Boburning portret yaratish mahorati



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/66
Sana16.06.2022
Hajmi1,23 Mb.
#676979
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   66
Bog'liq
Norqulova Maftuna MD(1)

Xisravshoh
xarakter xususiyatidagi salbiy jihatlarni, uning 
ma‘naviy mag‗lubligini, temuriy shahzoda va sultonlarning noshudligi bois, u 
vazifa pillapoyasining baland joyidan o‗rin egallaganini ko‗rsatib bermoqda. 
Aslida Bobur bu shaxsning saltanatdan o‗rin egallashi tasodifiyligini ko‗rsatar 
ekan, uning axloqan past, ma‘nan buzuqligini ―ne‖ inkor qo‗shimchasi orqali fikr 
quvvatini oshirib badiiy tasvirlaydi: 
“Xisravshoh badbaxt kofiri ne‟mat saltanat 
dag„dag„asi bilakim, saltanat andog„ nokas, behunarlarga ne nav‟ yetgay! Ne asl, 
ne nasab, ne hunar: ne hasab, ne tadbir, ne shujoat, ne insof, ne adolat!” (“B1”. 
115-bet).
Bobur Xisravshoh shaxsiyatining boshqa bir tomoni – uning ma‘naviy 
buzuqligini ham alohida ko‗rsatadi. Xisravshoh navkarlari bilan birga aysh ishratga 
shu darajada beriladiki, 
“O„zikim nechuk zolim va fosiq edi, bek va bekcha va 
navkar va savdari tamom zolim va fosiq edilarkim, Hisor eli, alalxusus, 
Xisravshohg„a taalluq el hamisha shurb va zinog'a mashg„ull edilar”.
Hatto uning 
navkarlaridan biri bir kishining xotinini olib qochib ketadi. O‗sha xotinning eri 
Xisravshohga arzga kelganda u 
“Necha yil bu xotin sening bila edi, necha kun 
aning bila bo„lsun”,
deb javob beradi. Ushbu misoldan ham uning qanchalik tuban 
ekanini, ma‘naviy qashshoqlini his qilish mumkin. Uning bu kabi holatlari, tabiiyki 
Boburning qattiq g‗azabini keltiradi.
Bobur o‗z davrining mohir tarixchisi sifatida Xisravshoh faoliyatiga odilona 
baho berar ekan, uning temuriylar saltanatida turib ularga nisbatan ko‗rsatgan 
shuncha nayrangu xiyonatlarini bor bo‗yicha tasvirlab beradi. U hatto temuriy 
shahzodalar bilan harbiy to‗qnashuvlargacha borib yetadi, bu xonadonga yetti yot 


dushman qilmagan ishlarni qilishga botinganini hech mubolag‗asiz tarzda bayon 
etadi. Bunda biz o‗ziga nisbatan qilingan shuncha xiyonatlarni kechirishda o‗zida 
kuch topolgan Boburning mardligini ko‗rishimiz mumkin. Bobur ―gunoh 
qanchalik katta bo‗lsa ham, kechirishning savobi undan ham kattaroq‖ ekanini 
yaxshi anglaydi. 
Boburning fikricha, davlat boshqaruvi va uning tartibli olib borilishi saltanat 
mustahkamligining asosidir. U ―Boburnoma‖da Xisravshoh haqida so‗z yuritar 
ekan, bu bekning xislatlarini qoralaydi, uni temuriylar xonadonining dushmani 
sifatida baholaydi. Bobur Husayn Boyqaro siyosatini tanqid qilib, Xisravshohga 
o‗z saltanatida juda katta e‘tibor va nufuz berganligi, bu esa Xuroson davlatining 
inqiroziga sabablardan bir bo‗lganini oddiy misol bilan asoslab: 
“Ba‟zi 
ko„tahandishlar xud barin edilarkim, uchala podshohzodani o„lturub, Xisravshoh 
otig„a xutba o„qutg„aylar” (“B1”. 99-bet), 
- deydi. 
Uning tasvirida bu tarixiy shaxs, Bobur bilan bir vaqt, bir zamon va 
makonda yashagan bek bo‗lsa ham temuriy shahzodalarga haddini o‗tkaza olgan 
beklardan bo‗lgani bois, Bobur unga baho berishda oddiy beklikdan hatto 
temuriylar xonadoniga tahdid solish, ularga qarshi kurashishgacha yetib borgan 
surbet, yaxshilikni bilmagan shaxs sifatida baholaydi, davr tarixi eksperti sifatida 
aniq, odilona fikr yuritadi.
O‗sha davr zodagonlaridan bo‗lgan Xisravshoh hokimiyat, mansab uchun, 
hatto avlod ajdodlarini, o‗z o‗g‗illarini qatl etib, vijdoni va iymonidan voz kechib 
yuborgan insondir. Sharq hukmdorlariga xos bo‗lgan mana shunday xislatlarni 
muallif Xisravshoh portreti orqali ochib berishga intiladi. Boburning fikricha, 
boylik orttirishda ham bir maqsad bo‗lishi kerak va bu boylik birinchi navbatda 
odamning o‗zi uchun xizmat qilishi kerak. Muallif Xisravshohning shuncha boylik 
orttirib 
“bir mokiyon bila tutashmadi”
deb ta‘na qilishida uning hayotida halovat 
yo‗q ekanligini, hattoki bu shaxs o‗z oromi uchun yaratilmaganiga ishora qiladi. 
Boburning fikricha, ―o‗tkinchi dunyo uchun bunday yomon ishlar‖ qilish har 
qanday gunohdan og‗irdir. Uningcha, inson imkoni boricha yaxshi nom 
qoldirishga, hayotni yaxshilik bilan bezashga harakat qilishi kerak. Bobur 


odamlarni hayotni qadrlashga va sevishga, rostgo‗y, to‗g‗ri bo‗lishga, 
dushmanlarga ishonmaslikka, o‗z shaxsiy manfaati ketidan quvmaslikka, halol, 
oqko‗ngil bo‗lishga, umuman, ruhiy boylikka ega bo‗lishga, bema‘ni moddiy 
boylik, amaldorlik bilan ovora bo‗lib qolib, mazlumlarni, muhtojlarni oyoqosti 
qilmaslikka, maqsadga zo‗r berib intilishga, qat‘iyat bilan qanday bo‗lmasin unga 
erishishga chaqiradi.
Bobur Xisravshohni qanchalik yomon ko‗rganligini quyidagi so‗zlarda ifoda 
qiladi: 
“…yuz ming lan‟atdur qiyomatg„achakim, har kim Xisravshohning bu 
af‟olini eshitsa, lan‟at qilsun. Bu af‟olini eshitib lan‟at qilmag„on ham sazovori 
lan‟at bo„lsun” (“B
1”. 51
-bet
)
.
Bobur bu tarixiy shaxsning butun xislatini ochib berishga intiladi. 
―Boburnoma‖da asosan salbiy shaxs sifatida baholangan bu nomdor bekning 
hayotining oxirgi kunlari nima bilan tugallanishiga alohida ahamiyat berganini 
ko‗rish mumkin. Umri faqat kishilarga jabr zulm qilgan, o‗ziga yaxshilik qilgan 
kishilarga nisbatan doimiy xiyonatda bo‗lgan, oliy maqsadi mol dunyo to‗plash 
bo‗lgan bu shaxsning yetib kelgan so‗nggi manzili xususida Bobur shunday 
yozadi: ―...
Shu tariqa Bobur Xisravshoh haqidagi qaydlarini yakunlaydi. ―Boburnoma‖da 
keltirilgan ko‗pgina dalillarda bu tarixiy shaxsning qilmishlarini kuzatish bilan bir 
qatorda, XVI asrning birinchi choragida bo‗lib o‗tgan tarixiy, siyosiy, ijtimoy 
muhit haqida ham yetarlicha xulosa chiqarildi. Bu esa o‗sha davr siyosiy, ijtimoiy 
va tarixiy ahvoli qay darajada ekani haqidagi masalalarni oydinlashtiradi va 
temuriylar saltanatini Xisravshohlar tanazzulga olib kelgan, degan qat‘iy xulosaga 
kelishga asos berdi. Xisravshoh shaxsiyati, uning o‗sha davrda tutgan mavqei, 
axloqi va davlatchilikka munosabati haqida ham tegishli ilmiy xulosalar chiqarish 
imkonini berdi.
―Boburnoma‖da Boburning ilk davlat boshqaruvini qo‗lga kiritgan yillarida 
unga davlat ishlarini yo‗lga qo‗yish va hukmfarmolikni qo‗lga olishda xalal 
bergan, ko‗pincha raqibi Ahmad Tanbal tarafiga o‗tib, unga qarshi kurashgan 
o‗gay ukasi 

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish