ko‗ra 3 guruhga ajratish mumkin:
1)
Tarixiy shaxslar obrazi; 2) Ayollar obrazlari;
3) Ijodkor shaxslar obrazi.
4.
―Boburnoma‖da berilgan obrazlar asar matnida turli munosabatlar
bilan
tilga olingan. Har bir obrazga berilgan xolis munosabat asarning qimmatini yanada
oshirgan.
5.
―Boburnoma‖da tarixiy siymolar obrazi asosiy o‗rinni egallaydi. Tarixiy
shaxslarni ham asardagi ishtiroki, egallab turgan vazifalari,
kasbi va ijtimoiy
ahvoliga ko‗ra, bizningcha, besh guruhga ajratish maqsadga muvofiq: 1)
Hukmdorlar obrazi;
2)
Amirlar obrazi;
3)
Vazirlar obrazi;
4)
Din peshvolari
obrazi;
5)
Harbiy amaldorlar obrazi.
6.
Temuriy hukmdorlar orasida Bobur ayoldek muqaddas zotga
yuksak
ehtirom bilan qaragan. Boshqa temuriy hukmdorlar bilan solishtirilganda bu
xususiyat yanada aniq ko‗rinadi. Uning bunday qarashlarini onasi, opasi, xotinlari
va qizlariga bo‗lgan ehtiromi, ularning izzat-ikromini joyida qo‗ygani kabi
munosabatlaridan ham yaqqol anglash mumkin.
II BOB. “BOBURNOMA”DA DIN VA SHARIAT ARBOBLARI
HAMDA
IJODKORLAR PORTRETINING BERILISHI
2.1. “Boburnoma”da zikr etilgan din va shariat arboblari tavsivi
Hech shubha yo‗qki, mamlakat boshqaruvida din eng yaxshi tayanch vositasi
bo‗lib, bandalarni insofu tavfiqqa, atrofidagi mo‗minlarga
nisbatan samimiy
munosabatda bo‗lishga, Allohdan qo‗rqib yashashga, Yaratganga maqbul bo‗lmay-
digan ishlarni qilishdan o‗zini tiyishga, o‗zidan ojizlarga rahm-shafqat ko‗zi bilan
qarashga, Allohning yerdagi soyasi bo‗lmish hukmdorga esa, hurmat-e‘tiqod
nazari bilan qarab, uning hukmlariga itoatgo`ylik
ruhida tarbiyalashga xizmat
qiladi
13
.
Ma‘lumki, Zahiriddin Muhammad Bobur ham qisqa umri davomida
davlatdorlik, hukmdorlik va ijodiy faoliyatida juda katta ishlarni amalga oshirdi.
Boburning davlat ishlarini boshqarish, hokimiyatni mustahkamlash, harbiy soha va
boshqalarda unga ustozlik qilgan, to‗g‗ri
maslahatlar, yo‗l-yo‗riqlar ko‗rsatib
turgan sodiq, ishonchli kishilar ko‗magi katta bo‗lgan. Boburning ko‗plab
janglarda g‗olib bo‗lishiga, ―viloyat olmog‗ida‖, ―mamlakat saqlamog‗ida‖ va
―buyuk imperiya tuzmog‗ida‖ bu siymolarning ham hissasi borligini o‗zi ko‗p bor
ta‘kidlaydi.
Boburning e‘tiqodi shakllanishida, mustahkam iroda va qat‘iyatli bo‗lib
yetishishida u kamolga yetgan oilaviy muhit,
bolalikdagi tarbiyachilari, piru
ustozlarining xizmati beqiyos bo‗lgan. U ko‗plab fozil ulamolardan ta‘lim tarbiya
olib, arab va fors tillarini mukammal o‗rgandi. Shuning natijasida u e‘tiqodli, sabr
matonatli, rahm shafqatli shaxs bo‗lib yetishdi. Albatta, shaxsning kamolga
yetishida oilaviy muhitning ta‘siri katta bo‗ladi. Bobur tug‗ilib o‗sgan muhit
temuriylar xonadoniga mansub, taqvodor va e‘tiqodda sobit oila edi. Uning otasi
Umarshayx Mirzo savodli kishi bo‗lib, Qur‘on tilovat qilgan. Bu haqda yuqorida
bir qancha fikrlar bildirildi. Demak, Umarshayx mirzo pokiza e‘tiqodli,
taqvodor
13
“Xидоят” // 2001 N1, 28-бет
kishi bo‗lgan, Xoja Ahror Vali unga piri-ustozlik maqomida bo‗lgan, uni farzand
qatorida ko‗rgan. Bobur tug‗ilganida Xoja Ahror unga ―Zahiriddin Muhammad‖
deb ism qo‗yadi, uning iqbol yulduzi baland bo‗lishini tilab duo qiladi.
Bobur o‗zining hayotiy faoliyati davomida temuriylar saltanati an‘analariga
qat‘iy amal qilgan holda davlatini idora etadi. U e‘tiqodi masalasida ham bu
an‘analarda sobit qoldi, otasi Umarshayx mirzo yo‗lidan borib, mashhur so‗fiy –
Do'stlaringiz bilan baham: