyb 55% sanoat korxonalaridagi ishlab chiqarish jarayonida sarflanadi. Sanoat korxonalarida elektr energiyaning asosiy iste’molchilari bular kompryessorlar, ventilatorlar, nasoslar va ko‘tarma - transport qurilmalar lOkV kuchlanishda, stanoklar, elektr mashinalar 660-380-220V, elektr pechlari, elektr qurilmalar kuchlanishi 1000 V ha ega bo‘lgan qurilmalari. Bugungi kuning dolzarb mavzusi tabiiy resurslami tejash maqsadida energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan bo‘lsa, elektr energiyasini samaradorligini belgilab beruvchi eng birinchi ko‘rsatgich elektr energiya sifat ko‘rsatkichlaridir.
Elektr energiyasining sifat ko'rsatkichi - iste’molchi qurilma zimmasidagi vazifasini to‘la to‘kis ado etishi uchun zarur sharoitdagi energiya qiymatidir. Elektr energiyasi sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash nafaqat energiya samarasiz sarf bo‘lishini oldini oladi balki aynan yuqorida ta’kidlab o‘tgan sanoat korxonalarining yirik energiya iste’molchi qurilmalaming uzoq vaqtgacha xizmat qilishini kafolatlaydi va ishlab chiqarish jarayonidagi noqulayliklaming oldi olinadi. Nega aynan sanoat korxonalaridagi elektr energiyasini sifatini tatbiq qilish, texnik ta’minot o‘zgartirishlami kiritish zarur? birinchi navbatda sanoat zonalaridagi xavfsizlikni ta’minlash maqsadida. Birgina neft kimyo korxonalaridagi ventilatorlarda energiya sifatidagi o‘zgarish tufayli ventilatorlar soniyalarda faoliyatini to‘xtatsa korxonada ommaviy zaharlanish xavfi mavjud. Shunday ekan bu sohani tatbiq etish doimiy talabgor yo‘nalishlardan biri. Shuningdek elektr energiyasini sifat ko‘rsatkichlarini oshirish muammosini hal qilishda, iqtisodiy, texnik, matematik jihatlami tahlil qilish zarur. Sanoat korxonalarida elektr energiyasini sifat qiymati uning kuchlanishi va chastotalar olishi, o‘zgarish ko‘lami elektr qiymatlarining nosinusoidalligi, kuchlanishlar nosimmyetriyaligiga qarab aniqlanadi. Bu ko‘rsatgichlaming nominal qiymatdan og‘ishi ishlab chiqarish jarayonida mexanizmlar vaqtidan oldin eskirishi, mahsulotlar sifatining buzilishi, jarayon kechikishi, samaradorlik pasayishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |