Boburning portret yaratish mahorati


 amiri , Umarshayx mirzoning  13 amiri



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/66
Sana16.06.2022
Hajmi1,23 Mb.
#676979
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66
Bog'liq
Norqulova Maftuna MD(1)

36 amiri
, Umarshayx mirzoning 
13 amiri

Sulton Ahmad mirzoning 
11 amiri
, Sulton Mahmud mirzoning 
6 amiri
nomi 
sanab o‗tiladi. Shuningdek, Bobur har bir shaxs haqida qisqacha bo‗lsa-da, 
ma‘lumot beradi.
4.
―Boburnoma‖da Boburning muxoliflari – Shayboniyxon, Jahongir Mirzo
kabilar bilan bir qatorda, Xisravshoh, Boqi Chag‗oniyoniy va boshqa bir qator davr 
tarixini o‗zida mujassam etgan yirik shaxslar tasviri ham mavjud. Ularning qismati 
asarning bosh shaxsi – Bobur taqdiri bilan bevosita bog‗liqdir. 


 
XULOSA 
Zahiriddin Muhammad Bobur o‗zbek mumtoz adabiyotining XV asrda 
yashab ijod etgan buyuk namoyondalaridan biridir. Bobur qalamiga mansub 
―Boburnoma‖ asari XVI asr o‗zbek nasrining eng qimmatli namunasidir. Bu asar 
mazmun e‘tibori bilan qomusiydir. Unda Markaziy Osiyo, O‗rta Osiyo, O‗rta 
Sharq va Hindiston o‗lkalarining tarixi, etnografiyasi, adabiyoti va etnik qatlamlari 
tabiati, o‗simliklar va hayvonot dunyosi, tili, adabiyotiga oid qimmatli va ishonarli 
ma‘lumotlar jamlangan. Bu shoh asarda adib Boburning yuksak badiiy mahorati, 
sodda va tushunarli til uslubi, uning o‗ziga xos betakror go‗zalligi o‗z aksini 
topgan. Asarning bosh qahramoni Zahiriddin Muhammad Boburning o'zi. Uning 
xatti-harakati, amalga oshirgan ishlari, maqsad va intilishlari, ularni amalga 
oshirishdagi qat‘iyat va mahorati asar qahramonini ideal qahramon darajasiga 
ko‗taradi. Boburning eng muhim tomoni shuki, u o‗z asari bo‗lmish 
―Boburnoma‖ni turkiy (eski o‗zbek tilida) yaratilganligi adibning o‗z ona tili 
rivojiga qanchalik e‘tibor qaratganligidan dalolat beradi. Shu bilan birgalikda, 
Boburning ―Boburnoma‖ asari o‗zbek adabiy tili tarixini o‗rganishda ham noyob 
manbalardan biri sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. ―Boburnoma‖ni sinchiklab 
o‗qish jarayonida shunday xulosaga kelish mumkinki, ―Boburnoma‖ni o‗qigan 
kitobxon ilm – fanning juda ko‗p sohalari bo‗yicha qimmatli ma‘lumotlar olishi 
bilan birga, Zahiriddin Muhammad Boburning nihoyatda murakkab, ayni paytda 
sarkarda sifatida mard – jasur, inson sifatida jozibador, ota sifatida farzandlari 
uchun mehribon – fidoiy qalbning porloq siymosini yaqqol tasavvur qiladi. Shu 
jihatdan Hindistonning atoqli jamoat arbobi Javoharlal Neru‘ning ―Hindistonning 
kashf etilishi‖ asarida Bobur haqida aytgan quyidagi so‗zlarini keltirish o‗rinlidir: 
―Bobur dilbar shaxs uyg‗onish davrining tipik hukmdori, mard va tadbirkor odam 
bo‗lgan. U san‘atni, adabiyotni sevardi, hayotdan huzur qilishni yaxshi ko‗rardi‖. 
Bobur o‗zining ma‘lum va mashhur asarlari bilan tarixnavis adib, lirik shoir va 
ijtimoiy masalalar yechimiga o‗z hissasini qo‗shgan olim sifatida xalqimiz 
ma‘naviy madaniyati tarixida munosib o‗rin egallaydi. ―Boburnoma‖da keltirilgan 


ma‘lumotlar ichida katta ahamiyatga ega bo‗lgan muallifning shajarasidir. Chunki 
kitobxon temuriyzodar haqidagi zarur ma‘lumotlarni shu asardan oladi. 
―Boburnoma‖da keltirilgan har bir shaxs tarixiy fakt asosida, hech qanday 
o‗zgartirishlarsiz, bo‗rttirishlarsiz, ortiqcha jimjimadorliklardan xoli tarzda asarga 
kiritilgan. Boburning ona tomondan ajdodlari, ota tomondan ajdodlari ko‗z 
o‗ngimizda namoyon bo'ladi. Muallif ularni ketma- ket joylashtirib ismlarini 
keltiradi, zarur hollarda ularga ta‘rif berib, ular bilan bog‗liq har bir voqeaga urg‗u 
berib o‗tadi. Umarshayx mirzo, Qutlug‗ Nigorxonim, Eson Davlatbegim, 
Xonzodabegim hamda Mirzo Bobur boshqa shaxslarni asarning turli o‗rinlarida 
alohida boblarda ta‘riflaydi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev yuksak ma‘naviyatli 
avlod uchun jon kuydirayotgan bir davrda Boburning hayoti va ijodi yuksak 
namuna maktabi bo‗la oladi, desak also mubolag‗a qilmagan bo‗lamiz. 
Buyuk Boburning asarlari, jumladan, ―Boburnoma‖ o‗zining butun 
malohati, nafosati, tarovati bilan yurtdoshlarini vatanga muhabbat ruhida, 
go‗zallikka, ezgulikka da‘vat ruhida tarbiyalaydi. Bobur asarlarining tarbiyaviy 
ahamiyati asrlar o‗tsa ham also pasaymaydi. Biz ishda Zahiriddin Muhammad 
Bobur qalamiga mansub ―Boburnoma‖dagi temuriy hukmdorlar, pokziynat 
vujudlar, samimiy qalb egalari – ayollarga xos berilgan turli ta‘rif-u tavsiflarni
ular sha‘niga bitilgan turli sharhlarni, bek-amirlarga bo‗lgan munosabatni, ilm ahli 
va ijodkorlarga nisbatan berilgan sifatlarni imkon darajasida tahlil qilishga harakat 
qildik. Asarda nomlari keltirilgan temuriy hukmdorlar, ayollar, amirlar va 
ijodkorlar bilan yaqindan tanishdik. Mirzo Boburning shu nomlarini zikr qilgan 
hukmdorlar, ayollar, beklar va ijod ahliga munosabatini tahlillar jarayonida 
kuzatdik. Muallif tomonidan ayrim hukmdor, ayollar va ijodkorlarga bildirilgan 
yuksak ehtiromni ko‗rib, Mirzo Boburning mahorati a‘lo darajada ekanligining 
guvohi bo‗ldik. Asarda bayon qilinayotgan biror voqeaning isboti, tasvirlanayotgan 
biror hududda istiqomat qiladigan shaxslarga xos turli urf-odat, udumlarning 
tavsifi yoinki, asarda qalamga olinayotgan temuriy hukmdorlarga tegishli ahl-u 
ayollarga bildirilgan xolisona fikrlarni sodda, tushunarli jumlalarda kuzatish 
mumkin.


Bobur o‗zbek adabiyotining buyuk namoyandasidir. ―Boburnoma‖ mavzusi 
jihatdan rang – barang tusda yozilgan nodir adabiy manba bo‗lishi barobarida, 
ushbu asar voqeaviyligi, tarixiy davr imkon qadar yoritilganligi bilan ajralib turadi.
―Boburnoma‖da temuriy hukmdorlar ajoyib tarzda tasvirlangan. Bundan tashqari, 
asar hukmdorlar oilaviy ahvoli haqida ham ma‘lumot berishi bilan qimmatli. 
―Boburnoma‖da ayollar nasablari haqida batafsil ma‘lumotlar uchraydi va ular 
qiyofasi juda mahorat bilan tasvirlangan. Bobur tomonidan ayollarga bildirilgan 
fikrlarning mazmuni teran.
Boburning e‘tiqodi shakllanishida, uning mustahkam iroda va qat‘iyatli
bo‗lib yetishishida oilaviy muhit, bolalikdagi tarbiyachilari, piru ustozlarining 
xizmati katta bo‗lgan. Bobur tug‗ilib o‗sgan muhit temuriylar xonadoniga mansub, 
taqvodor va e‘tiqodda sobit oila edi. Uning otasi Umarshayx Mirzo savodli kishi 
bo‗lib, Qur‘on tilovat qilgan. Umarshayx mirzo pokiza e‘tiqodli, taqvodor kishi 
bo‗lgan, Xoja Ahror Vali unga piri-ustozlik maqomida bo‗lgan, uni farzand 
qatorida ko‗rgan. 
―Boburnoma‖ Bobur yaratgan shaxslar portreti ichida o‗sha davr harbiylari, 
hukmdorlardan tortib oddiy navkarlargacha bo‗lgan kishilar tasviri berilgan. 
Boburning qo‗l ostidagi kishilarni yaxshi taniganligini, o‗rni kelganda ularni tanqid 
qilganligini, o‗sha davrning illatlari, toj-u taxt uchun kurashlarini ko‗ra olish 
imkoniga ega bo‗lamiz. Bundan tashqari, aynan shu portretlar orqali muallifning 
mahorat bilan kishi xarakteri, dunyoqarashini ochishi, uning yuksak san‘atkor 
sifatidagi xususiyatini ham kuzatish mumkin. Asarda eng ko‗p uchraydigan 
obrazlardan biri amirlar obrazidir. Asarda Husayn Boyqaroning 

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish