qondoshligini inobatga olib, xatolarini kechirar, imkon qadar undan marhamatini
darig‗ tutmas edi.
Lekin shunga qaramasdan, ukasining o‗zgaruvchan xarakteri
borasida asarida ochiq-oydin o‗z fikrini bildirib, temuriylar orasida shunday
irodasiz, saltanatga xiyonat qiluvchi kimsalarning borligini ta‘kidlab, ish ko‗rishga
majbur edi. Jahongir mirzo kabilar jamiyatda xavfli shaxslar bo‗lib,
saltanatning
inqirozga yuz tutishiga, kurashlarda raqibning qo‗li baland bo‗lishiga sabab
bo‗lardi. Unga o‗xshaganlar jang maydonida raqib tomonga o‗tib ketishi bilan ham
harbiy intizom jihatidan,
ham qarindoshlik yuzasidan, ham ma‘naviy jihatdan
zararli shaxslar edi.
Bobur uning qondoshligini inobatga olib, xatolarini kechirar,
imkon qadar undan marhamatini darig‗ tutmas edi. Lekin shunga qaramasdan,
ukasining o‗zgaruvchan xarakteri borasida asarida ochiq-oydin o‗z fikrini bildirib,
temuriylar orasida shunday irodasiz, saltanatga xiyonat
qiluvchi kimsalarning
borligini ta‘kidlab, ish ko‗rishga majbur edi. Jahongir mirzo kabilar jamiyatda
xavfli shaxslar bo‗lib, saltanatning inqirozga yuz tutishiga, kurashlarda raqibning
qo‗li baland bo‗lishiga sabab bo‗lardi. Unga o‗xshaganlar
jang maydonida raqib
tomonga o‗tib ketishi bilan ham harbiy intizom jihatidan, ham qarindoshlik
yuzasidan, ham ma‘naviy jihatdan zararli shaxslar edi. Hatto, eng og‗ir paytlarda
ham Bobur o‗z jigargo‗shasiga nisbatan qaltis muomalada bo‗lmagan, unga to‗g‗ri
yo‗lni ko‗rsatib, temuriyzodaligini e‘tiborga olib, o‗zining
izzat nafsi sinishiga
qaramasdan, uni insofga kelishiga ishonch bildirib keladi.
―Boburnoma‖da keyingi yillar voqealari tasvirini kuzatsak, Jahongir mirzo
akasining harakatlariga qo‗shilib ish tutadigan, biroq shunda ham ―eski odatlari‖ni
gohida namoyon etib turadigan kishiga aylangan edi:
“...ushbu kun tongla
Xisravshohning jami‟ navkar va savdari kelib, podshoh qullug„ini qabul
qilg„aylar. Anda bisyor mufattin ellar bor, misli Ayubbekning o„g„lonlari va yana
ham ba‟zilar borkim, bizning mirzolarning orasida hamisha yomonliq va fitnag„a
bois va muharrik edilar. Holo ushbu fursatta Jahongir mirzog„a Xuroson sari xayr
va xo„bluq bila ruxsat berilsakim, tonglaliq kunda mujibi nadomat va
pushaymonliq bo„lmag„ay”
(“B1”. 202-bet)
.
―Boburnoma‖ asari faqatgina tarixiy, esdalik, memuar asar bo‗lmasdan, badiiy
tasvirlarga boy, kishilar ruhiyatidagi o‗zgarishlarni, o‗sha davrdagi ko‗plab chigal
muammolarga, savollarga javob topishni ham taqozo qiladi.
Zahiriddin Muhammad Bobur nomini tarix sahifalariga abadiy muhrlanish
sabablaridan biri uning shaxsiyatidadir. Bobur shaxsiyatida
juda kam insonlarda
uchraydigan nozik jihat – uning kechirimlilik xislati sanaladi. U qisqa umri
davomida ko‗plab nohaqliklarga, xiyonatlarga duch keldi va har safar o‗ziga
nisbatan xiyonat qilgan shaxslarni avf etishga, kechirishga o‗zida kuch topa oladi.
Bu jihat Boburgagina xos bo‗lgan noyob xislatidir.
Boburning butun umri davomida yonida Qosimbek kabi sodiq kishilar
hamroh bo‗lgan bo‗lsalar, unga ko‗plab tashvishlar tug‗dirgan,
xiyonatlar qilgan,
uning mag‗lubiyatini istagan shaxslar ham yetarlicha topiladi. Shunday kishilardan
biri bu –
Do'stlaringiz bilan baham: