Boburning portret yaratish mahorati



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/66
Sana16.06.2022
Hajmi1,23 Mb.
#676979
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   66
Bog'liq
Norqulova Maftuna MD(1)

Boqi Chag„oniyoniy
dir. U Bobur saltanatida taniqli beklardan bo‗lib, 
butun umri davomida Bobur shaxsi va saltanatiga raqib sifatida bo‗lgan. Unga ko‗p 
daf‘a xiyonatkorona harakatlar qilib, Boburning ixlosini qaytargan, bu harakatlari 
bilan nafaqat saltanatga, balki oilasiga ham ziyon yetkazgan.
Boqi Chag‗oniyoniyning akasi Xisravshoh (yuqorida Xisravshoh shaxsiyati 
tahlili berildi) tarixiy shaxs sifatida keng doirada tasvirlanmagan bo‗lsa ham, uni 
temuriylar xonadoniga, ayniqsa Bobur saltanatida tutgan o‗rni va unga nisbatan 
asosan raqiblarcha munosabatda bo‗lganini ko‗rdik. Bu ikki aka-ukaning Boburga 
bo‗lgan munosabati bir xilda edi, deb bo‗lmaydi, albatta. Xisravshoh ko‗proq 
ochiqdan ochiq Boburga qarshi harakatlar qilib, unga raqibligini oshkora namoyish 
etgan bo‗lsa, Boqi Chag‗oniyoniy murakkab shaxs – do‗stligini ham, dushman 
ekanini ham anglash biroz mushkul. Chunki u ba‘zida payt poylab kutilmaganda 
Boburga qarshi harakat qilardi, ba‘zida hududida mustaqil hukmronlik qilishni 
ma‘qul ko‗rardi. Har ikki aka-uka ham Boburning boshiga ko‗p kulfatlar solishgan, 
saltanat ishida ko‗p muammolar yuzaga kelishiga ―hissa‖ qo‗shganligi bilan 
mashhur. Boburshunos olim ham bu haqida shunday deydi: Boqi Chag‗oniyoniy 
obrazida Bobur o‗zga beklarga xos bo‗lmagan shaxs siymosini yaratdi. Uning 
urush olib borishida mustaqilligi, mardligi, o‗zini o‗zi boshqara olishi, elni o‗ziga 


bo‗ysundirish xususiyatlarini haqqoniy tarzda tan oladi, ko‗p soliqlardan ozod 
qiladi, bir necha viloyatga bosh etib, shaxsiyatini e‘zozlaydi. Biroq Chag‗oniyoniy 
bu yaxshiliklarga arzigulik javob bermaydi, aksincha, ―anvoyi beadabliqlar va 
yamonliqlar andin voqe‘―
19
bo‗lganini ta‘kidlaydi.
Shu o‗rinda Boburning ular shaxsiyati haqidagi fikrlariga e‘tibor beraylik: 
“Boqi Chag'oniyoniy Amu yoqasida kelib, bizga qo„shulg„ali andin e‟tiborroq va 
ixtiyorroq kishi yo„q edi, har so„z desa, har ish qilsa so„z aning so„zi edi, ish aning 
ishi edi” (“B1”. 266-bet)


Bobur garchi Boqi Chag‗oniyoniyni ijobiy tomondan 
baholab, u temuriylar orasida yuksak obro‗ e‘tibor topganligini ko‗rsatsa, 
“bizga 
qo„shilgani, andin e‟tiborroq va ixtiyorroq kishi yo„q edi”
, ya‘ni eng badavlat, 
ixtiyori o‗zida bo‗la turib, bizga qo‗shini bilan kelib qo‗shilgani bu – uning 
mag‗lubligi edi, - degan xulosaga keladi.
Bobur Boqi Chag‗oniyoniy haqidagi tasvirlarni berishda badiiy tasvir 
vositalaridan mohirona foydalanganini ko‗rish mumkin. Masalan, 
Agarchi andin 
xizmatikim, shoyista bolg„ay va insoniyatikim boyista bo„lg'ay, hargiz zuhurg'a 
kelmadi, balki anvoyi beadabliqlar va yamonliqlar andin voqe bo„ldi” (“B1”. 266-
bet) 
jumlalarida sa‘j qo‗llanilgan bo‗lsa, uning salbiy xislatlarini tasvirlashda 
tazoddan foydalanadi: 
“balki anvoyi beadabliqlar va yomonliqlar andin voqi‟ 
bo„ldi”
. Uning salbiy jihatlarini ketma-ket sanab o‗tadi. ―Boburnoma‖da Boqi 
Chag‗oniyoniyning salbiy xislatlari nihoyasi yo‗qdek taassurot uyg‗otadi. 
Tasvirdagi har bir holat uning o‗ta ketgan g‗ayri insoniyligini, xudbin va o‗zini 
himoyalashda boricha imkon qidiradigan shaxs ekanligini ko‗rsatadi. Uning Bobur 
saltanatidagi farmonlarni, tartib qoidalarni pisand qilmay, tan olmasdan o‗z holicha 
ish ko‗rishi oddiy hol sanaladi. Bu esa uning muvaqqat g‗olibligining oxiri 
mag‗lublik ekanini barcha boyligi va lashkari bilan Bobur qo‗shinlari safiga 
ixtiyoriy qo‗shilganida yaqqol ko‗rish mumkin: 
“…bovujudkim meni podshoh 
ko„tarib edi, naqorasini o„zining eshigida choldurur edi. Hech kim bila sof emas 
edi, hech kimni ko„ra olmas edi. Kobulning hosilikim bor tamg„adindur, tamg„ani 
olib va Kobulning dorug„alig„i va Panchhir va Kadiy Hazora va Ko'shkak va eshik 
19
H.Qudratullayev. Boburning adabiy-estetik olami. 

Toshkent: “Ma’naviyat” 

2018, 272-b (217-b) 


ixtiyori tamom anda edi. Ushmuncha rioyat topib aslo rozi va shokir emas edi. 
Bovujudkim, ne nav‟ fosid xayollar qilib edi, nechukkim mazkur bo„ldi, aslo 
o„zumizga olmaduk, yuziga solmaduk, ham isha noz, qilib ruxsat tilar edi”. 
Boqi 
Chag‗oniyoniy Bobur qo‗l ostidagi bek bo‗la turib bu qadar nonko‗rlik va 
andishasizlik qilishi har qanday hukmdorning toqatini toq qilar edi. Shunda ham 
Bobur 
“aslo o„zimizga olmaduk, yuziga solmaduk”,
- deb, o‗zining qat‘iyatli 
irodasini, yuksak e‘tiqodini, mukammal tarbiyasini namoyon qiladi. Bobur 
vazminlik, bosiqlik bilan ish ko‗radi: 
“uzrxohliqlar bila man‟ qilur eduk. Bir-ikki 
kun bosilib, yana ruxsat maqomida bo„lur edi. Nozi va ruxsati haddin oshti”, 
“Nozi va ruxsati (tilashi) haddin oshti, biz ham aning axloq va af‟olidin jong„a 
yettuk, ruxsat berduk. Ruxsat tilagandin so„ng pushaymon bo„ldi, iztiroblar qila 
kirishti, foyda qilmadi. Manga aytturub yiboribturkim, shart qilib edilarkim, 
to„qquz gunoh mendin sodir bo„lmag„uncha so„rmag„aylar. Men Mullo Bobodin 
o„n bir gunohini birar-birar xotirnishon qilib aytib yibordim. Mulzam bo„ldi

(“B1”. 267-bet). 
Bobur bu holatda adolat bilan ish tutadi, uni insofga chaqirish 
uchun barcha gunohlarini ko‗rsatib, aniq dalillar asosida isbotlaydi va oxiri 
qalamravidan chiqib ketishga ruxsat beradi: 
“Ko„ch va moli bila Hinduston 
tarafig„a ruxsat berildi. O„zining bir necha navkarlari Xaybardin o„tkarib 
keldilar”
(“B1”. 267-bet). 
Shu o‗rinda Boqi Chag‗oniyoniyning Boburga nisbatan qilgan qilmishlari, 
xiyonatlarining ayrimlariga e‘tibor qaratsak. Boqi Chag‗oniyoniy Bobur uchun 
siyosiy holat juda murakkab bo‗lgan bir paytda uning yonidan ukasi Jahongir 
mirzoni olib, Xuroson sari ketadi. Boburga qarshi fitna uyushtirgan g‗animlari 
yoniga kirib, uning harbiy kuchini ikkiga bo‗lish payiga tushadi. Bobur qo‗l 
ostidagi bek bo‗la turib bu taxlit ish tutishiga nima deyish mumkin? Ana shu 
vaziyatni tasvirlagan Bobur shunday yozadi: 
“Holo ushbu fursatta Jahongir 
mirzog„a Xuroson sari xayr va xo„bluq bila ruxsat berilsakim, tonglaliq kunda 
mujibi nadomat va pushaymonliq bo„lmag„ay. Chun mening sha‟nimda bu emas 
edikim, og„a-ini va uruq-qayoshtin har necha izoyliq voqi‟ bo„lsa, mendin 
mutanaffir bo„lg„aylar. Agarchi Jahongir mirzo bila bizning oramizda burun mulk 


va navkar jihatidin kuduratlar va niqorlar xeyli bo„lub edi, vale bu navbat ul 
viloyattin mening bila hamroh bo„lub kelib edi…. Oxir Boqibek aytqondek, o„shul 
mufattinlarkim, Yusuf Ayyub va Bahlul Ayyub bo„lg„ay, mening qoshimdin 
Jahongir mirzog„a qochib borib sharr va fitna maqomida bo„lib Jahongir mirzoni 
mendin ayirib, Xuroson elttilar”
(“B1”. 203-bet). 
Bunda Bobur ukasi Jahongir 
mirzoning temuriy shahzoda bo‗la turib raqiblari safiga qo‗shilishi, uni yolg‗iz 
qoldirib Xurosonga borishi – bularning hammasi Boqi Chag‗oniyoniyning 
harakatlari bois amalga oshganini aniq dalillar bilan ko‗rsatib bermoqda.
Bu kabi holatlarni muallif ―Boburnoma‖da talaygina keltiradi. Boqibek 
akasi Xisravshoh bilan ko‗pincha o‗zaro kelishmasa ham, ba‘zida hamfikr bo‗lib 
Boburga qarshi ish ko‗radilar, uning saltanatidagi yutuqlarni ko‗ra olmaydilar. 
Bobur Boqibekning akasi Xisravshohni ―Bobur tomoniga o‗tishini ixtiyor qilganda 
“qulluq va davlatxohliq izhor qilib, istid‟o qilibturkim, agar ahd qilsalar, qulluqqa 
kelgumdur”
, degan qarorini eshitib 
“Chun Boqi Chag„oniyoniy ixtiyor edi, har 
nechakim, o„zini davlatxoh tutar edi, og„asining tarafini ham qo„ymas edi. Ul 
barin bo„ldi. Bu yo„sunluq ahd bo„ldukim, aning joni amonda bo„lg„ay. Molig„a 
ham ne miqdorkim, o„zi ixtiyor qilsa, muzoyaqa bo„lmag„ay”
(“B1”. 267-bet), 

deydi. 
Boqi Chag‗oniyoniy Bobur saltanatida shunchalik imkoniyatga, mol-mulkka 
ega kishi bir lahzada akasi Xisravshoh singari mag‗lub bo‗lib, boyligi, mol-holini 
olib Hindiston sari ketishga majbur bo‗ladi. Uning yurtdan haydalgan tarzda 
chiqib ketishi – mag‗lublikni bo‗yniga olib badarg‗a bo‗lishiga o‗zining qilmishi, 
kasri nafsi sabab bo‗ladi. Boburning hamiyati, mardligi bois Boqi 
Chag‗oniyoniyning na moliga, na boyligiga, na ahli oilasi va ahli haramiga daxil 
qilinmaydi. Boqi Chag‗oniyoniy o‗zining xasisligi, yurtga xiyonati, g‗ayri insoniy 
fe‘li bois, oxir oqibat Allohning qahriga uchraydi, o‗z qilmishi o‗zining boshiga 
yetadi

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish